Мавзу: Маълумотларни узатишни муҳофазалаш йўли орқали телекоммуникация тизимлари модемларини такомиллаштириш


Xayot faolyati xafsizligi va mexnat muxofazasi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix27.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#124227
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Xayot faolyati xafsizligi va mexnat muxofazasi
 
1.Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi. 
Mehnatni muhofaza qilish- bu ijtimoiy, iqtisodiy texnika, sanitar gigiyena, 
mehnat qonunlari va tashkiliy chora tadbirlar tizimidan iborat bo’lib, uzluksiz 
faoliyat jarayonida inson sog’lig’iga va mehnat qobilyatini saqlashni ta’minlashga 
qaratilgan.
Insoning jamiyatini taraqqiy ettirish xamda ishlab chiqarishni boshqarishda 
asosiy kuch ekanligini xisobga olib, uning xavfsizligi va sog’ligini saqlash ijtimoiy 
taraqqiyot yo’lidagi muxim omil xisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqarish 
sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jaroxatlanish va kasb kasalligini kelib 
chiqish manbalarini yo’qotish, shuningdek ish faoliyatini inson uchun charchash 
toliqish va kasallanish manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat 
bo’lishini ta’minlashga xarakat qilish zarur.
O’zbekiston Respublikasida mehnatni muhofazaa qilishning xuquqiy, texnik 
va sanitariya-gigiyena qoidalari bilan belgilab qo’yilgan qonunlari qabul qilingan 
va yangidan taxrir qilingan qoidalar umumjaxon talablari darajasida ishlab 
chiqilgan.
 
 
1.1. Mehnatni muhofaza qilish qonunlari va uning tashkiliy asoslari. 
Xar qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada 
bo’lishidan qatiy nazar, uning xuquqiy manfatlaridan kelib chiqib inson xuquqini 
himoyasiga asoslangan qonunlar asosida, yani Konsitutusiyasi bo’lishi kerak. Bu 
Konstitusiya avvalo inson xuquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda 
iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlar ham himoyalanishi kerak.
O’zbekistonda 1992-yil 8-dekabrda o’zining Konstitusiyasini e’lon qildi. 
Bu Konstitusiyada IX bobida iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlari himoyalanishga 
qaratilgan. 37 moddasida har bir shaxs mehnat qilishi, erkin kasb tanlashi, odilona 
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
himoyalanish xuquqiga egadir deyilgan, matin davomida “Sud xukmi bilan 


69 
tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan barcha hollardan 
tashqari hollarda majburiy mehnat taqiqlangan” deb yozib qo’yilgan.
38- moddasida “Barcha yonlanib ishlayotgan fuqarollar dam olish xuquqiga 
egadirlar. Ish vaqti va xaq to’langan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan 
belgilangan”deyilgan jumlalar bor. 39- moddasida Xar kim qariganda, layoqatini 
yo’qotganda, shuningdek boquvcgisidan maxrum bo’lganda va qonunda nazarga 
tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish xuquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman 
belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur yeng kam miqdordan oz bo’lishi 
mumkin yemas deyilgan.
40- moddasida “xar bir inson malakaliy tabiiy xizmatdan foydalanish 
xuquqiga ega” deb belgilangan.
Mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng xuquqligi taminlangan bu 
ayollarni erkaklar bilan bir va zararli ishlarda xam ishlashlari mumkin ekanligini 
bildirmaydi. Ayollar a’zolarining ba’zi xususiyatlarini va ayollarning oilalarning 
mavkini xisobga olib, qonunda ular uchun ma’lum yengilliklar va maxsus qoidalar 
belgilangan. Ayollar sog’lig’iga zarar keltirishni xisobga olib ba’zi bir ishlarda 
ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlaniladi. Masalan zaxarli moddalar 
ajratadigan Kimyo sanoatining ba’zi soxalarida yer osti ishlarida va boshqa bir 
qancha soxalarda ishlashlariga yo’l qo’yilmaydi. 
Korxonalar mexanizasiyalashgan bo’lgani bilan ba’zi bir hollarda qo’l 
mehnati ham bo’lib turadi shuni e’tiborga olgan holda ayollar uchun yuk ko’tarish 
qoidalari belgilab qo’yilgan. Ular kunda 20 kg gacha yukni aravada 50 kg yukni 
tashish mumkin.
Farzand ko’rishi kerak bo’lagan va emizikli bolasi bo’lgan ayollarga maxsus 
yengilliklar yaratilgan bo’lishi kerak bo’ladi ya’ni 8 yoshgacha bo’lgan ayollar 
tungi ishda, ishdan tashqari, dam olish kunlarida ishga jalb va xizmat safariga 
jo’natish qa’tiy man qilinadi. Ma’muriyat ba’zi hollarda vrach xulosasiga asosan 
o’rtacha ish haqqini saqlagan holida ayollarni yengil ishlarga o’tkazish lozim. 


70 
Ayollarga tug’ish oldidan va tuqqandan keyin kalendar kunlaridan haq 
to’lanadigan dam olish kunlari beriladi. 
Sanoat korxonalarida eizikli ayollar uchun dam olish xonalari, dush xonalari 
va shaxsiy gigiyena xonalari tashkil qilinadi. 
Respublikamizda o’pirinlar mehnati ham muhofazaa qilinishga aloxida 
ahamiyat berilgan. Mehnat qonunlariga asosan 16ga kirmagan o’smirlar ishga 
qabul qilinmaydilar. Ayrim sharoitlar 15 yoshga to’lgan o’smirlar FZKU ruxsati 
bilan qabul qilinish mumkin. Bunday o’smirlar 16 yoshgacha 24 soatli ish haftasi 
tashkil qilinadi.16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar ishga soati haftasiga 36 
soatdan oshmasligi kerak. Ammo bunda ish haqi xuddi shu darajada 
ishlayotganlarning o’rtacha ish haqqidan kam bo’lmasligi kerak.
O’smirlar bir kalendar oy miqdorida yilning yeng yaxshi davrlarida yoki o’z 
xoxlagan vaqtida dam olish kunlarida belgilanish kerak. Tungi ishlarida, dam olish 
kunlarida ishdan keyin olib qolish qat’iyan msn qilinadi.
18 yoshga to’lmagan o’smir bolalarda 16 kg gacha qizlarga 10 kg gacha yuk 
ko’tarish ruxsat yetilmaydi. O’smirlar ishga qabul qilinishidan avval tabiiy 
ko’rikdan o’tkazish lozim. 
Mehnat qonunlariga asosan zararli moddalar bilan ishlovchi xodimlarga 
ustama xaq to’lash yoki ish vaqtini qisqartirish kerak bo’ladi. Masalan kimyo 
sanoati va mashina sozlik sanoatining qo’yish sexlarida ish 6 soatga 
qisqartirilgan.Bundan tashqari zararli moddalar bilan ishlagan ishchilarga 
qo’shimcha dam olish kunlari beriladi va o’z sog’ligini tiklash uchun imkoniyat 
tug’diriladi.Mashina sozlik sanoatining bir qancha sexlarida ishchilar oladigan 
oyligiga 13% va ba’zi uchatkalarda 30- 33% ustama haqi to’laniladi. 
Zararli moddalar bilan ishlovchilarga kuniga yarim litr sut berilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida ishlab chiqish korxonalarida gi 
ma’muriyat mehnatkashlariga ishlab chiqarish bilan bog’liq har qanday 
shikastlanish yoki zararlanishi shuningdek moddiy yo’qatishni qoplash 
majburiyatlarini olishlari aloxida ko’rsatilgan.


71 
Xafsiz ish sharoitlarini yaratish borasida yo’l qo’yilgan har qanday kamchilik 
yoki xavfsiz ish sharoitlarini tashkil qilmaslik natijasida ishchining baxtsiz 
xodisaga uchrashi raxbar xodimlarining aybi xisoblaniladi. Moddiy yo’qotishni 
qoplash miqdori va tartibi maxsus qoidalar asosida belgilaniladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə