Mavzu: Kiber-jinoyatlar yangi zamon, yangi muammo



Yüklə 42,34 Kb.
səhifə1/6
tarix27.05.2022
ölçüsü42,34 Kb.
#88170
  1   2   3   4   5   6
Kibr jinoyatlar
7-kl 4, 3144 20.03.2019, 3144 20.03.2019, 3144 20.03.2019, Mustaqil ish

Mavzu: Kiber-jinoyatlar - yangi zamon, yangi muammo
Print
Kiber-jinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo'lsada, ko'plab davlatlar iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo.

Jinoyat quroli – internet va eng so’nggi raqamli texnologiyalar. Mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega.

Buzg’unchi-xakerlarni topib jazolash esa oson ish emas, chunki ular davlatdan doimo bir qadam oldinda.

Bugungi hayotni zamonaviy texnologiyasiz tasavvur qilish qiyin. Uyali aloqa va internet dunyosidagi so’nggi kashfiyotlar uzoqni yaqin, og’irni yengil, biznes imkoniyatlarni esa kengaytirgan.

Biroq bu qulayliklar boshqa bir sohaga e’tibor qaratmoqda. Kiber-xavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda, deydi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller.

Google qidiruv tizimiga bo’lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko’p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni”, - deydi Myuller.


Ustunlik buzg'unchi-jinoyatchilar tomonida

Qidiruv tizimi bilan mashhur Google korporatsiyasi yaqinda u yuritadigan sistemalar nishonga olingani haqida xabar topdi. Jinoyat Xitoydan turib amalga oshirilgan.

Gap intellektual mulk, mualliflik huquqi va uni o’zlashtirishga urinish haqida ketmoqda. Google qatorida YahooDow Chemical va Northrop Grumman kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar ham xurujlardan shikoyat qiladi.

Internetda biznes yuritish xavfli bo’lib qolgan, deydi mutaxassislar.

“Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg’unchi-jinoyatchilar tomonida”, - deydi ekspert Larri Klinton. “Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan mutaxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo’lidan kelgan odam katta mukofot oladi”.
Buning ustiga, o’tgan yillar ichida himoya texnologiyalari bobida uncha yangilik bo’lgani yo’q. Internet - xakerlar uchun cheksiz imkoniyatlar dunyosi.

“Vaziyat juda murakkab. Hisoblarga ko’ra o’tgan yili Amerika bizneslari qariyb bir trillion dollarga teng intellektual mulkidan ayrilgan. Internet sekinligi, eski texnologiyalar ham katta muammo”.



Yüklə 42,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə