Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshga



Yüklə 132,81 Kb.
səhifə21/22
tarix04.04.2022
ölçüsü132,81 Kb.
#85025
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshga

  • mosligi tamoyili

    Bu tamoyil jismoniy tarbiya yo’nalishini inson organizmining yoshga xos (maktabgacha, kichik, o’rta, katta) jismoniy rivojlanishiga, ya’ni ontogenezning o’zgarib turuvchi davrlariga mos ravishda izchil o’zgartirish majburiyatini qo’yadi.

    Jismoniy tarbiya jarayoni yoshga xos yetilish davrigacha shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy jismoniy ta’sir qilishni nazarda tutishi kerak. Bu harakat ko’nikmalari va malakalarining keng doirasini shakllantirishda va har tomonlama jismoniy rivojlanishda o’z ifodasini topadi. Maktab davrida bu tamoyil jismoniy sifatlarni tarbiyalashda insonning u yoki bu jismoniy sifatlari rivojlanishi uchun eng qulay imkoniyatlar paydo bo’ladigan sezgi zonalarini e’tiborga olishni taqozo etadi.

    O’smirlik va birinchi yetuklik yoshi (taxminan 35 yoshgacha) organizmning funksional imkoniyatlarini to’liq ro’yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlarni ochib beradi. Ko’pchilik uchun jismoniy tarbiya yo’nalishi uzaytirilgan umumiy jismoniy tayyorgarlik shaklida bo’ladi. O’smirlik yoshi uchun sport bilan faol shug’ullanish hamda uning asosida yuksak natijalarga erishish xosdir.

    Ikkinchi yetuklik yoshida funksional imkoniyatlarning barqarorlashuvi davrida jismoniy tarbiya yo’nalishi erishilgan yaxshi ish qobiliyatini, erishilgan jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlab turish sifatida qatnashadi.

    Ancha kechroq davrlarda (ayollar - 55 yoshdan, erkaklar - 60 yoshdan) jismoniy tarbiya turli xil salbiy omillarning inson sog’lig’iga ta’sir qilishiga qarshilik ko’rsatishga yordam beradi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish xususiyatiga ega bo’ladi.

    Umuman aytish mumkinki, jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshga mosligi tamoyili jismoniy mashqlar bilan ko’p yillik shug’ullanishlar jarayonida jismoniy tarbiyadan foydalanishda eng asosiysi hisoblanadi.



    Ko’rib chiqilgan tamoyillar yaxlit jismoniy tarbiya jarayonining turli xil qonuniyatlari va tomonlarini aks ettiradi. Ular bir-birini to’ldiruvchi va o’zaro bog’langan prinsipial metodik qoidalar yig’indisini emas, balki birligini tashkil etadi. Biron-bir tamoyildan chekinish jismoniy tarbiyaning butun murakkab jarayoni buzilishiga va o’qituvchi hamda o’quvchining katta mehnati deyarli samarasiz bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin.

    Yüklə 132,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə