Mavzu: Mikrokontrollerlar Reja


Kontroller modullarinig tuzilishi



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə3/5
tarix11.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#126983
1   2   3   4   5
Mikrokontrollerlar

Kontroller modullarinig tuzilishi


Protsessor moduli
Protsessor moduli – kontrollerning yadrosi hisoblanib, avtomatlashtirish stratigiyasi asosida qurilgan, shuningdek buyruqlar bajarilishini nazorat qilish va boshqa bir necha amallar bakarilishini o‘z ichiga oladi. Bu modul funksional modullar yordamida axborotlarni yeg‘ish va boshqaruvni amalga oshiradi. 8.9 rasmda ko‘rsatilganidek modulda impuls takt generatori mavjud, bu impulslar yordamida modul hamma sinxronlashlar va o‘zi bajarayotgan amallarni sinxron ravishda bilib turishi shuningdek vaqtni aniqlashda ham foydalanadi. Shuningdek protsessor takt signallar yordamida shinadagi boshqa funksional modullar bilan axborot almashinuvini to‘g‘risidagi tashqi sinxrolashtirishlarda ham ishlatiladi. Shinali interfeys sxemasi protsessor modulining yuqori qismida joylashtirilgan.

8.8.- Rasm Protsessor moduli. Xotira moduli xotira moduli ikki qisimdan iboratdir:

  • Energiya talab qilmaydigan xotira (ROM – doimiy xotira yoki shu turdagi xotira) bo‘lib tizimni saqlab turish va avtomatlashtirish tizimi dasturlarini saqlab turish uchun ishlatiladi.

  • Energiya talab xotira (RAM – operativ xotira) bo‘lib joriy axborotlarni, ma‘lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladi.


8.9.- Rasm Xotira moduli
Himoya moduli
Himoya moduli, yoki nazoratchi modul kontrollerning holatini nazorat qilib boradi va ishlash jarayonida hatoliklar yuz bergani haqida (hal qilib bo‘lmas va hal qilib bo‘ladigan xatoliklar) darxol xabar beradi. Bu holat protsessor ish xolatida bo‘lgan vaqtda kontrollerlar matnli dasturlar bilan fonavoy rejimda ishlaydi (avtomatlashtirish funksiyalarini bajarishdan ozod bo‘lgan vaqtda). Agar funksional modullarning ishlash jarayonida biron xatolik yuz bersa bu haqda u darxol xabar beradi. Bunday xatoliklar yuz bergan holatlarda, o‘z turiga qarab bartaraf qilinadi, chunki kontroller aynan shu defektiv moduldan tashqari ish xolatida. Protsessor ish holatiga qaytganda bu haqida himoya moduli orqali xabar beradi.

8.10-Rasm. Himoya moduli.
O‘z o‘zini diagnostika qilish paytida protsessor ya‘ni kotrollerning yadrosi ish xolatidan bir necha sabablar tufayli ishlamay qoladi. Bunday xatoliklar tuzatib bo‘lmas xatoliklar safiga kiradi, bunday xatoliklar yuz berganda darxol xabar berish kerak. Odatiy tuzatib bo‘lmas xatoliklar quyidagi elementlarning shikastlanishidan kelib chiqadi:

  • Elektro energiya

  • Protsessor

  • Xotira

Elektro energiya bilan bog‘liq xatolik istalgan tashqi energiya ta‘minoti bilan yoki elektro energiya modulining o‘zida ham sodir bo‘lishi mumkin. Protsessor bilan bog‘liq xatolik apparat ta‘minotidagi shikastlanishlar (ya‘ni protsessor yoki xotiraning shikastlanish) bilan yoki dasturiy ta‘minot (dasturlarning siklik takrorlanishi yoki dasturlarning osilib qolishi) bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. bu xatoliklardan istalgan bittasi kontrollerni ishlamay qolishiga sabab bo‘ladi. Keying bo‘limlarda kontrollerda hosil bo‘lgan tuzatib bo‘lmas va tuzatish imkoniyati bor xatoliklar to‘g‘risida ko‘rib chiqamiz.
Himoya tizimi fatal xatoliklar, ya‘ni protsessor umuman ishlamay qolgan vaqtda
(elektro energiyadagi sakrashlar) yuz bergan xolatlarda o‘zi darxol xabar beradi. Raqamli kirishli modul
Raqamli kirishli modul diskret signallarga ega o‘lchov qurilmalarining chiqish signallarini va foydalanuvchi tizim osti interfeysi, ularni shu signallarga mos keluvchi (ekvivalent) kompyuter signallariga o‘zgartirib shina yordamida protsessorga keying qayta ishlash uchun yuboradi. 8.11-rasmda ushbu modulning funksional sxemasi ko‘rsatilgan.


  1. 11.- Rasm. Raqamli kirishli modul.


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə