Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


To’g’ri chiziq bo’ylab oshirish



Yüklə 132,81 Kb.
səhifə14/22
tarix04.04.2022
ölçüsü132,81 Kb.
#85025
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

To’g’ri chiziq bo’ylab oshirish o’z ichiga yuklamani xaftadan-xaftaga mutanosib ravishda, moslab, asta-sekin oshirish, mashg’ulotlar orasidagi interval ahamiyatli darajada katta bo’lmasligi e’tiborga olinishi bilan amalga oshiriladi.

Nagruzka dinamikasini pog’onama - pog’ona oshirish qatorasiga o’tkazilgan bir necha mashg’ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo’lganidan so’ng navbatdagi yangi pog’onaga o’tish, deb tushuniladi. Navbatdagi pog’onaga “sakrash” paytida to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishga nisbatan nagruzka dinamikasi aytarli darajada keskin oshiriladi. Oqibatda organizmdagi nagruzkaga moslanish jarayonlarining borishini yengillashtiruvchi stabillashuv nisbatan sezilarli namoyon bo’ladi. Nagruzkaning qayd qilingan shakldagi dinamikasi nisbatan ahamiyatli darajadagi yuklamalarni o’zlashtirish imkonini osonlashtiradi.

Yuklamani asta-sekin oshirishning to’lqinsimon dinamikasi, avvaliga aytarli past, birmuncha sekin, lekin bir tekisda asta-sekin oshirilib boriladigan nagruzkada, birdaniga keskin ko’tarish qilinadi va asta-sekin pasaytirilib eng oldingi, dastlabki boshlangan nagruzkaga qaytiladi. Chunki bunday yuklamani oshirishda organizmning funktsional moslashuvi orqada qolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach, nagruzka yanada katta “to’lqin” bilan oshiriladi. Bunda asta-sekinlikni buzilmasligi muhimdir. Shunday qilib nagruzka hajmi va intensivligining eng katta to’lqinga olib chiqish bilan yuklama miqdorini kattalashtirish, oshirib borish mumkin bo’ladi.

Umuman, uzoq muddat (bir necha yillar) davom etgan mashg’ulotlarda nagruzkaning dinamikasi haqiqatdan ham to’lqinsimon yoki unga o’xshash shaklga (formaga) kirishi ko’zlangan maqsadga olib kelishi mumkin.

Boshqa so’z bilan aytganda, jismoniy madaniyat ta’limi tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlarida, to’lqinlar qanchalar qisqa bo’lsa, jismoniy yuklamaning to’g’ri chiziq bo’ylab va pog’onasimon tarzda oshirishning darajasi umumiy xajmi va intensivligi aytarli darajada yuqori bo’lishi mumkin. Natijani sodir bo’lishi qator tabiiy fiziologik jarayonlarning sabablari bilan bog’liq bo’lib, ular mohiyat jixatidan yetakchi rol o’ynaydi:



  • birinchidan, organizm fiziologik jarayonlarining tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat holatining davriy tebranishi va hayotiy faoliyatning umumiy rejimi;

  • ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati;

  • uchinchidan, nagruzka hajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-qarshiliklardek sabablar.

Keyingi ikki holatga aniqlik kiritamiz. Organizmning shakli (formasi) va funktsiyasining stabilligi muhim (o’ziga xos kuchga ega) bo’lib, turli organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o’zida bo’lmay, “qayta qurish”ga moslashishi nagruzka dinamikasidan “orqada” qolgandek bo’ladi. Avvaliga yuklama oshiriladi, yangi oshirilgan talablardan so’ng moslashuv jarayoni yo’lga qo’yiladi.

Agar mashg’ulotdan mashg’ulotga yoki belgilangan mashg’ulotlarning bir seriyasidan boshqa seriyasiga nagruzkaning orttirilishi davom etaversa, nagruzka umumiy hajmining kattaligi oqibatida ertami-kechmi, baribir, organizmning imkoniyati va unga qo’yilayotgan talablar orasida uzilish sodir bo’ladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun yuklamaning umumiy hajmining to’lqinsimon ko’tarish va “pasaytirish” usullarini qo’llab, organizmni nisbatan kechroq moslashayotganiga o’xshash holatni vujudga keltirishimiz lozim. Yuklamaning xajmi va intensivligi, boshqachasiga, jismoniy ishning miqdoriy yig’indisi va uning zo’riqish bilan bajarilish darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga ma’lum chegaraga, qirraga egaligi bilan ifodalanadi.

Mashqning yoki mashg’ulot hajmining keyinchalik oshirilishi uning intensivligi, stabillashuv, so’ngra uning nisbatan pasayishi bilan bog’liq yoki uning aksi bo’lishi mumkin. Shuning uchun zarur bo’lgan darajada intensivlikni oshirishning qaysidir etapi davomida stabillashtirish va nagruzka xajmini oshirmaslikka to’g’ri keladi.

Biroq, jismoniy tarbiya jarayoni davomida hajm hamda intensivlikning umumiy tendentsiyasini oshirib borishda bir oz to’xtalishlar qilishga to’g’ri keladi, ularsiz, jismoniy sifatlarning doimiy va har tomonlama rivojlanishini ta’minlab bo’lmaydi.

Bu qarama-qarshilik nagruzka dinamikasi yordami bilan hal qilinadi. Har bir to’lqin vaqti bilan faoliyatning bir-biriga ustma-ust tushmaydigan hajmdagi yuklama dinamikasi va intensivlik dinamikasiga ajratgandek bo’ladi. Agar boshlanishida vaqtning katta bo’laklari hususida gapirilganda (hafta yoki oy nazarda tutiladi) nagruzkalarning hajmi nisbatan ko’paytirilishi sodir bo’ladi va bunda intensivlikning sura’ti unchalik oshirilmaydi. Bunda ma’lum darajadagi stabillashuvdan so’ng hajm qisqartirilib, intensivlik shu etap uchun eng yuqori darajaga ko’tariladi.

“To’lqinlarning xajm va intensivligining pasayishi” - yengillashgan yakunlovchi daqiqa hisoblanadi. So’nggi to’lqinlar ham huddi shu tuzilishda bo’ladi. Lekin yuklamaning o’sishiga umumiy moyillik yuqori darajada o’tadi. Bunday moyillik ko’p yillik mashg’ulotlar davomida saqlanadi, ma’lum vaqt o’tishi bilan funktsional adaptatsiya imkoniyatlari pasayishining kuchayishi xisobiga u umumiy yo’nalish bo’la olmay qoladi va yillik mashg’ulotlarning ayrim etaplari ramkasidagina qo’llaniladi.

Nagruzka umumiy dinamikasining ko’p yillik aspekti “to’lqinsimon” tarzda qo’llanilishi hozirgi kun amaliyotida ko’proq kuzatilmoqda.

Nagruzalarning to’lqinsimon oshirilishi - haftalik, oylik, yillik fon asosida bo’lib, unga ham to’g’ri chiziqli, ham pog’onasimon shakldagi nagruzkalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning hal qilinishi sharoiti bilan bog’liq. Nagruzkani to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishda, umumiy darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan nagruzkalar va ayniqsa, asta-sekinlik bilan imkoniyatlarni ishga tortishda qo’llaniladi. Pog’onama-pog’ona dinamika yuqoridagining aksi, bajarilgan ishlar bazasida shug’ullanganlikning oshishini rag’batlantiruvchi omil vazifasini o’taydi.



Yüklə 132,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə