Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan



Yüklə 132,81 Kb.
səhifə19/22
tarix04.04.2022
ölçüsü132,81 Kb.
#85025
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan

muvozanati tamoyili.

Bu tamoyildan uchta asosiy qoida kelib chiqadiki, ularga muvofiq jismoniy tarbiya bosqichlari doirasida umumiy yuklama dinamikasining tipik shakllari aniqlangan.

1.Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan umumiy yuklama miqdori shunday bo’lishi kerakki, uning qo’llanilishi sog’liqda salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmasligi lozim. Ushbu qoida yuklamalarning kumulyativ samarasini muntazam nazorat qilishni ko’zda tutadi.

2.Qo’llaniladigan yuklamaga moslashib borgan sari, ya’ni moslashishli o’zgarishlar barqaror holat bosqichiga o’tgan sayin umumiy yuklama o’lchamlarining navbatdagi oshirilishi bajarilishi kerak.

Erishilgan tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, yuklama parametrlari shuncha katta oshiriladi.

3. Jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdoridan foydalanish mashg’ulotlar tizimining ayrim bosqichlarida uning vaqtinchalik kamayishi, yoki barqarorlashishi, yohud vaqtinchalik oshishini nazarda tutadi.

Yuqorida bildirilgan fikrlar jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdori dinamikasining ikkita shaklidan: zinasimon ko’tariluvchi va to’lqinsimon ko’tariluvchi shakllaridan foydalanish uchun asos bo’ladi. Umuman olganda, to’g’ri chiziq bo’ylab ko’tariluvchi yuklama dinamikasidan ham foydalansa bo’ladi. Biroq vaqti juda qisqa bo’lgan bosqichlardagina undan foydalanish mumkin.





    1. Yüklə 132,81 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə