Mavzu: mirzo ulug’bek buyuk alloma va davlat arbobi


Mirzo Ulug`bekning qomusiy olim sifatida ilm-fan rivojiga qo’shgan



Yüklə 62,51 Kb.
səhifə4/8
tarix16.04.2022
ölçüsü62,51 Kb.
#85532
1   2   3   4   5   6   7   8
MIRZO ULUG\'BEK

1.2 Mirzo Ulug`bekning qomusiy olim sifatida ilm-fan rivojiga qo’shgan bebaho hissasi.

Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini sharqu g’arbga, shimolu janubga kengaytirib, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jihatlardan yuksaltirib dovrug’ini olamga mashhur qilgan bo’lsa-da, biroq uning vafotidan keyinmamlakat tanazzullikka uchrab bordi. Buning asosiy boisi avvalo shundaki,Amir Temurtasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho’zilgan bo’lib,ularni yagona bir markazdan turib uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustigaulardagi mavjud turli-tuman muholifatchi kuchlar ertami-kech o’z hududiy mustaqilligi uchun harakat etishlari tabiiy edi.Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan muhim sabablardan yana biri - ko’p sonli temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt talashib boshlanibketgan va bir necha yillarga cho’zilgan o’zaro besamar urushu nizolardir.



Chunki, AmirTemur vafotidan so’ng uning ko’p sonli vorislari uning dono vasiyatlari, o’gitlariga quloqosmay, markaziy hokimiyatni egallash yo’lida jangu- jadalga kirishadilar.Amir Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda O’trorda 1405 yil 18 fevraldakasallanib vafot etgan paytda uning 4 o’g’lidan 2 tasi (Mironshoh va Shohruh Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek, qizlari - Og’a begim, Sulton Baxt begim va Og’a begimning o’g’li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi.Amir Temur vasiyatiga ko’ra uning o’rnini Qobul, Qandahar va Shimoliy Hind erlarini boshqarib turgan nabirasi Pirmuhammad (Jahongir Mirzo o’g’li) egallashi kerakedi. Biroq shahzoda Halil Sulton (Mironshoh o’g’li)ning O’zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o’zini hukmdor deb e’lon qilishi,tabiiyki, boshqa shahzodalarning ham qo’zg’alishiga, saltanatning darz ketishiga olib keldi. Buning oqibatida tez orada g’arbiy hududlarning ancha qismi mustaqil bo’lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oq quyunli va Qora quyunli sulolalarining Temur saltanatiga bo’ysunmaslik va unga qarshi qarshilik harakati kuchaydi. Amir Xudaydod va Shayx Nuriddinlar esaMovarounnahrning turli hududlarida bosh ko’tardilar1. Faqat qat’iyatli,shijoatli Shohruh Mirzo bu qonli nizolar, urushlarga barham berib, Xuroson va Movarounnahrda hokimiyat jilovini qo’lga kiritadi. U 1409 yilda ovarounnahrdagi vaziyatni o’z foydasiga hal etib, uni katta o’g’li Ulug’bekka topshiradi. Bobosi Amir Temur unga katta mehr bilan qarabyoshligidan o’z tarbiyasiga olgan. Ulkan tug’ma iste’dod, aql-zakovat sohibi bo’lgan Ulug’bek (Sohibqiron xonadonida uni shunday nom bilan erkalashgan) davlatboshqaruvini puxta egallashdan tashqari diniy va dunyoviy bilimlarni ham etuk darajadao’zlashtirgan. Mirzo Ulug’bek hukmronligi (1409-1449) temuriylar saltanatining an’anaviy rivoji va muhim ijtimoiy o’zgarishlar yo’lidan ilgarilab berishida alohida davrni tashkil etadi rqali halqaro karvon savdosida faol ishtirok etadi. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Shosh va boshqa shaharlarda ko’plab hashamatli madrasalar, masjidu maqbaralar, karvonsaroylar qad rostlaydi. Uning bevosita rahnamoligida qurilgan tenggi yo’q me’moriy inshoot - rasadxona o’sha davr ilm-fani va texnikasining eng so’nggi yutuqlarini o’zida mujassam etgan edi.

Ulug’bekning 1428 yilda o’tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va pul muomalasini, moliya siyosatini yo’lga qo’yishda muhim voqea bo’lgan.Ulug’bek muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o’z qadri, qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni rivojlantirishda alohida rol o’ynadi. Uning davrida ham yuqori tabaqa vakillariga, harbiy sarkardalar, oliy ruhoniylarga avvalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. Bundan tashqari davlatning katta ma’naviy tayanchi hisoblangan diniy muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf erlari to’plangan edi.

Temuriylar davrida aholi to’laydigan turli-tuman soliqlar orasida xiroj (er solig’i) alohida ajralib turardi. Dehqonlar etishtirgan hosilning kamida uchdan bir qismi xiroj solig’iga to’langan. Bundan tashqari ushr (daromadning o’ndan bir qismi),tamg’a (savdosotiq, hunarmand ahlidan olinadigan soliq), zakot, tutun solig’i, bog’ solig’i, uloq (davlat xizmatidagilar uchun), dorug’ona (harbiy qo’riqchilar uchun), mirobona (suv etkazib beruvchilar uchun), yasoq (chorva mollari uchun), begor (davlat hisobiga ishlab berish: saroy qurilishi, ariq, kanallar qazish uchun) va boshqa soliq va majburiyatlar joriy etilgandi.

Ulug’bek o’z davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritishga, ilm-fan ahliga, din peshvolariga homiylik qilish, savdo-tijorat va hunarmand ahliga rag’bat ko’rsatishga harakat qilmasin, unga qarshi muxolifatchi kuchlar ham anchagina bor edi. Ulug’bek katta er egalarining oddiy fuqarolarga nisbatan suiste’molchiliklarini cheklash tadbirlarini ko’rganda, ular «taxtdagi olim»ga qarshi chiqdilar.

Ruhoniylar orasidagi jaholatparast unsurlar Ulug’bekni islom diniga zarar keltiruvchi «betavfiq hukmdor» deb tashviqot yuritdilar. Shu tariqa,jaholatparastlar ilmga, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo’yyuchilar taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug’bek mamlakatdagi turli ijtimoiysiyosiy guruhlar o’rtasidagi ichki ziddiyatlarni, mutaassib, reaktsion kuchlar muxolifatchiligini oxirigacha bartaraf eta olmadi. Bu esa XV asrning 40-yillari oxirlariga kelib Movarounnahr davlatini beqarorlik va chuqur ijtimoiy larzalarga duchor etdi. Mamlakat qo’shinining jangovor holatda bo’lmaganligi va turli joylarga sochilganligi esa Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining bu erlarga tez-tez bostirib kelib, yurtni talashi uchun keng yo’l ochib bergandi.

Xususan, 1447 yilda Shohruh Mirzo vafoti munosabati bilan Ulug’bekning ota taxtiga da’vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Aloudovla va boshqa merosxo’rlar bilan hokimiyat talashishi, uning yo’qligida Abulxayrxon boshliq Dashti Qipchoqliklarning Movorounnahr erlarini g’orat qilishi va nihoyat, qora kuchlar ig’vosi tufayli o’z o’g’li Abdullatif bilan boshlangan nizoning katta jangga aylanib, unda Ulug’bekning mag’lub bo’lishi - bular nafaqat uning fojiali o’limi bilan yakun topib qolmay, ayni paytda Temuriylar sulolasi inqirozini yanada chuqurlashtirishga olib keldi. Ulug’bek akademiyasi tarqalib ketdi, kutubxonadagi kitoblar yondirildi, olimlar boshi oqqan tomonga ketishga majbur bo’ldi.Ilm-fan ravnaqi Temuriylar ma’naviy madaniyati to’g’risida gap borganda,dastavval,ona yurtimizda Uyg’onishi davrining ikkinchi bosqichi bo’lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog’lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfonitaraqqiyotiga qo’shgan bebaho hissasi haqida har qancha g’ururlansak arziydi



Yüklə 62,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə