Mavzu: Ko’p hujayrali organizm to’qimalari hujayralararo munosabatlarning buzilish oqibatlari. Bu jarayonda ekologik omillarning roli


BIRIKTIRUVCHI TO`QIMA (TEXTUS CONJUNCTIVUS)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#118685
1   2   3   4
to\'qima

BIRIKTIRUVCHI TO`QIMA (TEXTUS CONJUNCTIVUS) Biriktiruvchi to`qima asl biriktiruvchi to`qimadan, tog`ay va suyak to`qimasidan iborat.Biriktiruvchi to`qima eng keng tarqal-gan to`qima bo`lib, organizmda bu tuzilma bo`lmaydigan a’zo yo`q. Biriktiruvchi to`qima trofik (hujayralarning oziqlanishi-ni boshqarib turadi va qon bilan hujayra orasida modda almashinuvini ta’minlaydi), himoya (biriktiruvchi to`qima ele-mentlari fagotsitoz qilish va antitelolar ishlab chiqarish orqali organizmni turli yot jinslardan saqlaydi), p l a s t i k, «o`rin bosish» (turli a’zolar jarohatlanganda, yallig`lanish jarayonida nobud bo`lgan to`qima o`rnida chandiq hosil bo`lish bilan ifodalanadi), mexanik yoki tayanch (turli a’zolar stromasi - asosini hosil qiladi) vazifalarni bajaradi. Mexanik vazifasi ayniqsa tog`ay va suyak to`qimalariga xos bo`lib, ular skelet hosil qiladi. Biriktiruvchi to`qimada ba’zi bir kasalliklarda ekstramedullyar orolchalar hosil bo`lib, unda qon shaklli elementlari yaratilishi mumkin.

Siyrak biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan: fibroblast, makrofag, plazmatik (plazmotsit), to`qima bazofili (semiz hujayra), peritsit, retikulyar, adipotsit (lipotsit yoki yog` hujayra), pigment, endoteliy va adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan tashqari, biriktiruvchi to`qimada qon orqali o`tgan qon shaklli elementlari (leykotsitlar) ham uch-raydi

MUSHAK TO`QIMASI (TEXTUS MUSCULARIS) Mushak to`qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi.Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funktsiyasiga moslashgan, ya’ni ularning shakli cho`ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir.Tuzilishi va bajarayotgan funktsiyasiga ko`ra silliq, ko`ndalang-targ`il (skelet),yurak mushagi va ba’zi a’zodarda uchrovchi maxsus mushak to`qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak to`qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasiga ko`ra turlichadir. Ko`ndalang-targ`il yurak mushagi hamda maxsus mushak to`qima - mioepitelial hujayralar (ter, sut va so`lak bezlarida uchrovchi hujayralar), ko`zning siliar va qorachig` mushaklari xususiy gistologiyaning tegishli boblarida keltirilgan.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə