Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari Reja: Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə1/8
tarix16.04.2022
ölçüsü47,36 Kb.
#85529
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari (1)


Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari

Reja:

1.Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari.

2.Katta va kichik xodimlar o’rtasidagi munosabat qoidalari.

3.Kasb etikasi kategoriyalarining vazifalari.

4.«Burch», «Or-nomus», «Vijdon» kategoriyalari «Kasb burchi» tushunchasi.

1.Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari.

Pedagog umumiy talablardan tashqari quyidagi axloqiy qoidalarga ham rioya etishi lozim.



Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari.

Pedagogning asosiy axloqiy qoidalariga quyidagilar kiradi:



  • qo’l ostidagilarga o’rgatish va ulardan ham o’rganish, «O’rgatib, saboq berib qo’yish»dan o’zni tiyish;

  • odamlarni o’zining yaxshi hislatlari, ishdagi shaxsiy namunasi bilan ortidan ergashtira bilish, ya’ni «men qilganday bajar» degan qoidani shior qilib ish ko’rish;

  • talab qilish, ammo ta’qib etmaslik;

  • qo’l ostidagilarning tarjimai holini, xulqvdagi yaxshi va yomon tomonlarini, turmush sharoitini, oilaviy ahvolini, do’st va dushmanlarini yaxshi bilish;

  • muomalada kamtar, sodda, vazmin, dilkash bo’lish, ortiqcha rasmiyatchilikka, to’rachilikka yo’l qo’ymaslik;

  • o’ziga bino qo’yishdan, maqtanishdan saklanish, xalqimizning «kamtarga kamol, manmanga zavol» degan o’gitiga amal qilish;

  • sobitqadam bo’lish, ammo qaysar bo’lmaslik, qaysarlik - axmoqlik belgisi ekanligani teran anglash;

  • zarurasiz tanqid qilmaslik, tanqidning maqsad emas, -vosita ekanligani unutmaslik;

  • xatosini tushunib, uni tuzatgan odamni tanqid qshshaslik, ayniqsa kamchiligani yuziga solmaslik;

  • zarurasiz qo’l ostidagilarning qilayotgan ishlariga aralashmaslik;

  • «boshliq xafa bo’lmaydi, u taxdil qiladi» degan o’gitga amal qilish;

  • hamma vaqt qo’l ostidagilariga ularning yaxshi ishlari uchun tashakkur aytish;

  • begona odamlar oldida qo’l ostidagilarini tanqid qshshaslik, ularga tanbeh bermaslik;

  • gapirish, tingaash, suhbatlashishni bilish;

  • o’zgalar xatosidan o’rganish;

  • o’zgalarning fikrlariga kuloq solish;

  • yoqmagan odamlarning ham fikrlariga, takliflariga e’tibor berish, ularni qo’rslik bilan qaytarib tashlamaslik;

  • iqtidorli xizmatchilardan qo’rqmaslik, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;

  • ishxonadan chiqqanda qayerda bo’lishini va ishxonaga qachon qaytib kelishini aytib ketish;

  • telefonda qisqa va aniq so’zlashish, sirlarni oshkor etmaslik;

  • itoat qilishga o’rganish;

  • qo’l ostidagalariga topshiriq berishdan avval ularning imkoniyat va qobiliyatlarini inobatga olish;

  • o’zini faqat ishdagina boshliq, xizmatdan tashqarida jamoaning teng huqukli a’zosi deb his qilish;

  • birinchi bo’lib salomlashishga harakat qilish;

  • tushayotgan ma’lumotlarni obdon tekshirmasdan turib xulosa chiqarmaslik, mish-mishlar hamda g’iybatlarning ishga va rahbar obro’siga katta zarar yetkazishini unutmaslik;

  • o’zini maqtayotgan odamga nisbatan hushyor bo’lish;

  • qo’l ostidapsharning ham odam ekanligani, ularning ham oilasi, yoru-do’stlari borligini unutmaslik;

  • ishonish va tekshirib ko’rish prinsipiga amal qilish va h.k.



Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə