Mavzu: Korxonada xavfsizlikni ta`minlash yo`llari



Yüklə 26,91 Kb.
səhifə1/4
tarix22.02.2023
ölçüsü26,91 Kb.
#101199
  1   2   3   4
Korxonada xavfsizlikni ta`minlash yo`llari

Mavzu: Korxonada xavfsizlikni ta`minlash yo`llari



Reja:
1.Korxonaning iqtisodiy manfaatlari va faoliyati qoidalari.
2.Korxona xavfsizligiga tahdidlar.
3.Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona yagona milliy iqtisodiyotning uzviy tarkibiy qismi va ayni paytda, iqtisodiy jihatdan alohida bo`g’ini hisoblanadi.
Korxona o`z faoliyatini o`zini-o`zi boshqarish, o`z xarajatlarini o`zi qoplashi asosida foyda (daromad) olish maqsadida yuritadigan birlamchi xo`jalik sub`ektidir.
Korxonalar ishlab chiqarish, savdo, tijorat-vositachilik, transport, sug’urta, bank, injiniring, moliyaviy investitsiya, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va turli xizmatlar ko`rsatish sohalarida faoliyat ko`rsatadi.
Korxona (firma) faoliyatining asosiy maqsadi foyda (daromad) olish hisoblanadi.
SHuningdek, korxonaning manfaatlariga ishlab chiqarishni kengaytirish, personalning kasbiy mahoratini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida texnologiya va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan va taklif etilayotgan mahsulotning iste`molchilari, mijozlari va insofli sherik, hamkorlarning sonini ko`paytirish ham kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona, tashkilot va muassasalarning iqtisodiy jihatdan xo`jalik sub`ektlari sifatidagi muvaffaqiyati ularning iqtisodiy manfaatlari talablarini qanday bajarilishiga bog’liq bo`ladi.
Korxonaning muhim iqtisodiy manfaatlariga iste`molchilar talablari va tadbirkorlik tavsifidagi ichki omillarga bog’liq holda vujudga keladigan noaniq kutilmagan vaziyatlarga moslashish qobiliyati kiradi.
Korxona o`zining foyda olish maqsadini amalga oshirishi uchun muntazam ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish texnologiyasini takomillashtirishga, mahsulotlarning iste`mol xususiyatlarini oshirishga, ularni sotish jarayonlariga ko`proq e`tiborni qaratishga majbur bo`ladi.
SHuningdek, undan aylanma mablag’lar harakatini tezlashtirish, barcha turdagi zaxiralarni kamaytirish, reklama, hamkorlar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish, kelishuv majburiyatlariga rioya etish talab etiladi. Mahsulotni sotish va xizmat ko`rsatish jarayonida korxonaning iqtisodiy manfaatlari ro`yobga chiqadi.
Iqtisodiy manfaatlar korxonaning barqaror, ishonchli, moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarali faoliyat yuritishi, personalning shaxsiy xavfsizligi va faolligini oshirish, yetarli darajada moddiy, informatsion intellektual salohiyatga ega bo`lishidan manfaatdorligidan ham yuzaga keladi.
Iqtisodiy nazariya fanida xo`jalik sub`ektlari faoliyati to`g’risidagi bir qancha konsepsiyalar ilmiy jihatdan asoslangan. Ularda korxona iqtisodiy manfaatlarini ro`yobga chiqarish bilan bog’liq faoliyat, xatti-harakatlarning xususiyatlari yoritilgan.
An`anaviy firma nazariyasi uning yagona iqtisodiy manfaati foydani maksimallashtirishga qaratilganini asoslaydi. Menejerial nazariyaga ko`ra firmaning faoliyatini uning egalari emas, balki menejerlari belgilab beradi.
Ularning iqtisodiy manfaatlari ishlab chiqarish va mahsulotlar sotish hajmini hamda daromadni maksimallashtirish hisoblanadi. Firma qisqa muddatli davrda tovar sotish hajmini maksimallashtirishga, uzoq muddatli davrda esa foydani maksimallashtirishga harakat qiladi.
Firma egalari kapitalni o`stirish, shaxsan boyishni xohlaydilar. Bunday xohish cheksiz bo`lib, menejerlar ish haqi, obro`-e`tibori, firmadagi o`z mavqeyini o`stirishni istaydi.
Ko`p maqsadlar konsepsiyasiga ko`ra firma bir necha maqsadni, ya`ni foyda, sotish hajmi, iqtisodiy o`sish va boshqalarni ko`zlaydi.
Korxonaning iqtisodiy manfaatlari foydali ishni yuritish, turli ehtiyojlar mavjud sharoitda talabni qondirish, yashash va rivojlanish uchun raqobat kurashi kuchaygan sharoitda himoya qilinadi.
Tadbirkor faoliyatining muvaffaqiyati quyidagilarga bog’liqdir:
bozor konyukturasini bilish;
unga naf keltiradigan bozor talablaridan kelib chiqadigan qimmatli axborotlardan foydalanish;
o`zining ishlab chiqarish sirlarini saqlash;
intellektual salohiyati va texnologiyasi;
raqobatchining rejasi va texnologik siri to`g’risidagi axborotga ega bo`lishi.



Yüklə 26,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə