Mavzu: Komil inson bo`lishda tarbiyaning roli



Yüklə 10,28 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü10,28 Kb.
#148808
Madrahimova Mohira


Mavzu: Komil inson bo`lishda tarbiyaning roli.
Hayotimizda tarbiyaning roli muhim ahamiyatga ega bo`lib , insonga xos xususiyatdir . Qadim zamonlardan inson tarbiyasi uchun alohida e`tibor berib , o`rganilmoqda . Chunki jamiyatning eng katta muammolaridan biridir . Tarbiya buyuk mutafakkir , olim va pedagoglar fikricha ta`lim bilan chambarchas bog`liqdir .
Komenskiy tarbiyaning roliga juda yuksak baho berdi . Inson deydi , u-faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi , insonga u tarbiyalanishiga eng qulay yoshda bo`lganida , ya`ni bolalik chog`da tarbiya berilishi lozim .
Farobiy esa inson kamol topishida ta`lim va tarbiyaning o`z o`rni va xususiyati borligini ta`kidlaydi . Farobiy ta`lim-tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi : ta`lim -degan so`z insonga o`qitish , tushuntirish asosida nazariy bilim berish , tarbiya nazariy fazilatni ma`lum hunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalini va amaliy malakalarni o`rgatishdir.
Insonning axloqiy xislatlarini shakllantirish asosan tarbiya va tarbiyaching bilimdon muallimning vazifasi .
Tarbiyaning maqsadi-har tomonlana yetuk shaxsni shakllantirish .
Tarbiya bu-tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o`rtasida tshkil etuvchi hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik jarayoni .
Tarbiya jarayoni-o`z vazifa , qonuniyat va tamoyillari mavjud va bu prinsiplarni bilish , to`g`ri qo`llay olish pedagogik mahoratni talab qiladi . Biz nafaqat o`qituvchida balki , ota-onamiz ham tarbiya qonuniyatlarini bilishi va qo`llay olishi kerak . Ota-onamiz ham ma`lum darajada pedagog hisoblanadi . O`qituvchi albatta ilmiy metodlarni qo`llash orqali bizni tarbiyalaydi. Ota-onamiz esa ko`pincha hayotda orttirilgan tajribalar orqali tarbiyalaydi . Tarbiyalanuvchi ikki usulda ham o`ziga xulosa chiqargan holda o`zida tarbiyani shakllantirishi lozim .
Tarbiyalanish jarayonida dindan ham xabardor bo`lish kerak. Dinimizda ham ta`lim-tarbiya haqida hadislarda yozilgan . Poklik , odoblilikning , xulq-atvor va axloqning chiroyli bo`lishi insoniyatni oliyjanoblikka undaydi. Kimki , jismoniy va ma`naviy pok bo`lsa unday kimsa axloqsizlikka yo`l qo`ymaydi . Yaxshi axloq esa tarbiyaning to`g`ri shakllantirganligidan dalolat beradi .
Maqsadimiz ta`lim-tarbiyali ya`ni komil inson bo`lish ekan , biz uni avvalo nima ekanini va u qanday natijalar ko`rsatishini bilishimiz lozim .Yettita harfdan iborat bo`lgan bu so`z hayotimizda yetmishdan ortiq bo`lgan yaxshiliklarni olin keladi va insoniylik tuyg`usini his qilishimizga yordam beradi . Insoniylik fazilatlar shakllanib borsa , mukammal tarbiyaga erishihs mumkin . Tarbiya qanchalik kuchli bo`lsa madaniyat , ta`lim va rivojlanish shunchalik yuqori bo`ladi . Chunki inson odobi , tarbiyaliligi bilan madaniyatni ham , ta`limni ham to`g`ri shakllantiradi va muvaffaqiyatlarga erishadi .
Zero ,ta`lim-tarbiyali insondan , ta`lim-tarbiyali jamiyat , ta`lim-tarbiyali jamiyatdan esa kelajagi buyuk , ma`naviyati kuchli davlat barpo bo`ladi.
Ta`lim-tarbiyaning rivojlanish darajasi pedagogning metodlarni qo`llay olishi , mahoratliligini talab etadi . O`z faniga qiziqtira olish , jamoada ta`lim-tarbiyani to`g`ri tashkil etishi va o`quvchilarga namuna bo`la olish kerak . Har bir o`qituvchi o`z metodini yaratishi , izlanuvchan bo`lishi , pedagog yanada o`z bilimini oshirishi mumkin .
Tarbiya metodlari haqida buyuk limlar ham , o`z fikrlarini bayon etgan . Beruniy tavsifi bo`yicha bolalarni quyidagi tarbiya usullari orqali komillikkka erishtirish mumkin:
1)O`rnak olish donishmand va olimlar xulqidan o`rnak olish , yaxshi xulqni rivojlantirish , yomon odatni yo`q qilish . Ota-ona namunasi .
2)Pand va nasihat : Pand nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish .
Inson tarbiyalanganlik ya`ni komil inson darajasiga yetishishni xohlaydi . Komil inson bo`lish uchun ajdodlarimiz aytgandek axloqiy fazilatlarni shakllantirishimiz lozim. Axloqiy fazilatlarga saxiylik , chidamlilik , kamtarlik , aqllilik va boshqalar kiradi . Komil inson bo`lish uchun yomon illatlarni odat qilish yo`limizga eng katta g`ovdir . Yomon illatni axloqiy fazilatlarga rioya qilgan holda yengib o`tamiz .
Tarbiyali , komil inson bo`lish , yo`liga g`ov bo`layotgan sabablardan yana biri bu insonlardagi bilimsizlikdir . Biz maqsadimizga erishishimiz uchun har bir ishdan xulosa chiqarishimiz va bizga yod bo`lgan narsalardan o`zimizni tiyishimiz lozim .
Davlatimizda bu sohaga katta e`tibor berilib, ko`plab islohatlar olib borilmoqda . Qonun-qoidalarga rioya qilgan holda yurtimiz ravnaqiga o`z hissamizni qo`shaylik.
Xulosa qilib aytganda tarbiyali komil inson bo'lish hayotimizning yaxshilanishi, yurtimiz rivojlanishiga katta yordam beradi. Jamiyatning madaniyatli, o'qimishli bo'lishi va kreativ fikrlovchi yoshlarning ko'payishi Ta'lim-tarbiyaga bog'liq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.F.A. “Umumiy Pedagogika”(Pedagogika tarixi)
Toshkent “Innovatsiya Ziyo”2022 Abdullaeva.B.S XoliqovA.A FarsaxanovaD.R MuhammadiyevaS.V SheranovaU.B
2.”Umumiy Pedagogika nazariyasi va amaliyoti”
“Sano standart”nashriyoti 2017 B.X.Xodjayev.
Yüklə 10,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə