Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari Reja: Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari


Kasb etikasi kategoriyalarining vazifalari



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə3/8
tarix16.04.2022
ölçüsü47,36 Kb.
#85529
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari (1)

3.Kasb etikasi kategoriyalarining vazifalari.

Xodimlarining xizmat jamoalaridagi axloqiy-yestetik va ruhiy muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi bir qator odob-axloq koidalari ham mavjud bo’lib, ular kuyidagilardan iborat:



  1. Har bir xodim ishga o’z vaqtida, kechikmasdan kelishi va ish joyidagilar bilan ochiq chehra bilan salomlashishi zarur. Hatto kayfiyati buzilgan bo’lsa ham buni xizmatdoshlariga sezdirmasligi, jig’ibiyron bo’lib o’zgalarni ham bezovta qilmasligi kerak.

  2. Ishxonada xizmatdoshlar bilan ovozni pasaytirib, xushmuomalalik bilan muloyim so’zlashish, dag’allikka yo’l qo’ymaslik, o’zgalarning suhbatiga aralashmaslik, so’zlarini xufiyona tinglamaslik, tasodifan eshitib qolgan so’zlarni o’zgalarga yetkazmaslik, qolaversa, sababsiz o’zgalarning bajarayotgan ishlariga aralashmaslik lozim.

  3. Xizmatdoshlarning narsalari - qalam, ruchka, qog’oz, yelim, ip-igna, xizmat uchun zarur bo’lgan texnika vositalaridan ularning ruxsatisiz foydalanish odobdan emas. Faqat so’rab foydalanish kerak.

  4. Maslahat so’ragan xizmatdoshlarga iloji boricha to’g’ri maslahat berish, bilganini sidqidildan o’rgatish, tushunmagan joylarini tushuntirib berish kerak. Xizmatdoshning ishdagi yoki fe’l-atvoridagi kamchiligi uchun uning ustidan aslo kulmaslik, masharalamaslik lozim.

  5. Har bir xodim har xil bekorchi ishlar bilan o’zining ham, qolaversa, boshqalarning ham vaqtini zoye ketkazmasligi, «vaqt - oltin, uni tejash kerak» degan o’gitga amal qilishi zarur. Berilgan va’da ustidan chiqish lozim.

  6. Betob bo’lib qolgan xizmatdoshning hol-ahvolidan xabar olish, ulardan ko’ngil so’rash, kerak bo’lsa yordam berish kerak.

  7. Do’stlar yoki xizmatdoshlar bilan albatta teatr, konsert, kinoga va boshqa ko’ngalochar joylarga borib buyurib turish, hordiq chiqarishning faol usullaridan foydalanish kerak. Mahallada o’tkaziladigan barcha umumiy tadbirlarda albatta qatnashish, iloji bo’lsa ularga bosh-qosh bo’lib turish zarur.

  8. Hamkasblarning yutuqlaridan quvonish kerak. Baxillik, chaqimchilik, hasad qilib emas, havas qilib yashash kerak.

«Kasb odobnomasi»da: «Shaxsiy munosabatlaridan qati nazar, xodimlarning xizmat jarayonidagi o’zaro aloqalari nizom va qo’llanmalarda belgilangan qoidalar asosida bo’lishi shart. O’z hamkasblarini kamsitish, shaxsiy ishlariga aralashish va ular haqida har xil mish-mishlar tarqatish man etiladi.Kasb etikasining kategoriyalari deb jamiyat axloqiy hayotidagi umumiy muhim tomonlarni, xususiyatlar va munosabatlarni inson tomonidan o’zlashtirish usullarini aytiladi.

«Kategoriya» yunoncha so’z bo’lib, «hukm», «ifodalash», «ta’rif berish» degan ma’nolarni anglatadi.

Kasb axloqi kategoriyalarining vazifalariga qo’yidagilar kiradi:



  1. Bilish-jamiyat axloqiy hayotining rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosida uning mohiyatini anglab olish;

  2. Baholash-kishilarning xatti-harakatlarini, axloqiy normalarni qanday bajarayotganliklarini adolat nuqtai nazaridan asoslay olish;

  3. Tanlash-axloqiy qadriyatlar dunyosida to’gri xatti harakatlarni sodir etish uchun maqsad, vosita va usullarni to’gri belgilash;

  4. Boshqarish-sodir etiladigan axloqiy munosabatlarni tartibga solgan holda yoo’naltirib turish.

  5. Bashorat qilish-jamiyat axloqiy hayotining kelgusidagi rivojlanish yo’llarining modellarini yaratish;

  6. Birlashtirish-odamlarning yaxshilik va ezgulik yo’lidagi hamjihatliklarini ta’minlash;

  7. Tarbiyalash-har bir insonning axloqiy, huquqiy ongini rivojlantirish asosida ularning axloqiy va huquqiy madaniyatini oshirishning har xil vosita va usullarini ishlab chiqish, amalda qo’llash.


Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə