Mavzu: Ko’p hujayrali organizm to’qimalari hujayralararo munosabatlarning buzilish oqibatlari. Bu jarayonda ekologik omillarning roli



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#118685
  1   2   3   4
to\'qima

Mavzu:Ko’p hujayrali organizm to’qimalari hujayralararo munosabatlarning buzilish oqibatlari.Bu jarayonda ekologik omillarning roli.

Reja; 1. To'qimalar haqida ma'lumot 2. To'qimalar hujayralararo munosabatlarning buzilish oqibatlari 3. Anomaliyalarda ekologik omillarning roli 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar

EPITELIY TO`QIMASI (TEXTUS EPITHELIALIS) Epiteliy to`qimasi chegaralovchi to`qima bo`lib, tana yuzasini, hazm qilish nayining, nafas va siydik chiqarish yo`llarining ichki yuzasini qoplab turadi. Jigar, me’da osti bezi va shuningdek organizmdagi boshqa ko`pgina bezlarning tarkibiga kiradi. Seroz pardalar ham epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy to`qimasi himoya, sekretor, so`rish va ekskretor funktsiyalarni bajarishga moslashgan. Ichak bo`shlig`ida fermentlar ta’sirida parchalangan oqsil, uglevod, yog`lar monomerlar holida hamda suv va mineral tuzlar ximus tarkibidan ichak epitelial hujayralari orqali qon yoki limfaga so`riladi. Modda almashinish natijasida hosil bo`lgan qoldiq mahsulotlar ham epiteliy hujayralari orqali organizmdan tashqariga chiqariladi. Ekskretsiya asosan o`pkada (karbonat angidrid va qisman suv ajraladi), buyrakda (mochevina, siydik kislotasi ajraladi), terida (ter bilan suv va 5-10% mochevina ajraladi) ke-chadi.Epiteliy to`qimasi chegara to`qima bo`lganligi uchun u o`zining ostida joylashgan to`qimalarni turli ta’sirlardan (kimyoviy, mexanik) himoya qiladi. Jarohatlanmagan teri epiteliysi turli zaharli moddalarni va mikroblarni o`tkazmaydi. Epiteliy to`qimasi sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ham ega. Me’da shilliq qavatini qoplovchi epiteliy to`qimasining mahsuloti me’dani mexanik va kimyoviy ta’sirlardan saqlasa, me’da-ichak nayi bo`ylab joylashgan epiteliy hujayralari esa oziq moddalarning parchalanishida va so`rilishida muhim o`rin tutadi.

Epiteliy to`qimasi homila taraqqiyotida har uchala homila varaqlaridan (ekto, ento- va mezodermadan) hosil bo`ladi. Ilk bor hosil bo`lgan epiteliy hujayralari homilaning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. U orqali homila va ona organizmi o`rtasida modda almashinishi ta’minlanadi. Epiteliy to`qimasining kelib chiqishi va bajaradigan funktsiyalarining har xil bo`lishiga qaramasdan, boshqa to`qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari ham mavjud. 1. Epiteliy to`qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to`plamidan iborat, hujayralararo modda deyarli bo`lmaydi. 2. Epiteliy to`qimasi doimo bazal membranada yotadi. 3. Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun ular qutbli differensiallash xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan fars qiladi. 4. Epiteliy to`qimasida q o n t o m i r l a r bo`lmaydi, hujayralar bazal membrana orqali biriktiruvchi to`qimadan siffuz yo`l bilan oziqlanadi. 5. Epiteliy to`qimasi yuqori darajada q a y t a t i k l a n i s h xususiyatiga ega.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə