Mavzu: maktabgacha pedagogika fanining maqsad va vazifalari


Inson tarbiyasiga oid qonunlar daslab xalq og’zaki ijodida: ertak, qissa, pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan



Yüklə 7,97 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü7,97 Kb.
#180164
1   2   3
1-mavzu

Inson tarbiyasiga oid qonunlar daslab xalq og’zaki ijodida: ertak, qissa, pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan.

Ta’lim-tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va g’arbning qomusiy olim va pedagoglarining o’rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o’zlarining qator asarlarida ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar.

Abdulla Avloniy tarbiya haqida g’oyat ibratli fikrlarni bildiradi. “Pedagogika, - Abdulla Avloniyning yozishicha – bola tarbiyasining fani, demakdir”. “Dars ila tarbiya, ikkisi jon ila tan kabidir”, “Dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi – amal qiluvchidir”. Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lo’nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga o’xshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan.

Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo’lib, huddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo’ladi.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari: yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.

Tarbiya – kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, o’sib, avloddan- avlodga vorislik vazifasini bajarib kelgan bo’lsada, ammo har bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, o’ziga xosligi bilan farqlanadi.

Tarbiya – kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, o’sib, avloddan- avlodga vorislik vazifasini bajarib kelgan bo’lsada, ammo har bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, o’ziga xosligi bilan farqlanadi.


Yüklə 7,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə