Mavzu: internet xavf-xatarlari va ulardan saqlanish


Internetdan xavfsiz foydalanish yo‘llari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/3
tarix05.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#104379
1   2   3
Salimov Muhammad

Internetdan xavfsiz foydalanish yo‘llari

  • Internetning kashf etilishi insoniyat hayotida katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Dunyo aholisining soni hozir yetti milliarddan oshgan bo'lsa, shundan uch milliarddan ziyodi internet tarmog'iga ulangan. 2014-yilgi statistikaga ko'ra, O'zbekistonda ham aholining 40 foizdan ortig'i internetdan foydalanadi va bu raqam yildan yilga o'sib bormoqda. Shunday ekan, internetning foyda va salbiy tomonlari haqida batafsilroq ma'lumot olishga ehtiyoj bor. Ayniqsa, o'zbek tilida bu mavzuda manbalar juda kam. Shu bois "Sahar" maktabi orqali sizlarga internetdan xavfsiz foydalanish mavzusida amaliy mashg'ulot o'tishni niyat qildik.

haxsiy daxlsizlik (Privacy) va internet xavfsizligi nima?

  • Internetda foydalanuvchilar uchun eng katta tahdid ularning shaxsiy ma'lumotlari boshqalarning qo'liga tushishi yoki oshkor qilinishi xavfi hisoblanadi.
  • biz onlayn xizmatlardan foydalanganimizda, ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali muloqot qilganimizda ko'plab shaxsiy ma'lumotlarimizni internetga kiritamiz. Bular shaxsiy suratlar, bank yoki moliya ma'lumotlari, sog'liqqa oid ma'lumotlar, do'stlarimiz bilan o'zaro maxfiy yozishmalarimiz yoki email va ayrim saytlarga kirish uchun ishlatiladigan login va parollar bo'lishi mumkin. Odatda, bu ma'lumotlarning xavfsiz saqlanishini onlayn xizmatni taqdim etuvchi saytlar ta'minlaydi, ammo shunday holatlar ham bo'ladiki, bu ma'lumotlaringiz istalmagan uchinchi bir tomon qo'liga o'tib qolishi va ular bu ma'lumotlardan g'arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin.

Demak, faqat o'zimizgagina tegishli bo'lgan, boshqalarga bizning roziligimizsiz berilmaydigan barcha ma'lumotlar bizning shaxsiy mulkimiz hisoblanadi va ular ustidan shaxsiy daxlsizlik huquqiga egamiz. Shaxsiy ma'lumotlarning oshkor bo'lishi o'z aybingiz bilan yoki xakerlar kabi maxsus hujum uyushtiruvchi shaxs yoki shaxslar xatti-harakati natijasida sodir bo'lishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlarning oshkor bo'lishi sizga moddiy va ma'naviy zarar keltirishi mumkin.

  • Demak, faqat o'zimizgagina tegishli bo'lgan, boshqalarga bizning roziligimizsiz berilmaydigan barcha ma'lumotlar bizning shaxsiy mulkimiz hisoblanadi va ular ustidan shaxsiy daxlsizlik huquqiga egamiz. Shaxsiy ma'lumotlarning oshkor bo'lishi o'z aybingiz bilan yoki xakerlar kabi maxsus hujum uyushtiruvchi shaxs yoki shaxslar xatti-harakati natijasida sodir bo'lishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlarning oshkor bo'lishi sizga moddiy va ma'naviy zarar keltirishi mumkin.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə