Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy tamoyili



Yüklə 132,81 Kb.
səhifə10/22
tarix04.04.2022
ölçüsü132,81 Kb.
#85025
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy tamoyili

Individning jismoniy imkoniyati, jismoniy qobiliyati, organizmining anotomo-fiziologik xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va h.k.lar bu tamoyilning asosiy omillari bo’lib, ta’lim jarayonini to’ldiradi. Ta’limga ongli munosabat, bu jarayondagi faollikni namoyon bo’lishi, tanlangan faoliyatning ijrosida ko’rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik va individning xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq va ko’zlangan maqsadga tez erishish uchun vosita rolini bajaradi.

Jismoniy tarbiyada bajara olish va individuallashtirish tamoyili - jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining shug’ullanuvchilar imkoniyatlariga optimal mos kelishini talab etishdir.

Kuchiga yarashalilikning tub ma’nosi - individning hayotiy faoliyati davomida uning organizmini belgilangan ishda namoyon qilish uchun funktsional tayyorgarligining xususiy darajasidir. Bu printsip jismoniy qobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo’yadi. Demak, ta’lim jarayoni turli sharoitda xilma-hil tashqi ta’sirini hisobga olishni va shug’ullanuvchi uchun me’yor tanlay bilishni taqazo etadi.

Me’yor bo’lib turli yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish dasturlari, ularning jismoniy sifatlari uchun belgilangan talab va normalar xizmat qiladi. Sobiq Ittifoq jismoniy tarbiya tizimida “Mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor” fizkultura kompleksi jamiyat a’zolarining, barcha yoshdagilari (6 dan 60 yoshgacha) ning jismoniy madaniyati va jismoniy tarbiyasining dasturi bo’lib xizmat qilgan va jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligi normalari (me’yor, qonun tarzidagi o’lcham)ni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, xar-bir individning kuchiga yarashaliligi talablari chegarasidan chiqmagan.

Hozirgi kunga kelib bu vazifani mamlakatimizda Respublika aholisining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydigan «Alpomish va Barchinoy» salomatlik testi talablari va normalarini topshirish orqali nazorat qilinadi. Test talablarining me’yoriy normalari har bir yoshdagilarning kuchiga moslab individuallashtirilgan.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarida me’yorni aniqlash tarbiyachi murabbiylar va pedagoglar, tibbiy xodimlarning bir bo’lib tizimli izlanishlari orqali amalga oshiriladi.

Mashq qilish uchun organizmni kuchiga yarasha bo’lmagan me’yordagi zo’riqishi orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlari hozirgi kunda ham ilmiy ham amaliy jihatdan isbotlangan. Ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan sport tayyorgarligi bor shug’ullanuvchining organizmi uchun me’yor xisoblangan hajmdagi jismoniy yuklama, yangi, endigina shug’ullanishni boshlaganlar uchun kuchiga yarasha bo’lishi mumkin, lekin uni me’yor qilib olinmaydi.

Shug’ullanishning ma’lum davriga muljallangan me’yorga chidash uchun avvaliga katta jismoniy, ruhiy zo’riqish talablari qo’yiladi, bu tabiiy. Lekin bir muncha vaqtdan so’ng organizm aynan shu jismoniy yuklamaga ko’nikadi va u individning kuchiga yarasha bo’lishi oqibatida me’yorga aylanadi. Bunga tarbiya (shug’ullanish) jarayoni orqali erishilgan natijasi deb qaraladi, o’zgarish esa ijobiy tomonga deb qabul qilinadi.

Ma’lumki, yangi harakat malakasi oldin mavjud bo’lgan harakat malakalari-eskilarining bazasida shakllanadi. Shunga ko’ra jismoniy tarbiya jarayonidagi asosiy hal qiluvchi rolni mashqni o’zlashtirish egallaydi.

Materialni o’rgatish shunday yo’lga qo’yilishi lozimki, uning mazmuni, organizmga ta’sir kuchi, ta’limning navbatdagi etapi uchun yangi pog’ona rolini o’ynasin. Amaliyotda bu fikr “ma’lumdan noma’lumga”, “o’zlashtirilgandan uzlashtirilmaganga”, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishda esa “kuchiga yarasha bo’lgandan kuchiga yarasha bo’lmaganga” deb formulirovka qilinadi.

Bundan tashqari, harakat vazifalarni mashg’ulotdan-mashg’ulotga, asta-sekinlik bilan qiyinlashtirish ham ta’lim jarayonidagi kuchiga yarashalilik tamoyilining asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqazo etadi. Kuchiga yarasha bo’lmaganni bajarishni talab qilish albatta ta’lim jarayonining uslubiy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik deb qaraladi.

Ma’lumki, individuallashtirish o’qitishning muhim tamoyillaridan biri. Jismoniy rivojlanganlik va jismoniy tayyorgarlikni belgilangan darajadagi ko’rsatkichlarga ega bo’lishni taqazo etadi.

O’quvchi (shug’ullanuvchi)ning jismoniy rivojlanganligi ko’rsatkichlari - bo’yi, tanasi va a’zolarining o’lchami - uzun yoki qisqaligi, yo’g’on yoki ingichkaligi, ko’krak qafasi, ekskursiyasi, vazni, jismoniy sifatlari - kuchliligi, tezkorligi, chaqqonligi, chidamliligi mushaklarining egiluvchanligi va bo’g’inlarining harakat­chanligi darajasi ta’lim jarayoni o’quv materialini o’qitishda xisobga olinishi, ya’ni mashqlarni ijrosini individuallashtirishni taqazo etadi.

Individning psixologik nuqtai nazaridan qaysi tipga mansubligi va boshqalar individning xususiyatlari hisoblanib, ular ta’limning samaradorligiga ayrim holatlarda ijobiy, ayrimida esa salbiy ta’sir ko’rsatadi.

O’qituvchi yoki murabbiyni individning qayd qilingan hususiyatlaridan birortasiga nisbatan loqaydligi tarbiya jarayonida mashg’ulotlar samaradorligidan ko’zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi.

Masalan, jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlaridan bo’yning darozligi (balandligi) - “aktselerat”lik xususiyati past bo’yli tengdoshi bilan bir guruhda shug’ullanayotganida, ta’lim jarayoniga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Dars (mashg’ulot)da uzunasiga qo’yilgan kondan sakrash mashqida o’qituvchi uchun muammoni vujudga keltiradi. Baland bo’yli uchun depsinish “most”ini sport jihozidan uzoqroq qo’yish lozim, chunki, most jihozga yaqin qo’yilgan bo’lsa, daroz tizzasini ko’tarib ulgurmaydi. Bo’yi tengdoshidan past bo’lgan o’quvchi shu mashqni bajarish uchun esa sakrash ko’prigi (most)ni konga yaqinroq qo’yish talab qilinadi. Mostni har bir o’quvchi uchun doimiy siljitib turish ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir etadi, harakat texnikasini buzib bajarishga sabab bo’ladi. Jihozdan uzoq qo’yilgan mostdan depsinish bo’yi tengdoshidan past o’quvchi uchun kuchiga yarashadan ko’proq zo’riqish talabini qo’yibgina emas, o’qitishda shug’ullauvchining individual xususiyatini e’tiborga olmaslik bilan namoyon bo’lib, ortiqcha muammolarni yuzaga keltiradi.

Me’yoriga ko’ra belgilangan jismoniy yuk bir xil o’quv guruhdagi o’quvchilar oraganizmining funktsional tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini rivojlanishi va tarbiyalanishiga ta’siri turlichadir.

Bajara olish va individuallashtirish tamoyilining vazifasi quyidagilardan iborat:

1. Har bir shug’ullanuvchining harakat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, ish qobiliyatini takomillashtirish uchun eng maqbul sharoitlarni ta’minlash.

2. Kuch yetmaydigan, haddan ortiq mashg’ulot yuklamalari, talablar, topshiriqlarning inson organizmi uchun zararli, salbiy oqibatlarini bartaraf etish.

Engil yuklamalar va topshiriqlarni aniqlash uchun quyidagilar mezon bo’lishi mumkin:


  1. Ob’ektiv ko’rsatkichlar:

  • salomatlik ko’rsatkichlari (arterial bosim, turli hil funksional sinovlar, kardiogrammalar va h.k.);

  • mashqlanganlik ko’rsatkichlari (sport natijalari dinamikasi, jismoniy sifatlarning o’sishi va texnik tayyorgarlik dinamikasi, MKI - maksimal kislorod iste’moli, O’TS – o’pkaning tiriklik sig’imi va boshq.);

  1. Sub’ektiv ko’rsatkichlar (uyqu, ishtaha, umumiy ahvol, mashq qilish hamda musobaqalarda qatnashish istagi va h.k).

Jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining murakkabligi ko’pgina omillar bilan aniqlanadi, ularni shartli ravishda guruhlarga birlashtirish mumkin.

  • birinchi guruhga shu shug’ullanuvchilar kontingentining (guruh, jamoa) umumiy xususiyatlarini tavsiflovchi omillar kiradi.

  • ikkinchi guruhga har bir shug’ullanuvchining individual xususiyatlari kiradi.

  • uchinchi guruhga jismoniy tarbiya jarayonida umumiy va individual o’zgarishlar dinamikasi tufayli yuzaga kelgan omillar kiradi.

  • to’rtinchi guruhga jismoniy tarbiyaning vazifalari, vositalari va metodlarini kiritish mumkin.

Shug’ullanuvchilarning umumiy va individual xususiyatlari muntazam o’zgarib turadi. Bitta mashg’ulot davomida fiziologik va ruhiy holat, demak, u yoki bu topshiriqning hamda talabning murakkablik darajasi o’zgaradi. Ko’p yillik jismoniy tarbiya jarayoni mobaynida shug’ullanuvchilarning xususiyatlari va imkoniyatlari o’zgaradi. Shu sababli o’rgatish va tarbiyalash vositalari hamda metodlarining murakkabligi har doim qayta ko’rib chiqilishi lozim. Jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak. Shunday qilib, bajara olish va individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish vazifasi jismoniy tarbiya o’qituvchisini ko’pgina turli xil omillarning o’ta qiyin, o’zgaruvchan manzarasiga to’qnash keltiradi. Bu omillarni har vaqt muntazam e’tiborga olib turish zarur. Bunda ta’sirlarni istiqbolli dasturlash uchun barcha omillarning kelgusidagi o’zgarishlarini oldindan ko’zlab olish kerak.


Yüklə 132,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə