Mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash Reja


Eksportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish



Yüklə 28,56 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü28,56 Kb.
#142504
1   2   3
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash

Eksportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish
Tashqi savdo aylanmasi, xususan, eksportning geografik tarkibida MDH mamlakatlarining ulushi 2 0 10-yil yakunlariga ko‘ra, 43,1 foizni tashkil etdi. 2010-yilda m amlaktim iz korxonalari eksportining 29,2 foizi Rossiya Federasiyasi, 9,5 foizi Xitoy, 8,3 foizi Q ozog‘iston hissasiga to‘g ‘ri keldi. U zoq xorij davlatlariga qilingan eksportning jami eksportdagi ulushi 2008 yilda 65,8 foiz, 2009-yilda esa 66,7 foizni tashkil etdi. Bu mamlakatlar bo'yicha m amlakatim iz eksportining difersifikatsiyalashuv darajasi nisbatan chuqurroq bo'lib, 2009-yil ma’lum otlariga ko'ra faqat X itoy (9,7% ), Shveysariya (7,9% ), Afg'oniston (3,3% ), Turkiya (3,2% ), Eron (2,7% ), Germaniya (2,2% ), AQSh (1,7%) ning mamlakatimiz eksportidagi ulushi 1 foizdan yuqoridir. Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarishni y o ‘lga qo'yish mumkin bo'lgan mahsulotlarga talabni o'rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlam ing amalga oshirilishi m uhim ahamiyat kasb etadi:
— eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko'maklashish;
— ulami tashqi bozor kon’yunkturasidagi o'zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to'g'risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
— transport-kommunikasiya tizimlarini rivojlantirish;
— yangi transport yo'laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k. Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko'zda tutilayotgan 2010-2012 yilga mo'ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo'yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizim ini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, m oliya va tashkiliy-h uquqiy qo'llab-quwatlash masalalari o'z aksini topadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o'zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko'tarish maqsadlariga xizmat qiladi.

Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish boʼyicha maʼlum tajriba toʼplangan. Yevropa ittifoqi mamlakatlari va АQShda bu strategiya keng qoʼllanilmoqda. Klasterlar soni Buyuk Britaniyada 168 ta, Gollandiyada 20 ta, Germaniyada 32 ta, АQShda 380 ta, Daniyada 34 ta, Fransiyada 96 ta, Italiyada 206 ta, Finlyandiyada 9 ta, Hindistonda 106 tani tashkil etadi. Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya sanoatini klasterlar toʼla egallagan. Italiyada sanoat klasterlari hissasiga ish bilan band aholining 43 foiz, milliy eksport hajmining 30 foizdan koʼprogʼi toʼgʼri kelmoqda.


Klaster tuzilmalari Shveysariya, Аvstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiya davlatlari engil sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, Fransiyada oziq-ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Masalan, Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat aralashuvisiz kech edi. Biroq 2003 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy eʼtibor qaratdi. Bu birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashda amalga oshirildi.
Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va ilmiy markazlar kuch-gʼayratini birlashtirishni koʼzda tutmoqda. Klasterlarni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyalari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, engil sanoat tarmogʼining oʼziga xos xususiyatlarini umumlashtirish asosida klasterlashtirish mexanizmlarini meʼyoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan takomillashtirish boʼyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keyingi 10 yil mobaynida 20 ta mamlakatda amalga oshirilgan 500 dan ortiq klaster tashabbuslarining tahlili keltirilgan. Ushbu mamlakatlar raqobatbardoshligining yuqoriligi raqobatbardoshlik lokomotivlari hisoblangan ayrim klasterlarning kuchli pozitsiyalariga bogʼliqligi asoslangan. Klaster turidagi eng mashhur tizimlarga Silikon vodiysidagi (АQSh) kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari sohasi, Xelsinkidagi (Finlyandiya) aloqa va telekommunikatsiyalar, Gollivuddagi (АQSh) kino ishlab chiqarish, Moskva mintaqasidagi aerokosmik sanoat sohasi kompaniyalarining kooperatsiyasi misol boʼla oladi. Quyidagi rasmda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tashkil etilgan va samarali faoliyat yuritayotgan klasterlarning umumiy soni tasvirlangan. Bugungi kunda jahon biznesi rivojlanishida xalqaro klasterlar, shu jumladan, alohida mintaqalar doirasidan tashqariga chiquvchi klasterlar sonining tobora koʼpayib borayotganligi koʼzga tashlanmoqda. Masalan, evropa maqomiga ega koʼplab klasterlar xalqaro darajaga chiqishga intilmoqda. Bu asosan xalqaro va transchegaraviy loyihalarga taalluqli.

Yüklə 28,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə