Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari Reja: Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari


«Or-nomus va qadr qimmat» kategoriyalari



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə7/8
tarix16.04.2022
ölçüsü47,36 Kb.
#85529
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari (1)
11, seminar5555, oraliq
«Or-nomus va qadr qimmat» kategoriyalari.

Or deganda,o’ziga nomunosib yoki el ko’rmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, nomus qilish tushunilsa, nomus deganda kishining o’z obro’sini uluglashi va ardoqlashi, oriyat, diyonat. Uyat-andisha qilish, sharm, hayo tushuniladi. Shunga ko’ra oriyatli odam deb or-nomusni biladigan,o’z obro’yini qadrlaydigan kishilarga aytilsa, nomusli odam deb uyat-andishani biladigan, sharm-hayoli kishilarga aytiladi.

Nomus –bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o’z mavqyeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg’ularini, oila, ajdodlar, kasbi sha’niga dog’ tushurmaslik ma’nosini ham ifodalaydi. Nomusli odam ma’naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni o’ziga el ko’rmaydi.

O’qituvchilik kasbining sha’ni deb, o’qituvchilik faoliyatini bajarishida o’zlarining insoniylik, adolatparvarlik, vijdoniylik, halollik hislatlarini har tomonlama namoyish qilib, oriyatli, diyonatli bo’lib, o’z kasblarini uluglashlari va ardoqlashlariga aytiladi.

Qadr-qimmat deb xodimlarning jamiyatda, kishilar orasida tutgan o’rni, topgan obro’si, hurmati va nufuziga aytiladi.

«Or-nomus» kategoriyasi shaxs ahloqining tashqi tomonlarini ifodalasa, qadr-qimmat kategoriyasi esa insonning o’z-o’zini anglashi va nazorat qilishni ifodalaydi. Qadr-qimmat o’z qadrini anglash shakli bo’lib, insonni kamsitadigan, xo’rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko’z o’ngida o’z qimmatini yo’qotishga sabab bo’ladigan qiliqlarga yo’l qo’ymaydigan to’siq hisoblanadi.

O’qituvchilarning qadr-qimmati ularning o’zini o’zi hurmat qilishi va saqlashi, o’quvchilar hurmatini yo’qotmasligi, o’z sha’niga dog tushirmaslik uchun o’zini nazorat qilishi sifatida namoyon bo’ladi.




Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə