Mavzu: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni. Maqsad: a Vatan himoyachilari kuni haqida ma’lumot berish; в



Yüklə 314,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix07.01.2022
ölçüsü314,15 Kb.
#82667
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zamonaviy.com-Mardlar-qoriqlaydi-vatanni-bayram-dasturi



www.Zamonaviy.com – Eng yangilari faqat bizda! 

 

www.Zamonaviy.com – Bizning saytga tashrif buyuring! 



 



 



Mavzu: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni. 

Maqsad:a) 

Vatan  himoyachilari  kuni   haqida  ma’lumot  berish;   



в)

 O’quvchilarni Vatanga,o’zbek  xalqining  buyuk siymolariga,  vatan  

uchun  jonini fido  qilgan,  shahid  ketgan   afg’on  jangchilariga  

muhabbat  ruhida  tarbiyalash,  ularni qiyinchiliklarga  bardosh  berishga, 

harbiylarning og’ir  mashaqqatli  mehnatini  hurmat   qilishga chaqirish; 

s)

 Milliy  iftixor  tuyg’usi  ruhida  tarbiyalash. 

Maktab   faollar  zali  va  sahnasi  bayramona  bezatilgan.  Amir 

Temurning:  «Askari  qudratli  mamlakat  boy  bo’lur”,  «Kuch  

adolatdadir» kabi  o’gitlaridan  namunalar  plakatlarda  aks  ettirilgan.  

Zalning  bir  tomonida  “O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  kuchlari -  

yurt  tinchligi va  xavfsizligining  kafolatidir, “O’zbekiston  qonunlari,” 

“Harbiylar   hayotidan”  kabi sarlavhalar  ostida  fotoko’rgazmalar  

tashkil  etilgan. Ikkinchi   tomonda  esa “Vatan  posbonlari”, “Biz  

munosib  izdoshlarmiz”  kabi  mavzularda   o’quvchilarning  yozgan  

ijodiy  ishlari,  ma’ruzalari  va rasmlari.  Shuningdek,  zal Vatan  

himoyachilari  kuniga bag’ishlangan  devoriy  gazetalar, rang-barang  

gullar  va  sharlar  bilan  bezalgan.  

   Bayram  tantanasiga  hokimiyat, xalq  ta’limi  xodimlari,  harbiy  

faxriylar  va  xizmatchilar,  askarlar  va  ularning  yaqinlari,  mahalla  

faollari, faxriy  ustozlar  va  ota- onalar  taklif  etiladi. 

 Ma’naviyat  va  ma’rifat  bo’yicha  direktor  o’rinbosari  tadbirni  ochiq  

deb  e’lon  qiladi. 

      O’zbekiston  Respublikasi  Davlat   madhiyasi  yangraydi. Tadbir  

qatnashchilari, taklif  etilgan   mehmonlar, o’quvchilar  o’ng  qo’lini  

ko’ksiga  qo’yib, madhiyaga  jo’r  bo’ladilar. 

     Maktab  direktori  Vatan  himoyachilari  kuni   haqida   tushuncha  

berib,  barchani  bayram  bilan  qutlaydi. 

  Maktab  direktori  1992- yil 14-  yanvarda  O’zbekiston  Respublikasi   

Oliy  Kengashining “O’zbekiston  Respublikasi  hududida  joylashgan 

harbiy  qismlar va harbiy  o’quv  muassasalari  to’g’risida”gi  qarori  

asosida O’zbekistonning    o`z  Qurolli  Kuchlari tashkil  

etildi.O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1993- yil 29 - 

dekabrdagi “Vatan  himoyachilari  kuni belgilash  to’g’risida”gi  qonunga  

binoan,  14 –yanvar- Vatan  himoyachilari  kuni,deb  e’lon  qilindi. 

  Mustaqillik  yillarida   Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan  amalga  

oshirilayotgan   harbiy  islohatlar  jarayonida  qisqa  muddat  ichida  

O’zbekistonda  mamlakatimiz  xavfsizligi  va  barqarorligi  sarhadlarimiz   

daxlsizligini  ishonchli  himoya   qilishga  har  jihatdan  qodir  bo’lgan  

zamonaviy,eng  yangi  qurol  -yaroqlar  va  harbiy  texnika  bilan  

ta’minlangan  mutlaqo  yangi  milliy  armiyamiz  vujudga  keldi. 




www.Zamonaviy.com – Eng yangilari faqat bizda! 

 

www.Zamonaviy.com – Bizning saytga tashrif buyuring! 



 

Uning  zamirida  xalqimizning  ming  yillar davomida  shakillangan  



qadimiy  an`ana  va  qadriyatlari,buyuk  ajdodlarimiz Jaloliddin 

Manguberdi,Amir Temurning  vatanga  bo’lgan  muhabbati va  yurtga  

bo’lgan  sadoqatida  mujassamdir. 

   Albatta,biz  o’z  milliy  armiyamiz  bilan  har  qancha  faxrlansak  

arziydi.  

     Barchalaringizni  Vatan  himoyachilari     bayrami  kuni  bilan  chin  

dildan  tabriklayman. Sog’lik,  omad, baxt  sizni  hech  qachon  tark  

etmasin. 

( Maktab  direktori  tadbirga  kelgan  mehmonlar  bilan tanishtiradi va  

so’zni  tadbirni  boshqarib  boruvchi  oquvchilarga  beradi). 

 


Yüklə 314,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə