Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


Ta’sischilar bilan hisoblashishlar



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə60/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

Ta’sischilar bilan hisoblashishlar. Korxona ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Ta’sischilarning ustav kapitaliga bo‘lgan qarzlari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag‘ida olib boriladi.
4610-hisobvaraq aktiv bo‘lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga bo‘lgan saldosini ko‘rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko‘rsatadi.
Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos bo‘lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul-qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag‘i debetlanib, 8310-«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar» va 8330-«Paylar va ulushlar» hisobvaraqlari kreditlanadi.
30- Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. 1an iborat liharakati passiv 8300- . Ustav kapitali qaysi schyotida hisobga olinadi va uning tarkibi nimalardan iborat?

  2. 2. Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun qanday hujjatlar asos bo‘ladi?

  3. 3. Amaliy topshiriq.

  4. «Bobur» MChJni tashkil qilish paytida 50 000 000 so‘m miqdorida ustav kapitali ro‘yxatga olingan. Karimov A. va Jo‘rayev B. MChJning muassislari hisoblanishadi. MChJning ustav kapitalida Karimov A.ning ulushi 60%ni, Jo‘rayev B.ning ulushi 40%ni tashkil qiladi.

Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan keyin bu muomala hisobda qanday aks ettiriladi?
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Karimovning qarzi»-30 000 000 so‘m
K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Karimov qo‘yilmasi-30 000 000 so‘m
hamda
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Jo‘rayevning qarzi»-20 000 000 so‘m
K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Jo‘rayev qo‘yilmasi-20 000 000 so‘m.
4. Amaliy topshiriq.
Karimov o‘z qo‘yilmasini transport vositasi ko‘rinishida (30 000 000 so‘m) kiritdi:
D-t 0160-«Transport vositalari»-30 000 000 so‘m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Karimovning qarzi»-30 000 000 so‘m.
Jo‘rayev o‘z qo‘yilmasini xom-ashyo ko‘rinishida (20 000 000 so‘m) kiritdi:
D-t 0110-«Xom-ashyo va materiallar»-20 000 000 so‘m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Jo‘rayevning qarzi»-20 000 000 so‘m.
Bu muomalalar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
5. Amaliy topshiriq.




Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə