Mavzu: Leksikologiya 22/01 btm tohirova Sevinchoy



Yüklə 2,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.07.2023
ölçüsü2,77 Mb.
#119653
1   2   3   4
014 Onatili 1 kurs 14 mavzu (1)

Leksikologiya


So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga
ko’ra turlari.
Tildagi so‘zlarning ma’lum qismi shakl yoki ma’nosiga
ko‘ra o‘zaro aloqador butunliklarni tashkil etadi. 
Bunday butunliklardagi so‘zlar ana shu
xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhni tashkil qiladi: 
Omonimlar, 
omoshakllar, 
omofonlar, omograflar
va paronimlar shakliga
ko‘ra
Sinonimlar, antonimlar
esa o‘zaro mazmun
uzviyligi yoki zidligiga
ko‘ra alohida guruhga
mansub bo‘ladi.


Omonimlar
Omonimlar yunoncha homos-bir xil, onoma-nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo alohida ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlardir. 
Bunday so‘zlar leksik omonimlar deyiladi. Omonimlarni vujudgaga keltiruvchi
hodisalar turlicha bo‘lib, ularning asosiylari qo‘yidagilardir:
1. O‘z qatlamga mansub bo‘lgan ba’zi so‘zlar tarixan fonetik tuzilishi har xil
bo‘lsa ham talaffuzda shakldoshlik kasb etishi asosida omonimlarga
aylanadi
2. Ko‘p ma’noli so‘zlar o‘rtasidagi ma’no bog‘lanishning uzilishi, zaiflashishi
asosida ham omonimlar shakllanadi.
3. Umumturkiy yoki asl o‘zbekcha so‘zlar o‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirish
asosida ham shakldoshlikka ega bo‘lib qolishi mumkin. 
4. Ma’lum bir so‘zning o‘zak-negizidan qo‘shimchalar orqali yangi so‘zlar
yasalishi natijasida shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi. 


Paronimlar
Paronimlar so‘zlar yunoncha para-juft va onoma-nom so‘zlaridan olingan
bo‘lib, fonetik tarkibi va ma’nosi boshqa-boshqa biroq talaffuz jarayonida
o‘xshash, yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Paronimiya ba’zi til hodisalariga yaqin bo‘lib, 
ulardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
1. Paronimlar so‘z variantlari (leksik dubletlar) bilan yondosh hodisadir. Ular ham ayrim tovush
orqaligina farqlanib, talaffuz o‘xshashligiga ega bo‘ladi. Shu bois ba’zan paronimlar mazkur
hodisa bilan chalkashtirilishi mumkin. Masalan, adabiy tildagi tomosha so‘zining ba’zan
tomosho, tamosho tarzda ikki xil variantda fonetik jihatdan buzib ishlatilishi orqali uning talaffuz
dubleti hosil bo‘ladi.
2. Paronimlar bilan yondosh hodisalardan yana biri omofonlardir. Bu ikki hodisaning asosiy
o‘xshash va farqli tomonlari quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: a) monosillabik (bir bo‘g‘inli) 
o‘zlashma so‘zlardan tarkib topgan ba’zi paronimlardagi undoshlarning talaffuz o‘rni va usuliga
ko‘ra bir xilligi ularni omofonlarga yaqinlashtiradi. Masalan: burch-burj, dars-darz, qars-qarz
Biroq aksariyat paronimlarda bunday undoshlar jarangli-jarangsiz juftlik bo‘lmay, hosil bo‘lishi
o‘rniga ko‘ra o‘xshashlikka asoslanadi.


Sinonimlar

Yüklə 2,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə