Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari Reja: Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari


Katta va kichik xodimlar o’rtasidagi munosabat qoidalari



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə2/8
tarix16.04.2022
ölçüsü47,36 Kb.
#85529
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari (1)

2.Katta va kichik xodimlar o’rtasidagi munosabat qoidalari.

Katta va kichik xodimlar o’zaro munosabatda quyidagi qoidalarga rioya etishlari kerak:



  • o’zaro muloqotda kamtar, muloyim, bosiq, samimiy bo’lish hamda o’z munosabatlarini o’zaro hurmat, ishonch va hamkorlik asosida tashkil etish;

  • o’z ish joylarida tinch va ishchanlik muhitini yaratish, telefonda aniq, ravshan va qisqa so’zlashish, davlat va xizmat sirini oshkor qilmaslik;

  • «siz»lab murojaat qilish;

  • maxsus unvonlarni buzib aytmaslik, taqiklangan so’zlarni, laqab va nomlarni ishlatmaslik, qo’pollik va beodoblik qilmaslik;

  • boshliqning, kattaning xonasiga kirganda ruxsat so’rash va salomlashib o’zini tanishtirish, bunda tashrif sababini tushuntirish, boshliq o’tirishga ijozat bersa, o’tirish;

  • qo’lni kiyim-kechak cho’ntaklariga tiqib yurmaslik, boshliqning-kattaning huzurida ruxsatiz chekmaslik yoxud o’tirmaslik, shuningdek, maxsus ajratilgan joylardan boshqa joylarda chekmaslik;

  • jamoat transportlarida bo’sh joy bo’lmagan takdirda kattalarga joy berish, yo’lda bemalol o’tib ketish mumkin bo’lmasa, boshliqlarga (kattalarga) salom berib yo’l berish.

Boshliqlar (kattalar) bilan suhbatlashish chog’ida quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:

  • ruxsatiz suhbatga aralashmaslik;

  • yalpayib, yonboshlab olmaslik, stulning suyanchig’iga osilib, oyoklarni chalkashtirib o’tirmaslik;

  • qo’ldagi buyumlarni o’ynab, qo’llarni boshga tirab yoki tirsakni boshliqning stoliga qo’yib o’tirmaslik;

  • gapga aralashib, kinoyalar, kochiriklar gapirmaslik.

Bo’ysunuvchilar (kichiklar) bilan munosabatda quyidagi odob-axloq qoidalariga rioya qilish lozim:

  • boshliqlarni (kattalarni) hurmat qilish, ammo tilyog’lamalik va hushomadgo’ylik qilmaslik;

  • kamtar bo’lish, ammo kelishuvchanlik qilmaslik;

  • tashabbus ko’rsatish, ammo o’zboshimchalik qilmaslik;

  • itoatkor bo’lish, ammo qonunga zid buyruklarni bajarmaslik;

  • o’z fikrini aytish, asoslash biroq betgachoparlik qilmaslik.

1.Kattalarning kichiyushrga nisbatan rasmiy axloqiy munosabatlari.

Bunda katta-kichikka:



  • buyruq beradi, tayinlaydi, ko’rsatma beradi;

  • talab qiladi, taklif etadi;

  • o’z oldiga chaqirady, kelishini talab qiladi;

  • ruxsat beradi, hujjat yoki takliflarni tasdiklaydi;

  • hujjatlar yoki xatlarni ijro uchun yuboradi.

2.Xizmat mansablari va maxsus unvonlari teng bo’lgan xodimlarning o’zaro rasmiy axloqiy munosabatlari.

Bunda teng-tengga:

- axborot beradi, ma-lum qiladi;


3.Kichiklarning kattalarga nisbatan rasmiy axloqiy munosabatlari.

Bunda kichik kattaga:



  • axborot beradi, rasmiy iltimos qiladi;

  • ruxsat berishni yoki tavsiya qilishni so’raydi;

  • kelishini iltimos qiladi, borish uchun ruxsat so’raydi;

  • bajaradi va bu hakida axborot beradi;

  • tegishli hujjatlarni takdim etadi.


Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə