Mavzu: mirzo ulug’bek buyuk alloma va davlat arbobi


Ulug’bek akademiyasi olimlari ijodidan namunalar Ali Qushchi asarlari



Yüklə 62,51 Kb.
səhifə5/8
tarix16.04.2022
ölçüsü62,51 Kb.
#85532
1   2   3   4   5   6   7   8
MIRZO ULUG\'BEK

Ulug’bek akademiyasi olimlari ijodidan namunalar Ali Qushchi asarlari:


«Risola dor ilmi hisob»

«Risolai qusur»

«Risola dar handasa»

«Risola dar falakiyot»

Bu davrning yana bir muhim yutug’i-bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo’lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta’sir ko’rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofizu Abruning «Zubdat at-tavorix»,

Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa’dain» va «Majma’ ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o’rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning etti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog’i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»),«Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o’sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o’zida ifoda etadi. Mirzo Ulugbek iki yirik asar yozib koldirdi. Bulardan biri «Zichi Jadidi Kuragoniy» bulib, klassik astronomiyani nazariy va amaliy masalalarini kamrab olgan ; Samarkand astronomlarining kup yillik ilmiy kuzatishlarini bayon etuvchi kapital asar xisoblanadi.

Ikkinchisi tarixiy asar mamlakatning ijtimoiy – siyosiy tarixi kiska tarzda bayon etilgan. Asar «Ulus – i arba’yi Chingiziy» (Chingiziylarning turt ulusi tarixi) yoki «Tarixiy– i arba ulus» (Turt ulus tarixi) nomi bilan mashxur. 1425 yilda yozib tomomlangan. «Tarix– i arba ulus» mukaddima va turt kismdan iborat.

Mukaddima O’rta asrlar tarixchilar urtasida xukm surgan an’anaga kura islomiyatdan avval utgan paygambarlar, turklarning afsonaviy ota – bobolari xisoblangan Yofas ibn Nux va uning farzandi Turkxon, shuningdek , Turk – mugul kabilalari va Chingizxon ta’rifi bayon kilingan.

Birinchi kism, Ulug yurt, ya’ni Muguliston va Shimoliy Xitoy tarixi: Ugadayxon (1227 – 1241) davridan to Arikbugunning avlodi Urdayxon zamonigacha yuz bergan vokealarni uz ichiga oladi.


Yüklə 62,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə