Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga baliq,baqa va qurbaqa,o’txo’r va go’shtxo’r hayvonlar,oziq zanjiri haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: Tabiatda tirik organizmning oziq zanjiri orqali o’zaro bog’liqligini tushuntirishda o’quvchilarda tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lish hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Oquvchilarning hayvonlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi:Tushuntirish,suhbat,”Aqliy hujum” metodi.
Dars jihozi: Darslik,turli yovvoyi hayvonlar,suvda yashovchi hayvonlar,baqa va qurbaqa rasmlari,AKT.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.a) salomlashish.
b) o’quvchilar davomatini aniqlash.
O’quvchilarning darsga tayyorliklari so’raladi.Navbatchi tomonidan axborot tinglanadi.Bolalar jo’r bo’lib darsga tayyorliklarini she’riy tarzda ifoda etishadi.
Bizlar - yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul –lolamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so’zidan,
Bizlar aslo chiqmaymiz.
Sinfdagi barchamiz,
Darsga shay gul-g’unchamiz.
O’qituvchi: Bolajonlar ,darsimiz tabiat darsi. Hozir oltin qoidalarni bir yodga olamiz.
Intizom.
2.Faollik.
3.O’ng qo’l qoidasi.
4.Qisqa va aniq javob.
5 .O’zaro hurmat.
Sinf o’quvchilari kichik guruhlarga ajratiladi.Guruhlar nomlanadi.Guruhlarga sardor tayinlanadi
O’qituvchi: O’quvcilar,bu yil prezidentimiz tomonidan qanday yil deb nomlandi?
O’quvchi: Prezidentimiz tomonidan 2017 –yil “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi.
O’qituvchi: Ayting-chi,siz xalq bilan muloqat va inson manfaatlari deganda nimani tushunasiz?
O’quvchi: Xalqning yashash tarzi qandayligi ,ularda qanday muammolar borligini bilish maqsadida xonadonlarda uchrashuv va suhbatlar bo’lib o’tmoqda .Xalqning yashash tarzini o’rganishmoqda.
O’qituvchi: O’quvchilar biz tabiatshunoslik darslarimizda atrofimizni o’rab turgan olam haqida ko’plab bilimlarga ega bo’lamiz.Ona tabiatimizni muhofaza qilish to’g’risida konstitutsiyamizda moddalar bor. Hozir shu moddalarni esga olsak.
O’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida ”Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” deyiladi.
O’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasida “Yer,yer osti boyliklari,suv,o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir,ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.
O’qituvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangandek biz ona tabiatimizni asrab,himoya qilishimiz kerak.Qani,o’quvchilar ona tabiat haqida kim she’r biladi.
O’quvchi: -Asraylik tabiatni
Jilg’a soyu daryoni,
Zilol suvlar oqadi
Suvning toza sofligi,
Hammamizga yoqadi.
O’quvchi: -Har taraf gulzor chaman,
Ko’rkam bo’lsa bog’-rog’lar.
Olisdan ko’z-ko’z etib,
Tursa ko’rkini tog’lar.
O’quvchi: Shuning uchun do’stlarim,
Oyoqlarda turib tik.
Bizga mehribon ona,
Tabiatni asraylik.
Uyga berilgan topshiriq so’raladi.O’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini tekshirish uchun guruhlarga topshiriqlar beriladi.Avvalgi darsda o’tilgan “Uy hayvonlari “ mavzusi bo’yicha o’quvchilar bilan suhbat o’tkaziladi.
Qoramollar,qo’ylar,otlar qayerlarda boqiladi?
Ular qishda qanday boqiladi?
Qaysi uy hayvonlarini ko’proq yaxshi ko’rasiz?
O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan musobaqa o’tkaziladi.
Uy hayvonlar: Hasharotlar: Yovvoyi hayvonlar:
______________ ______________ _________________
______________ _________________ ________________
Har bir guruh a’zolari shu hayvonlar rasmlarini tanlab olib guruhlaydilar.O’qituvchi har bir guruhdan chiqqan o’quvchidan o’zi tanlagan hayvonning ruscha va inglizcha nomini so’rab boradi.
Sher-lion rus tilida – лев It- dog rus tilida-собака
O’rgimchak-spider rus tilida-паук
O’qituvchi: O’quvchilar uy hayvonlari deb nimaga aytamiz?
O’quvchi: Uy hayvonlari insonlar qo’llariga o’rgatilib, insonlar tomonidan boqiladi.
O’qituvchi : Yovvoyi hayvonlar –chi?
O’quvchi: Yovvoyi hayvonlar o’zlari mustaqil holda tabiat bag’rida yashaydilar.
O ’qituvchi: Bu hayvonlar insonlar tomonidan qo’riqxonalarda muhofaza qilinadi. Respublikamizda 8 ta qo’riqxona bor.U yerda yo’qolib borayotgan hayvon va o’simliklar o’rmonchilar tomonidan muhofaza qilinadi.Demak,bugun siz o’rmonchilik haqida ham ma’lumotga ega bo’ldingiz.Bu kasb egalari juda hushyor va ziyrak bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: |