Mavzu: Madaniyatshunoslik fani predmeti,obyekti va taraqqiyoti



Yüklə 2,29 Mb.
tarix27.05.2022
ölçüsü2,29 Mb.
#88173
Презентация1


Fan nomi:Madaniyatshunoslik
Guruh raqami:204
Mavzu:Madaniyatshunoslik fani predmeti,obyekti va taraqqiyoti.
Reja:
  • Madaniyatshunoslik fani nimani o`rganadi.
  • Xo`sh, madaniyatshunoslik qanday fan?
  • Madaniyatshunoslik fanini o`rganishning zaruriyati

Madaniyatshunoslik eng yosh fan hisoblnadi. U asosan XX asr ikkinchi yarimida mustaqil fan sifatida shakllandi va G`arb mamlakatlari Oliy o`quv yurtlarida o`qitila boshlandi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida madaniyatshunoslikka soxta fan deb qadrli, unga yetarli e`tibor berilmadi, ta`lim muassasalarida o`qitilmadi. O`zbekiston o`zining davlat mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin madaniyatshunoslik fanini Respublika oliy o`quv yurtlarida alohida fan sifatida o`qitish yo`lga qo`yildi.
Madaniyatshunoslik madaniyat to`g`risidagi fan bo`lib, madaniyat tarixi va madaniyat nazariyasidan iborat. Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonni, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qiladigan, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini o`rganadigan gumanitar fandir.
Madaniyatshunoslik fani, birinchidan, ibtidoiy turmush tarzidan to hozirgi kungacha bo`lgan davrdagi madaniy jarayonni butunligicha, yaxlit idrok etishga, madaniyat taraqqiyoti haqida barcha fanlar tomonidan to`plangan bilim va tushunchalarni integraciyalashga ko`maklashuvchi fandir.
Ikkinchidan, madaniyatshunoslik madaniyatni murakkab va dinamik hodisayu o`ziga xos fenomen, sistema sifatida o`rganuvchi fandir. Uchinchidan, insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos madaniy jarayonni, insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy-madaniy jarayonni, insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy-madaniy yutuqlarni taqqoslash, solishtirish orqali eng umumiy madaniyatshunoslik qonunlarini aniqlovchi fandir.
Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlar bilan bevosita bog`liq holda o`rganiladi.
Madaniyatshunoslik gumanitar fan sifatida falsafa fani bilan yaqin aloqadordir. Falsafa fanining asosiy masalasi ruh yoki materiya birlamchimi degan masala emas, balki insoniyat hayotining ma`no-mazmuni masalasidir. Aynan bu masala bilan madaniyatshunoslik fani ham shug`ullanadi. Falsafa fani olamda insonning o`rni, jamiyat taraqqiyoti haqida mulohaza yuritadi, jamiyat taraqiyotining umumiy qonunlarini tadqiq qiladi. Bu masalalarni tadqiq qilish u yoki bu darajada madaniyatshunoslikka ham xosdir. Falsafa fanining vujudga kelishi va rivojlanishining o`zi madaniyat taraqqiyotining mahsulidir.
Madaniyatshunoslik sotsiologiya fani bilan ham yaqin aloqadordir. Negaki, sotsiologiyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti, jamiyatda kishilarning mavqei haqida to`plagan ma`lumotlaridan madaniyatshnoslik fani foydalanadi. Umumnazariy xulosalar chiqarishda sosiologik materiallar dalil sifatida xizmat qiladi.
Madaniyatshunoslik fani Siyosatshunoslik fanining davlat qurilishi va tuzilishi, siyosiy rejimning turlari va hususiyatlari, jamiyatni siyosiy boshqarish usullari haqidagi ma`lumotlariga asoslanadi, ularga tayanib umumiy nazariy xulosalar chiqaradi.
Madaniyatshunoslik fani insonning ichki dunyosi haqida fikr yuritishda psixologiya fani yutuqlaridan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida shakllangan tarixiy madaniyat turlarini, ularning xususiyatlarini, u yoki bu davrga xos madaniy mentaliteti tasvirlay olmaydi. Insoniyatning shakllanishi va taraqqiyoti haqidagi tarixiy faktlar, voqea-hodisalarni bilish madaniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni to`g`risida nazariy xulosalar qilishga, madaniy taraqqiyotga xos qonunlar chiqarishga ko`maklashadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda madaniyat tarixi madaniyatshunoslik fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.
Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim tamoyil hisoblanadi. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o`zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo`lmaganda edi, “biz uchun o`tmish sovuq, befoyda, o`lik va qiziqarsiz bo`lib qolaverardi”, deb ta`kidlaydi J. Neru. Sharqshunos olim Maks Myuller Hind sivilizasiyasi haqida fikr yuritar ekan “eng zamonaviy va eng qadimiy hind sivilizasiyasi o`rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud”, deb yozadi. Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.
Madaniyat- bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma`naviy boyliklar majmuigina bo`lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya`ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig`indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o`rganishda ob`ektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog`liqlik haqidagi an`anaviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta`sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o`ziga xos xususiyatlarini qismlarga bo`lib emas, balki ularni yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Madaniyatshunoslik fanining bo`limlari mavjud
1.Madaniyat falsafasi
2. Madaniyatning tuzilish shakli (morfologiyasi)
3. Madaniyat sotsiologiyasi
4. Madaniyat tarixi
5. Madaniyat ekologiyasi
Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə