Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Topshiriqlarni shakllantirish shartlari va jismoniy yuklamalarni oshirishning shakllari



Yüklə 132,81 Kb.
səhifə13/22
tarix04.04.2022
ölçüsü132,81 Kb.
#85025
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Topshiriqlarni shakllantirish shartlari va jismoniy yuklamalarni oshirishning shakllari.

Kuchiga yarashalilik, individu allashtirish va muntazamlilik printsiplarida biz jismoniy tarbiya jarayonidagi talablarni oshirishning ayrim shartlari ustida to’xtaldik. Talablarni oshirish yangi vazifalar va unga bog’liq bo’lgan yuklamalarning shug’ullanuvchilar uchun kuchiga yarasha qilib tanlash, organizmga keragidan ortiq talab qo’ymaslik, jinsi, yoshi hamda individning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina, ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini tushunib oldik.

Bu tamoyilning asosiy muhim shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biriga moslab ulash, o’zaro bog’liqlik) bo’lib, mashg’ulotlarning muntazamliligi va nagruzkani dam olish bilan optimal navbatlashtirish qoidalarini bilish talabini qo’yadi.

Shu o’rinda puxtalilikning ahamiyatini xam e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Bunda jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko’nikmalarning puxtaligi va organizm moslashuvi (adaptatsiyasi)ning puxtaligi ustida boradi.

Nisbatan yangi, darajasiga ko’ra murakkab va og’ir mashqlarga o’tish shakllangan malakalarning mustaxkamlanishi va nagruzkalarga moslashuvi orqali borishi lozim.

Mustaxkamlanmagan malaka nagruzkaning kattaligidan tez buzilishi mumkin shuningdek, interferentsiya (harakat sifatlarini rivojlanishidagi bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishi) ta’siridan ham. Chunki yangi mashqlarga o’tish paytida ham shu xolga duch kelish mumkin. Bu, o’z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga to’siq bo’ladi, sababi malakalar oyoqqa turish uchun yetarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, nagruzka dinamikasi va morfofunktsional o’zgarishlar orasida xavfli nomuvofiqlik vujudga kelishi mumkin.

U yoki bu nagruzkaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (ma’lum dasturlarda) moslashmaydi. Shug’ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko’tarilishiga imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun ma’lum vaqt o’tib ulgurishi kerak. Turli funktsional va strukturadagi o’zgarishlar uchun, ko’rsatib o’tilgandek, bir hil vaqt (muddat) talab qilinmaydi.

Ingliz olimi M.Perish sxemasi bo’yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o’zgarishlar, shuningdek, asab tizimining boshqarish funktsiyasida ham ma’lum o’zgarishlar sodir bo’ladi. Asab-mushak tizimining aktiv hujayralarida funktsional va strukturaviy o’zgarishlari uchun nisbatan uzoqroq (kamida bir xafta) vaqt, eng ko’pi esa, bir oy, tayanch bog’lov apparati xujayralaridagi o’zgarishlarga moslanish uchun kerak bo’ladi. Moslashuvning bu kabi muddatlari albatta jismoniy yuklamalarning xajmiga ham bog’liqdir.

Xulosa qilib aytganda, nagruzkalar dinamikasini oshirishning turlicha shakllari tavsiya qilinadi. Asta-sekin to’g’ri chiziq, bo’ylab, pog’onasimon, to’lqinsimon shaklda jismoniy yuklamalarni oshirilishi ta’lim jarayoni amaliyotida foydalanilmoqda.


Yüklə 132,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə