Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash. Reja


O‘quvchilarni o‘rganish metodlari



Yüklə 76 Kb.
səhifə5/7
tarix03.01.2023
ölçüsü76 Kb.
#98109
1   2   3   4   5   6   7
2 Ì.Ì. (1)

O‘quvchilarni o‘rganish metodlari
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo‘linadi. Bevosita va bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti-harakatlari va hokazolarni yozib qo‘yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo‘llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm,videotasvir teleko‘rsatuv, ) ni qo‘llash bilan tobora ko‘p qo‘llanilmoqda.
Suhbat metodi - so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Suhbat metodida - o‘qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va praktikasida intervyu tashkil etishning ko‘p usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinov va h.k.
Talabalar ijodini o‘rganish – ularning o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.

Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə