Mavzu: Ko’p hujayrali organizm to’qimalari hujayralararo munosabatlarning buzilish oqibatlari. Bu jarayonda ekologik omillarning roli



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#118685
1   2   3   4
to\'qima

Nerv to`qimasining taraqqiyoti. Nerv to`qimasi tashqi embrional varaq – ektodermadan rivojlanadn. Embrionning dorzal devorida ektodermadan nerv plastinkasi shakllanadi. So`ngra u egilib, nerv tarnovchasini hosil qiladi. Nerv tarnovchasining chetlari buralib, bir-biriga yaqinlashadi va so`ngra birikib, nerv nayini hosil qiladi. Shu vaqtning o`zida ektoderma chetlari ham o`zaro birikib,nerv nayidan ajraladi. Nerv nayining teri ektodermasidan ajralishi davomida nerv tarnovchasining ko`tarilgan chetidagi hujayralar to`dasi ajraladi va ular nerv nayining ikki yon tomonida ganglioz plastinka yoki nerv qirrasini hosil qiladi. Nerv nayidan keyinchalik bosh va orqa miya hamda nerv sistemasining periferik qismlari rivojlanadi, ganglioz plastinkadan esa sezuvchi nerv tugunlari va vegetativ nerv sistemasi shakllanadi. Taraqqiyotning ilk bosqichlarida nerv nayining devori bir qavat silindrsimon hujayralardan iborat bo`ladi. Bu hujayralar tez mitotik bo`linishi natijasida nerv nayi yo`g`onlashadi va ko`p qavatli (soxta ko`p qavatli) bo`lib qoladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə