|
Mavzu: korxonaning moliyaviy holatini tahlili
|
səhifə | 1/2 | tarix | 10.11.2023 | ölçüsü | 0,72 Mb. | | #132811 |
| 11-mavzu. Moliavij olat talili - Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish – bu keng kо‘rsatkichlar yordamida, kompleks usullardan foydalanib, subyektning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi.
- Tahlilning asosiy maqsadi — moliyaviy faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab, mablag‘lardan yanada tо‘g‘ri foydalangan holda hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi.
- Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- — korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama о‘rganib, uning holatiga aniq va holisona baho berish;
- — mablag‘ va manbalarning joylanishini tekshirish, ularni tо‘g‘ri yо‘nalishda ishlatilganligini aniqlash;
- — hisoblashish ishlarining о‘z muddatida bajarilganligi, debitor va kreditorlik qarzlari tarkibini о‘rganish;
- — korxonaning о‘ziga qarashli mablag‘lari bilan qarz mablag‘lari о‘rtasidagi nisbat va aylanma mablag‘larni manba bilan ta’minlanganligini tekshirish;
- — moliyaviy intizomga qanchalik amal qilishni aniqash va tо‘lov qobiliyatiga baho berish;
- — korxona mulkining qadrligi va tez pulga aylana olish darajasini о‘rganish;
- — aylanma mablag‘lardan foydalanishga baho berish va korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bо‘yicha takliflarni bayon etish va h.k.
- Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini tahlil qilib о‘rganishda axborot manbalari bо‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- - Buxgalteriya balansi (1-shakl);
- - Moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot (2-shakl);
- - Pul oqimlari tо‘g‘risidagi hisobot (4-shakl);
- - Xususiy kapital tо‘g‘risidagi hisobot (5-shakl);
- - Buxgalteriya hisobining sintetik va analitik schyotlari ma’lumotlari.
- Balans — korxona mablag‘lari va qoplash manbalarining ma’lum davrdagi holatini kо‘rsatadi.
- Buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlari mavjud.
- Aktiv tomonida korxona mablag‘lari, passivida esa xо‘jalikning о‘ziga tegishli manbalar, kreditga va qarzga olingan boshqa manbalar kо‘rsatiladi.
- Balansning barcha bо‘lim va bandlarini chuqur о‘rganish moliyaviy ahvolni tо‘liq о‘zlashtirishning asosini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|