Mavzu: Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning metodologik asoslari



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə3/3
tarix31.03.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#103799
1   2   3
Investitsiya loyihalarini moliyaviy iqtisodiy baholashning metodologik

diskontlash deb yuritiladigan moliyaviy hisob-kitoblarning bir ko‘rinishidir.
Diskontlashning ikkinchi turi kelgusi qiymatni hisoblashga teskari jarayon bo‘lib, kelgusida olinadigan summaning joriy davrdagi qiymatini hisoblab topish imkonini beradi.
Bunda kelgusida maʼlum summmaga ega bo‘lish uchun bugun qancha miqdorda investitsiya qilish kerakligi hisoblab topiladi.
Diskontlashning bu turi joriy qiymatni hisoblash yoki keltirilgan, diskontlangan qiymatni aniqlash deyiladi. Bunday hisob-kitobni bajarish uchun kelgusi qiymatni hisoblash formulasiga nisbatan teskari formuladan foydalaniladi (2-formula):
Diskontlashning bu turi joriy qiymatni hisoblash yoki keltirilgan, diskontlangan qiymatni aniqlash deyiladi. Bunday hisob-kitobni bajarish uchun kelgusi qiymatni hisoblash formulasiga nisbatan teskari formuladan foydalaniladi (2-formula):
Misol: Аytaylik, investor traktor zavodining aksiyalarini sotib olmoqchi bo‘lsin. Zavodning har bir aksiyasi 10 ming so‘mdan taklif qilinayotgan va 5 yildan keyin aksiyalarning bahosi 2 marta oshishi kutilayotgan bo‘lsa, shuningdek, mablag‘ni bank depozitiga qo‘yganda 10% daromad olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, aksiyalarni sotib olish maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qmi?
Demak, aksiyalar bahosi 5 yildan so‘ng ikki martaga oshadi va 20 ming so‘mni tashkil etadi. Joriy qiymatni hisoblash formulasini qo‘llab, quyidagilarni topamiz:
    • РV5 =20000 * 1 / ( 1+0,10 )5 = 20000 * 0,6209=12418 so‘m
    • Demak, 5 yildan so‘ng har bir aksiyaning qiymati 20000 so‘mni tashkil etsa, uning bugungi qiymati 12418 so‘mga teng bo‘lar ekan. Yaʼni investor har bir aksiyani sotib olish uchun 10000 so‘mdan emas, 12418 so‘mdan sarflaganda ham mablag‘ sarflashning bu varianti bankka mablag‘ qo‘yishdan ko‘ra samaraliroqdir. Аgar foiz stavkasi 15% dan ortiq bo‘lsa, mablag‘ni bank depozitiga qo‘yish samaraliroq bo‘lishini xuddi shu usulda hisoblab topish mumkin.

Diskontlash stavkasini tanlashda amaldagi shakllangan yoki kutilayotgan o‘rtacha ssuda foizi darajasiga asoslanish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida u bozor konyunkturasiga, mamlakatning, tarmoqning va firmaning, shuningdek, boshqa mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi istiqbollariga bog‘liq.
Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə