Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari Reja: Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari


«Yaxshilik» va «yomonlik» kategoriyalari



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə4/8
tarix16.04.2022
ölçüsü47,36 Kb.
#85529
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari (1)
11, seminar5555, oraliq
«Yaxshilik» va «yomonlik» kategoriyalari.

«Yaxshilik» tushunchasi va uning mohiyati.

«Yaxshi» deganda, kishining biror talabiga to’la javob beradigan, unga yoqadigan xatti-harakatlar, narsalarning ijobiy sifatlari tushunilsa, «yaxshilik» deganda esa ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko’zlab ish tutish, unga manfaat yetkazish, xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish tushuniladi.

«Yaxshilik» o’zining kundalik oddiy tushunchasidan tashqari etika fanining kategoriyasi sifatidagi ta’rifiga ham egadir.

Yaxshilik deb tevarak atrofda sodir bo’layotgan hamma voqyea, hodisa va narsalarning insonni e’zozlaydigan, uning manfaat va ehtiyojlarini qondiradigan, axloqiy normalarga mos keladigan, odamgarchiligining o’sishini taminlaydigan, baxtli hayot kechirishga xizmat qiladigan barcha ijobiy tomonlarning yigindisiga aytiladi.

Yaxshilik kategoriyasi mehnat sohasida-jamiyat manfaatlari yo’lida qilingan halol ijodiy mehnat, siyosat va huquq sohasida-insonparvarlik, adolatparvarlik, maorif sohasida-yosh avlodni tarbiyalash maqsadida qilingan ezgu ishlar va boshqa shakllarda namoyon bo’ladi.

Maorif sohasi xodimlarining har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashdagi barcha ishlari, o’tkazilayotgan tadbirlari xalqimizning buyuk kelajagini ta’minlash yo’lida qilingan ishlar yaxshilik hisoblanadi.




Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə