Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati Reja



Yüklə 294,59 Kb.
səhifə1/4
tarix17.02.2023
ölçüsü294,59 Kb.
#100989
  1   2   3   4
Kompyuter tarmoqlarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati


Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining o‘quv jarayonidagi ahamiyati
Reja:

  1. Kompyuter tarmog’i va uning imkoniyatlari

  2. Tarmoq topologiyalari va xizmatlari

  3. O’quv jarayonida kompyuter tarmog’ining ahamiyati

Tayanch tushunchalar: tarmoq, lokal tarmoq, mintaqaviy tarmoq, global tarmoq, tarmoq xizmatlari, tarmoq protokollari, IP manzillash, axborot uzatish tezligi, LAN, MAN, GAN.

1 . Kompyuter tarmog’i - bu ma'lumotlarni almashish maqsadida o’zaro bog’langan ikki va undan ortiq kompyuterlar, serverlar, tarmoq qurilmalari va boshqa qurilmalar to'plamidir. Tarmoqqa Internetni misol qilish mumkin. Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:


1) Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog'lanadi.
2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.
Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmui. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq (LAN-Local Area Network)- bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq. Kamida ikkita kompyuterdan tashkil topadi.
Mintaqaviy tarmoqlar (MAN-Metropolitan Area Network) – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar (GAN-Global Area Network) - o'ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.
2. Lokal kompyuter tarmog’ini yaratishda turli topologiyalardan (usullar) foydalaniladi. Tarmoq topologiyalarga quyidagilarni misol qilish mumkin:




Chiziqli shina topologiyasi har bir uchida terminatori bo'lgan asosiy kabel liniyasidan iborat. Barcha tugunlar (fayl serveri, ish stantsiyalari va tashqi qurilmalar) chiziqli kabelga ulangan.



Yulduz topologiyasi har bir tugun (fayl serveri, ish stantsiyalari va tashqi qurilmalar) to'g'ridan-to'g'ri markaziy tarmoq uyasiga, kommutatorga yoki konsentratorga ulangan holda ishlab chiqiladi.

Daraxt topologiyasi chiziqli shina va yulduz topologiyalarining xususiyatlarini birlashtiradi. U chiziqli shina magistral kabeliga ulangan yulduzcha ko’rinishida konfiguratsiya qilingan ish stantsiyalari guruhlaridan iborat. Daraxt topologiyalari mavjud tarmoqni kengaytirishga imkon beradi va maktablarda lokal tarmoq yaratishga imkon beradi.

Yüklə 294,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə