Mavzu: Kiber-jinoyatlar yangi zamon, yangi muammo



Yüklə 42,34 Kb.
səhifə2/6
tarix27.05.2022
ölçüsü42,34 Kb.
#88170
1   2   3   4   5   6
Kibr jinoyatlar

Himoya mexanizmlari

Rendi Vikers AQSh Ichki xavfsizligi vazirligida shu masala bilan shug’ullanadi. Uning aytishicha, xuruj qayerda rejalanib, uni kim amalga oshirmoqda, buni aniqlash mushkul vazifa.

“Zarur resurslar bo’lmasa, qidiruv somon ichidan nina qidirish bilan barobar. Hukumat buyurtmasi asosida ishlayotgan maxsus xizmat bo’lishi mumkin, yoki zimdan ish yuritayotgan boshqa bir idora. Birovni devorga taqash qiyin”.

Jumboq kaliti, deydi Vikers, jinoyatlarni bir-biriga qiyoslashda.

“Ma’lumotni bir joyga to’plab, tahlil qilib, jinoyatchini izidan axtarib boramiz. Juda mayda ish, tinimsiz surishtiruv talab qiladi. Bu ishda maqsadni aniqlash juda muhim. Bu bir guruh faollarmi yo hukumat? Yoki uyidan turib, mohirligini namoyish etayotgan bir talaba bo’lsachi?”

Prezident Barak Obama nazarida kiber-xavfsizlik XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biri. Yadro va ommaviy qirg’in qurollaridan qolishmaydi.

Amerikadek, odamlar hayotini kompyutersiz tasavvur qila olmaydigan jamiyatda, internet xavfsizligi ham birinchi o’rinda. Obama ma’muriyati o’tgan yili yangi idora ochib, bu vazifani unga yuklagan.

“Mustahkam tizim butun jamiyatga foyda, chunki internet texnologiyalar kirib bormagan soha-sanoatning o’zi yo’q”, - deydi internet xavfsizligi bo’yicha ekspert Larri Klinton. “Buzg’unchi virus-programmalar bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chib yurishi sir emas. Demak himoya tizimi barchani qamrab olishi kerak”.

Qo'shma Shtatlar internetdagi jinoyatlarga qarshi kurashga zo'r bermoqda, ammo bir paytning o'zida global tarmoqda erkinlikni ham targ'ib qilmoqda.
Internet erkinligi - inson erkinligi
Har bir shaxs undan axborot olish huquqiga ega. Oqni qoradan ajratish xalqning o'ziga havola, ammo hamma uchun internetga kirish imkoniyati yaratib berilishi kerak, degan siyosat olg'a surilmoqda.

Axborot chegara tanlamaydi, virtual to’siqlarni tan olmaydi. O’tgan yili Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda yosh ayolning otib o’ldirilishi butun dunyoni larzaga soldi. Qo’l telefoniga yozilgan fojia bir zumda internetga yo’l topgan.

Birmada 2007 yilgi ommaviy qo’zg’olon … uni bostirishga safarbar etilgan harbiylar namoyishchilarga qarata o’t ochgani hech kimga sir emas. Tasvirlar internetda fosh etildi.

Bugungi kun axborot tizimlari, deydi Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton, kurrai zaminni bamisoli nerv sistemasi harakatlantirib turadi.

“Hatto avtoritar jamiyatlarda ma’lumotni xalqdan yashirishga qanchalik harakat qilishmasin, kerakli axborotni baribir topib olishyapti”, - deydi Xillari Klinton.

Global miqyosda so’z erkinligi uchun kurashib kelayotgan xalqaro tashkilotlar Barak Obama ma’muriyati masalaga shunchalik ahamiyat qaratayotganini olqishlaydi.

“Tarixda bunaqasi hali bo’lmagan. Internetga kirib, ma’lumot olish har bir shaxsning uzviy huquqi deb tan olinyapti. Amerika tashqi siyosatida belgilab qo’ygan qator vazifalarni, huquq himoyasi bo’ladimi yoki iqtisodiy taraqqiyot, internet erkinligisiz ularni amalga oshirish qiyin”, - deydi Demokratiya va Texnologiya markazi tadqiqotchisi Sintiya Vong.


Yüklə 42,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə