Mavzu: Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta`minlashga korxonaning o`rni va roli. Reja: Kirish



Yüklə 84,17 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü84,17 Kb.
#137085
1   2   3   4   5   6
Mavzu Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta`-fayllar.org

II BOB. AMALIY QISM
2.1 Sanoat korxonasining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni va roli
Davlat mustaqilligi e’lon qilingandan beri o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda katta yutuqlarga erishiladi.
Milliy iqtisodiyot – bu ushbu mamlakatning ma’lum xududiy chegaralarida tarixan shakllangan, yagona tizimga birlashtirilgan iqtisodiy tarmoqlarining yig‘indisidir.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish Prezidentimiz I.A.Karimov ilgari surgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Ular bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modelini shakllantirishning butun dasturi negiziga qurigan.
Mustaqillik shakllangan qisqa davr ichida respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning qonuniy – huquqiy asoslari yaratiladi. Zarur bo‘lgan hamma xo‘jalik – huquqiy me’yorlar, subyektlarning iqtisodiy erkinligini, xususiylik va tadbirkorlikni himoya qilishni kafolatlovchi bir qator qonunchilik xarajatlari va hujjatlar paketi qabul qilinadi va ular amalga oshirilmoqda.
Sanoat korxonasi milliy iqtisodiyotning muhim subyekti, moddiy subyektlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston sanoat majmuasining boshlang‘ich xalqasidir.
Ishlab chiqarish – bu odamlar hayot faoliyatidagi obyektiv zarurat, kishilik jamiyati mavjud bo‘lishning asosidir. Faoliyatning istalgan turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval odam o‘z xayotining moddiy sharoitlarini yaratish: oziq-ovqat, kiyim, turar joy topishi kerak.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – inson talablarini qondirish.
Talablar esa chegarani bilmaydi. Bu ishlab chiqarishni doimiy rivojlantirib borishni taqozo etadi.
Qandaydir tovarni ishlab chiqarish jarayoni yakka tartibda – korxonada amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa iqtisodiyot – bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan turli xildagi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning murakkab yig‘indisidir. Shunday tarzda ishlab chiqarish doimo ijtimoiy shaklda namoyon bo‘ladi. Shunchaki tashkil qilingan ishlab chiqarish yo‘q. U hamma vaqt turli xil iqtisodiy subyektlarning o‘zaro munosabatlari bilan taqdim etiladi, chunki ishlab chiqarish omillari (yer, kapital, mehnat) ning o‘z egalari, mulkdorlari bor.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotida yetakchi uchta xo‘jalik yurituvchi harakat qiladi.
Bular:
Uy xo‘jaliklari.

Korxonalar (mulk egalari turlicha).


Davlat.
O‘z mulkida ijtimoiy kapitalning katta qismini mujassam qilgan asosiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar ularning birlashmalaridir.

Korxonalar mamlakatning xalq xo‘jaligi majmuasini tashkil qilish va rivojlantirishda rol o‘ynaydilar.


Ular moddiy ishlab chiqarishning tegishli tarmoqlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va boshqalar) ni tashkil qiladilar. Korxonalar tarmoqning tuzilmasini tashkil qiladilar, uning yo‘nalishi (profili) va miqiyoslarini belgilaydilar. Ulardan o‘lkalar, viloyatlar, shaharlarni tuzuvchi tarmoq va xududiy majmualar shakllantiriladi. Korxonalar o‘z-o‘zlari joylashgan shaharlar, qo‘rg‘onlar, viloyatlar va o‘lkalarning o‘lchamlari va xududiy ixtisoslashishlarini shakllantiradilar.
Hamma davlat hujjatlarida korxonalar xalq xo‘jaligi majmuasining bosh unsurlari yoki asosiy bo‘ginlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Har qanday xo‘jalik va texnik qaror faqat korxonada, zavod mutaxasisi, xizmatchisi, ishchisining ish joyida real shaklini oladi.
Respublikada amalda sanoatning og‘ir sanoatdan yengil sanoatgacha va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sanoat asosida qayta ishlovchi, ilmiy sig‘imli ishlab chiqarishlargacha bo‘l- gan hamma tarmoqlarini namoyon qiluvchi kuchli, bir qator hollarda esa nodir korxonalar tuzilgan va ular ishlab turibdi.
Ko‘plab avlodlarning mehnati bilan yaratilgan ishlab chiqarish potensiali mamlakatning bundan keyingi iqtisodiy o‘sishi uchun ishonchli asosdir.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o’rni va roli O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan 300 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi. Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko’rsatkichlarini birinchi o’rinda yirik korxonalar belgilab beradi. Shu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya’ni kichik va o’rta korxona hamda mikrofirmalarga keng yo’l ochib berishda yirik korxonalarning o’rni va rolini unutmaslik darkor. Chunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta bo’lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag’batlantirish hamda do’stona, sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. Shu sababli yirik, o’rta va kichik korxonalarning optimalligi jamoatchilik ishlab chiqarishi talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo’jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog’i va sohasida hal qilishning yo’llari o’xshash bo’lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo’lmasligi mumkin. Har bir Примечание [OM3]: alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur. O’zbekistonda ko’plab kichik, o’rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan engil sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o’z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - er, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi. Ma’lumki, boylik yoki salohiyat bir nechta avlod va butun jamiyatning xatti-harakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifodalanadi. Xo’jalik yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo’lsada chetga chiqish jamoatchilik ishlab chiqarishi samardorligining pasayishiga, xo’jasizlik va isrofgarchilikka olib keladi. Korxonalar ham bundan mustasno emas.


Yüklə 84,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə