Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə25/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

12 -Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Korxonada materiallar qanday maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin?


ombordan chiqib ketishi mumkin:iri bilan bog 'materiallar va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar 6-jurnal orderda yurKorxonalarda ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi bo‘yicha qanday jurnal-order yuritiladi?

  1. Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda qaysi schyotlardan foydalaniladi?

  2. Ta’sischilardan ta’sis baholari sifatida materiallar kirim qilinganda qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?

  1. D-t 1010 K-t 4610

  2. D-t 1010 K-t 9210

  3. D-t 4610 K-t 1010

  4. D-t 9210 K-t 1010

  1. Boshqa shaxsalardan idish materiallari tekinga olindi va kirim qilindi. Buxgalteriya provodkasini aniqlang.

  1. D-t 1060 K-t 9010

  2. D-t 1060 K-t 9210

  3. D-t 1060 K-t 8530

  4. D-t 1060 K-t 4510

13-Mavzu: Korxona xodimlarining tarkibi, operativ hisob tarkibi bilan tanishish.
Jamiyat taraqqiyotida amalga oshirilgan har bir hodisa va jarayonlar tegishli iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Taraqqiyotning o‘zgarishida bevosita ishlab chiqarish va iste’mol, iste’mol va ta’minot doimo bir-birini to‘ldirib boruvchi jarayondir. Ishlab chiqarishning o‘sib borishida iste’molchining iqtisodiy holatiga alohida e’tibor berilsa, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash uchun asos yaratiladi.
Har bir ishlab chiqaruvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlariga taalluqli bo‘lgan mablag‘larini doimo nazorat qilib boradilar va uning natijasida mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlarni, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati faqat mablag‘lar holati bilan emas, balki boshqarish uslubi, holati bilan o‘rganiladi va tartibga solinadi. Iqtisodiy ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yordamida boshqarishni takomillashtirish asoslari ishlab chiqiladi.
Har qanday ishlab chiqarish jarayoni, asosan, ikki faoliyatni, ya’ni iqtisodiy va boshqarish faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda, mavjud mablag‘lar holatini o‘rganish talab qilinadi, bu esa birinchi bor hisobga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi. Hisob yordamida xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan hodisalarni kuzatish, o‘rganish orqali xo‘jalikni boshqarish uchun asos yaratiladi. Xo‘jalik jarayonlarini kuzatish boshqarish talablariga javob bermaydi. Buning uchun kuzatilayotgan jarayon va hodisalardagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarni o‘rganish talab qilinadi va buning yordamida o‘lchov birliklaridan, ya’ni son va sifat bo‘yicha xo‘jalikni boshqarishga asos solinadi.
Amalga oshirilgan kuzatish jarayoni o‘zining muntazam tashkil qilinmaganligi bilan, bir yerda olib borilmasligi yoki ma’lum vaqt birligida olib borilishi bilan xarakterlanadi. Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish imkoniyati yaratilsa
ham uning natijalarini xo‘jalik faoliyatida qo‘llash yetarli deb hisoblanmaydi.
Xo‘jalik faoliyatida amalga oshirilayotgan jarayonlar shunday xilma-xilki, ular bir vaqtda yakka holda o‘rganilsa yoki kuzatilsa, boshqa birisida — umumlashtirilgan holatda amalga oshiriladi.
Operativ (теzkor) hisob- ayrim xo’jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo’layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo’linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Operativ hisob turli-tuman xo’jalik hodisalarni o’z ichiga olib, asosan ishlab chiqarish - texnika xususiyatidagi ko’rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ hisobda o’lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat o’lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko’rsatkichlar talab qilinmaganligi sababli, unda moddiy, mehnat o’lchov birliklaridan foydalaniladi.
Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xo’jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo’ladi. Shuning uchun operativ hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo’l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo’li bilan yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo’llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni olish uchun mexanika va avtomatik o’lchov, tartibga soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni bunday tashkil qilish xo’jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan ob’yektlarda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda operativ hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot yetarli darajada to’g’ri bo’lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bo’lgan o’zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo’lgan boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bo’lsin.
Operativ hisob korxonaning har xil bo’linmalari - bo’limlari, sexlari, omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi.
Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo’yicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot sotishsi bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zahirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi.
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning harakati, xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa bo’linmalar xodimlari undan ma’lum xo’jalik qismidagi topshiriqlarning bajarilishini borishi haqidagi ma’lumotlar olishadi.
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo’linmalarida sodir bo’layotgan operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng foydalaniladi. Bu yerda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.
Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruvchi tizimlarda ham foydalaniladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Operativ hisobotning ko’rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq xo’jaligi miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot iishab chiqarish, xom ashyo bilan ta’minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil yig’ishning borishi haqida va boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda qayta ishlanadi.



Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə