Mavzu menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati (2 soat) reja



Yüklə 181 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü181 Kb.
#156617
1   2   3   4   5
1-mavzu

A. Fayol boshqarishni:

  • Kelajakni ko‘ruvchi;

  • Faoliyatni tashkillashtiruvchi;

  • Tashkilotni idora qiluvchi;

  • Faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;

  • Qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol

deb ataydi. Bu fikrlar Hozirgi davrgacha boshqarish fani asosida yotadi.
“Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyandalari mexnatni ilmiy tashkil qilish tamoyillarini ishlab chiqishdi. Mexnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu tamoyillar asosida:

  • raxbarning xodimga bo‘ladigan munosabatlari aloxidalashtirildi;

  • mexnatni rag‘batlantirish qat’iy me’yorlashtirildi;

  • mexnatni rejalashtirish va uni nazorat qilish qat’iylashtirildi;

  • mexnatga jismonan majburlash o‘rnatildi;

  • yollanma ishchidan fikrsiz robot sifatida foydalanish usuli qat’iy o‘rnatildi.

Mexnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mexnat unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko‘p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa kompaniyalardagi izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz-konveyer usulida tashkil etishlari boshqarishni markazlashtirishga, mexnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin o‘stirishga erishdilar.
1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mexnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo‘llanilayotgan texnokratik usulning xam takomillashtirilishini taqoza etdi. Fan-texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarni kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgaradi.
Shunday bir sharoitda ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil xarakat sifatida AQShda 1820-1830 yillari “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi turuvchi yangi nazariya - “insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo‘ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruxshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:

  • ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborda, o‘z-o‘zini xurmat qilishga, o‘z qadr - qimmatini xis etishga;

  • boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy extiyojlarga ega bo‘lgan individdir.

Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:

  1. tashabbuskorlikdan;

  2. ishchilar bilan xamkorlikdan;

  3. kompaniyada “birdamlik ruxi” va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan foydalanish xamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.

Amerikalik olim D.Mak-Gregor (1906-1964) “inson munosabatlari” maktabining atoqli namoyandalaridan xisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o‘z mexnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratadi.
Insoniy munosabatlar “ maktabi namoyondasi D.Mak-Gregorning (iks) va (igrik) nazariyasi.

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə