Mavzu. Kirish. Materialshunoslik va konstruksion materiallar fanining predmeti va mazmuni. Fanning texnikaviy va ilmiy fanlar va politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi



Yüklə 248,19 Kb.
səhifə1/10
tarix14.01.2023
ölçüsü248,19 Kb.
#98582
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
materialshunoslik 1


  1. Mavzu. Kirish. Materialshunoslik va konstruksion materiallar fanining predmeti va mazmuni. Fanning texnikaviy va ilmiy fanlar va politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi

Reja:

  1. Kirish.

  2. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi fanining maqsad va vazifasi

  3. Materialshunoslik fanining texnikaviy va ilmiy fanlar va politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi

Ma’lumki, yangi materiallar izlab topish va ulardan foydalanish xalq xo’jaligi uchun nihoyatda muhim vazifadir. Konstruksion materiallar zamon talablariga qanchalik tо‘la va aniq javob bersa, ulardan tayyorlangan mashina va mexanizmlar, turli asbob-uskunalar, inshootlar shuncha mukammal bо‘ladi va uzoq ishlaydi.
Hozirgi davrdagi mavjud bo`lgan va yangi paydo bo`layotgan jaxon bozorlarida raqobatbardosh materiallarga ehtiyoj ortib bormoqda.Bu esa o`z navbatida yangi , xususiyatlari va xossalari o`zgartirilgan materiallarni yaratishga, o`rganishga sabab bo`lmoqda.1
Materials compete with each other for existing and new markets. Over a period of time many factors arise that make it possible for one material to replace another for certain applications. Certainly cost is a factor. If a breakthrough is made in the processing of a certain type of material so that its cost is decreased substantially, this material may replace another for some applications. Another factor that causes material replacement changes is the development of a new material with special properties for some appli­cations. As a result, over a period of time, the usage of different materials changes.
Oliy о‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar konstruksion materiallarning strukturasi va xossalarini, shuningdek, bunday materiallar ishlabchiqarishvaularniishlatishningilmiy, texnikaviyasoslarinibilishlarilozim.
Fanning asosiy vazifalari – quyidagilardan iborat : zagotovka va mashina detallarini yasash va ishlov berishning texnologiyaviy usullarini qо‘llanish soxalarini о‘rganish; talabalarda materiallarning zamonaviy texnikadagi о‘rni, ilm va fan jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchi, metall va nometall materiallarning turlari, material tanlash va uni baholash kriteriyasi xaqida zarur bilim va kо‘nikmalar xosil qilishdir.
Ta’lim tizimi oldiga qо‘ygan eng asosiy vazifa yuqori malakali texnik kadrlarni tayyorlash darajasini yanada kо‘tarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun asosiy e’tibor о‘qitish jarayonining о‘zini yanada takomillashtirishga va о‘quvchilarni tarbiyalashga qaratilmog‘i lozim bu esa, о‘z navbatida о‘qituvchilarning pedagogik hamda metodik mahoratiga va tayyorgarligiga bog‘liq bо‘ladi. Shu sababdan fan va texnika tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda har bir pedagogning asosiy vazifasi – yosh texnik kadrlarni hozirgi zamon mashinasozlik va qishloq xо‘jalik mashinasozligi sanoatining talablariga muvofiq, mashina, mexanizm va detallar ishlab chiqarishida konstruksion materiallar texnologiyasi fanining tо‘liq о‘zlashtirilgan holda ilmiy axborotlarni yaxshi tushunadigan, bilimlarni mustaqil о‘zlashtira oladigan va ulardan о‘z ishida foydalana oladigan qilib tarbiyalash maqsadida о‘qitishni yangi pedagogik texnologiyalar asosida har tomonlama takomillashtirishdir.
Yuqorida aytilgan tadbirlardan yana biri konstruksion materiallar texnologiyasi kursidan о‘quvchilarga bilim berishni tubdan yaxshilashdir. О‘quvchilar mashg‘ulotlar jarayonida materiallarning ichki tuzilishi va xossalarini va ularga ishlov berishni о‘rganadilar.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli zamonaviy mashinalarni ishlab chiqarishda о‘z kasbini yaxshi egallash bilan birga umumiy ta’lim fanlarini yaxshi biladigan hamda texnik tayyorgarlikka ega bо‘lgan texnik mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Shu sababdan nazariy darslarda hamda amaliy-tajriba mashg‘ulotlarida о‘quvchilarda texnik fikrlash hamda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish zarur, shundagina о‘quvchilar о‘z fikrlash doiralarini mustaqil kengaytira oladilar hamda yangi mashinasozlik materiallarini yaratilishida ishtirok etadilar.
Talabalarga konstruksion materiallarni ishlabchiqarish texnologiyasi, chо‘yan va pо‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy uskunalarning tuzilishi hamda bu sohada joriy qilinayotgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etilishiga ijodiy yondashish о‘rgatiladi.
Masalan Amerika Qo`shma shtatlarida eng ko’p qo`llaniladigan 6ta materiallardan alyuminiy va plastmassalarga ehtiyojning ortib borayotganligi kuzatilgan.2

Figure 1.14 shows graphically how the production of six materials in the United States on a weight basis varied over the past years. Aluminum and polymers show an outstanding increase in production since 1930. On a volume basis the production increases for aluminum and polymers are even more accentuated since these are light materials.

Bizlarga ma’lumki xozirgi vaqtda ximiyaviy elementlar davriy sistemasida elementlar metallar va metallmaslarga bо‘linadi, metallar barcha elementlarini yarmidan ko’prok qismini tashkil etadi va elektr uzatuvchanligi temperaturaga bog‘liq bо‘ladi. Metallarissiklikni ham yaxshi о‘tkazadi.


Metallarga shunday ta’rif bersa bо‘ladi, «temperature pasaygan sari elektr о‘tkazuvchanligi ortadigan issiklikni yaxshi о‘tkazadigan, bog‘lanuvchan va o’ziga xos yaltiroqlikka ega bо‘lgan elementlar moddalar deb ataladi»
Metallar elementlar davriy sistemasi jadvalining asosan chap qismida joylashgan. Barcha metallar ikki gruppaga, ya’ni qora metallar gruppasiga va rangli metallar gruppasiga bо‘linadi.

Yüklə 248,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə