Mavzu: mirzo ulug’bek buyuk alloma va davlat arbobi


Xulosa.............................................................................................................30



Yüklə 62,51 Kb.
səhifə2/8
tarix16.04.2022
ölçüsü62,51 Kb.
#85532
1   2   3   4   5   6   7   8
MIRZO ULUG\'BEK

Xulosa.............................................................................................................30


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.............................................................31


KIRISH

Buyuk Amir Тemurning nabirasi, benazir alloma Mirzo Ulug`bekning1 o’rta asrlar sharoitida namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo’ymaydi. Тaqdir bu ulug` zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda Amir Тemur bunyod etgan saltanatning vorisi bo’lishdek o’ta mas’uliyatli vazifa aynan unga nasib etdi. Mirzo Ulug`bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr2 diyorining donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi – tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo’lida ulkan shijoat va matonat ko’rsatdi.

Bu benazir alloma o’zida minglab yulduzlarning harakatini jamlagan mukammal astronomik jadvalni yaratdi. Ushbu jadvalda zikr etilgan ilmiy ma’lumotlarning naqadar aniq va to’g`ri ekanini bugungi eng zamonaviy asboblar ham tasdiklaydi. Ulug`bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo’yilgan tamal toshlaridan biri bo’lib, yurti-mizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko’rsatadi. «Ziji jadidi Ko’ragoniy»3 deb nomlangan Ulug`bek astronomik jadvali o’rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa olimlari orasida keng tarqalgani fikrimizning yaqqol isbotidir.

Bu haqda so’z yuritar ekanmiz, beixtiyor 1996 yili Parijda


YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh kotibi Federiko Mayor janoblari bilan bo’lgan bir suhbat yodimga tushadi. O’shanda janob Mayor Ulug`bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko’rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. Shunda men unga javoban, yo’q, janob Federiko Mayor, Ulug`bek xato qilgan bo’lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo’lishi mumkin, degan edim. Garchi bu gap do’stona lutf tariqasida aytilgan bo’lsa-da, o’ylaymanki, uning zamirida chuqur haqiqat mujassam etgan.


  1. Yüklə 62,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə