Mavzu: mirzo ulug’bek buyuk alloma va davlat arbobi


Mirzo Ulug`bek davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat



Yüklə 62,51 Kb.
səhifə7/8
tarix16.04.2022
ölçüsü62,51 Kb.
#85532
1   2   3   4   5   6   7   8
MIRZO ULUG\'BEK

Mirzo Ulug`bek davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat.


1409-yilda Shohruh Samarqanddan Qirotga qaytish oldida Mirzo Ulug`bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug`bek Samarqand taxtiga o’tirgan vaqtida o’n besh yoshdagi o’spirin edi. Mamlakatni idora etish tabiiy uning uchun mushkul edi. Shahzoda balog`atga yetgunga qadar davlatni boshqarishni Shohruh o’zining sodiq amaldorlaridan biri Shoh-malikning ixtiyoriga topshiradi.

Ulug`bekning asli ismi Muhammad Tarag`ay bo’lib, u Amir Temurning Yaqin Sharqda besh yillik yurishlari vaqtida 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topadi. U Amir Temur o’rdugohi va saroyida katta onasi Saroy Mulkxonim va onasi Gavhar-shodbegimlarning bevosita panohida tarbiyalanadi. Sohibqironning boshqa nabiralari qatorida u Amir Temurning harbiy yurishlari va saroy an’analarida ishtirok etadi. Besh yoshidan boshlab Ulug`bek Shayx Ozariy nomi bilan keyinchalik shuhrat topgan mashhur olim Shayx Orif murabbiyligida tarbiyalanadi. Undan xat-savod va hisob bo’yicha ilk saboqlarini oladi. So’ngra Ulug`bekka otaliq etib Amir Shohmalik tayinlanadi. Otaliqdan u tabiiy, davlatni idora qilish san’ati - lavozimlarga mansabdor shaxslarni tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, amaldorlar va o’zga yurtlardan tashrif buyurgan elchilarni qabul qilish, xayr-u sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ladi. Ulug`bek 10 yoshga to’lganda uni Muhammad Sultonning qizi Og`obegimga unashtiradilar. Ona tomonidan Og`obegimning nasl- u nasabi Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) xonadoniga mansub bo’lgani tufayli, Ulug`bek ham bobosi kabi "ko’ragon" unvoniga sazovor bo’ladi. Ulug`bek davlati janubda Amudaryo, g`arbda Buxoro vohasiga tutashib ketgan Urganjiy dashti (Markaziy Qizilqum)ning sharqiy hududlari, shimolda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig`noqva O’tror i shaharlari, sharq va shimoli-sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaralanardi. Ulug`bek garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati dastaval; faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanadi. Chunki Shohruh avval boshdan Farg`onani to O’zgangacha Amirak Ahmadga, Hisori Shodmonni Muhammad Jahongirga in’om qilib, Ulug`bekni birmuncha cheklab qo’yadi. Buning ustiga Turkiston Shayx Nuriddinning tasarrafida edi.

O’sha vaqtda u na Ulug`bek va na Shohruhni tan olardi. Shuning uchun ham hali mamlakat notinch edi. Samarqand. Shayx Nuriddin Turkiston bilan qanoatlanmaydi. 1410-yilda u Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda oqo’rdalik xonzodalardan Chingiz O’g`lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko’taradi. 1410-yil 20-aprelida Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug`bek va Shohmaliklarning qo’shinlari o’rtasida jang bo’ladi. Jangda Ulug`bek mag`lubiyatga uchrab Kalifga tomon qochadi. Shohruh 1410-yilning yozida isyonni bostirish uchun katta kuch bilan Samarqandga yetib keladi. Shayx Nuriddin isyoni bostirilgach, Sirdaryoning o’ng sohilida joylashgan shaharlar:Toshkent, Yassi, Sabron, Sayram, Yangi yana Temuriylar davlati tarkibiga qo’shib olinadi va bu o’lkalarni idora qilish ham Ulug`bekning zimmasiga yuklanadi.

O’sha paytlarda Ulug`bek bilan Shohmalikning munosabatlari buzilib qoladi. Chunki shuhratparast otaliq Ulug`bekni davlat ishlariga "yaqin yo’latmay, hatto u bilan hisoblashmay ham qo’ygan edi. Shu sababli Shohruh 1412-yilda Shohmalikni Samarqanddan olib ketishga majbur bo’ladi. Shu vaqtdan boshlab batamom Movarounnahr va Turkistonni boshqarish 18 yashar Ulug`bek qo’liga o’tadi.

Qarbiy yurishlar Mamlakatda ma’lum darajada hokimi mutiaq bo’lib olgan Ulug`bek endilikda Farg`onani amakivachchasi Amirak Ahmad qo’lidan tortib olib, bu o’lkada o’z hukmronligim o’rnatishga intiladi. O’z maqsadini amalga oshirish uchun u dastlabki mustaqil harakatni 1414-yilda Faig`onaga yurishdan boshlaydi. Ulug`bekning qo’shiniga bas kelishga ko’zi yetmagan Amirak Ahmad jangsiz Andijon va Axsini topshirib, O’sh va Oloy orqali Koshg`arga qochadi. Ammo oradan ko’p vaqt o’tmay Koshg`ar hokimining madadi bilan O’sh yaqinidagi jangda Ulug`bek qo’shinini mag`lubiyatga uchratib Farg`onani qaytarib oladi. Bu voqeadan so’ng Ulug`bek 1415-yilning bahorida Faig`onaga ikkinchi marta qo’shin tortishga majbur bo’ladi. Bu gal ham Amirak Ahmad Ulug`bekdan cho’chib yana Koshg`arga qochadi. Shohruhning Amirak Ahmad nomiga ishonchnoma yuborib, bu ishga aralashuvi tufayli shahzodalar o’rtasidagi o’zaro nizo bartaraf etilib, Farg`ona unga tobe bo’lib, Koshg`ar ham Ulug`bekning qo’liga o’tadi.


1413-yilda Shohruh tomonidan Xorazm Oltin O’rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug`bek davlatining g`arbiy va janubiy chegaralarining xavfsizligi muqimlashgan bo’lsa-da, amm° uning shimoli-g`arbiy va shimoli- sharqiy tomonlari hali xavotirli edi. Shu sababli Ulug`bek bu davrdaDashti Qipchoqda boshlangan o’zbek shahzodalarining o’zaro olishuvlariga hamda Mo’ng`ulistonda avj olgan ichki kurashlarga jiddiy e’tibor berishga va aralashishga majbur bo’ladi.

Ulug`bek ko’magi bilan Dashti Qipchoqda O’zbek ulusida Baroq O’g`lon, Mo’ng`ulistonda Shermuhammad O’g`lon hokimiyatni qo’lga oladilar. Qar ikki shahzodalar orqali Ulug`bek bu ikki qo’shni o’lkalarda o’z siyosatini o’tkazishni mo’ljallagan edi. Biroq bu xonlar Ulug`bekning ishonchini oqlamaydilar. Shundan so’ng Ulug`bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo’ng`uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko’l yaqinida, sodir bo’lgan to’qnashuvda Ulug`bek mo’ng`ullar ustidan g`alaba qozonadi va katta o’lja bilan Samarqandga qaytadi. O’ljalar orasida ikki bo’lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabr toshi yasattiriladi. Mo’ng`uliston urushi Ulug`bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va so’nggisi edi. Bu qirq yillik podsholik davrida Ulug`bek qozongan birinchi zafar edi. Bu zafarli yurishning nishoni tarzida Jizzax yaqinida Ilono’tti darasi ichida hijriy 828(1428)-yilda Ulug`bek tomonidan qoyatoshga yozdirilgan o’ziga xos "zafarnoma" hozirgi kungacha saqlangan.

Oradan ikki yil o’tgach Ulug`bek Dashti Qipchoqda o’z siyosiy mavqeini mustahkamlab olgan Baroq O’g`longa qarshi yurishga majbur bo’ladi. Ulug`bek yordami bilan o’zbeklar ulusida taxtdor bo’lib olgan Baroq O’g`lon uning muruvatini unutib, endilikda Sirdaryo bo’yidagi O’tror, Sabron va Sig`noq singari shaharlarga da’vogar bo’lib chiqadi. Unga qarshi yurishda Ulug`bekning omadi kelmaydi. Baroq O’g`lon Sig`noq yaqinida tunda Ulug`bek qo’shinini chor- atrofdan bosib, unga qattiq zarba beradi. Baroq O’g`lonning lashkari uni Samarqand ostonalarigacha ta’qib qilib boradi. Bu mag`lubiyatdan keyin Ulug`bek el-yurt va otasi oldida yuzi shuvut bo’lib, Samarqand taxtidan va Movarounnahr hukmdorligidan ajralishiga sal qoladi. Sig`noq mag`lubiyatidaft o’ziga kerakli saboqni chiqargan Ulug`bek, garchi umrining oxirigacha o’zga viloyatlarga harbiy yurish uyushtirishga jur’at qilmagan bo’lsa-da, XV asrning 30-40-yillari otasi Shohruh bilan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida istiqomat qiluvchi aholini o’ziga bo’ysundirgan Abulxayrxonga (1428-1468) qarshi kurashishiga to’g`ri keladi. Ko’chmanchilar har yili ayniqsa qish faslida Movarounnahrning ichkarisiga bostirib kirar va o’troq aholini g`orat qilib qaytardilar. Masalan, Abulxayrxon yetakchiligida ko’chmanchilar 1431- va 1435-yillari Xorazmgacha bostirib kirib, uning g`arbiy qismini Urganch bilan qo’shib zabt etadilar. Biroq Dashti Qipchoq ko’chmanchilari va Abulxayrxon bilan kurashish Ulug`bek bilan Shohruh uchtin yengil ko’chmaydi.

Ulug`bek va Abdullatif Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa uning tashqi siyosatida Ulug`bek ayrim hollardagina mustaqil harakat qilgan bo’lsa-da, immo aslida u Shohruhning Movarounnahrdagi intizomli va toatkor noibi bo’lib qoladi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador lar qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, ming rozi-rizoligi bilafr hal etishga harakat qiladi. Vaqt-vaqti )ilan u Qirotga borib unga hisob berib, Movarounnahr xirojining bir qismini uning xazinasiga jo’natib turishga, Shohruhning iarbiy yurishlari vaqtida unga ma’lum miqdorda askar, ot-ulov, oziq-ovqat va qurol-aslaha yuborishga majbur edi.

Shohruh 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad jyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan o’tadi. Shohruh vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt uchun kurash yana avjga minib, lamlakatni beqarorlik chulg`ab oladi. Odatga ko’ra taxtga Shohruhning to’ng`ich o’g`li Ulug`bek o’tirishi kerak edi. Ammo Boysunqurning o’g`illari Alouddavla bilan Abulqosim Bobur Ulug`bekka qarshi harakat boshlaydilar. O’zboshimcha Shahzodalarga qarshi Ulug`bek qo’shin bilan chiqishga va ular bilan muzokaralar olib borib kelishishga majbur bo’ladi. Chunki 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug`bekning katta o’g`li Abdullatifning qo’shinini tor-mor keltirib, uni asrga olgan va Qirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo’ygan edi. O’g`lining qurbon qilinishini istamagan Ulug`bek Alouddavlar bilan sulh tuzadi. Bitimga ko’ra Abdullatif ozod qilinib, Ulug`bek esa Qirot va Xurosonga bo’lgan da’vosidan voz kechadi.

Biroq ko’p vaqt o’tmay Abdullatif bilan Alouddavla munosabatlari yana Iceskinlashib ketadi. 1448-yilning bahorida Ulug`bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo’shini Qirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo’lgan jangda Alouddavla qo’shini tor-mor keltirilib, Qirot qo’lga kiritiladi. Bu g`alabadan so’ng Abdullatif, garchi bobosi Shohruhning Qirotdagi taxtiga o’tirishga muyassar bo’lsa-da, ammo unda otasiga nisbatan adovat paydo bo’ladi. Chunki g`alaba to’g`risida tevarak-atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olinadi. Uning Ixtiyoriddin qal’asidagi xazinasi Ulug`bek tomonidan olib qo’yilib, ma’lum darajada adolatsizlik va mehribonsizlikka yo’l qo’yilgan edi. Bu, shubhasiz, o’ta shuhratparast hamda mol-dunyoga o’ch Abdullatif uchun yetarli bahona bo’ladi. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan Ulug`bekka qarshi harakat boshlaydi. Awalambor Abdullatif Qirotda bor-yo’g`i o’n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo’shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib, poytaxtni jangsiz bo’shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug`bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda "tamg`a"m bekor qilib, savdo-garlarni o’z tarafiga og`dirib oladi. Otasidan norozi bo’lgan amir-larni atrofiga to’playdi. Qatto Abulqosim Bobur bilan bog`-lanib, uni birlashib Ulug`bekka qarshi kurashga undaydi. Shun-day qilib Abdullatif o’z otasiga qarshi ochiqdan-ochiq dush-manlik yo’liga o’tadi.



Ulug`bek fojiasi Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun Ulug`bekda o’zining isyonkor va makkor o’g`liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloj qolmaydi. Ammo ayni zamonda mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, Ulug`bekning ahvolini yanada mushkullashtiradi.

Qirotdan Samarqandga qaytar ekan Ulug`bek old tomondan Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining hujumiga duchor bo’ladi. Abulxayrxon boshchiligidagi ko’chmanchilar o’shanda Tashkent, Shohruhiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qishloqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar atrofidagi chorbog`lari va ko’sliklarini vayron qiladilar. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan bo’lgan to’qnashuvlar oqibatida Ulug`bek qo’shini qattiq shikast topib, u ancha-muncha zaiflashib qoladi. Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug`bekning kichik o’g`li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug`bek uni bartaraf qilishga majbur bo’ladi. Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay mrsatdan foydalanib, bosh ko’taradi va Amudaryodan kechib o’tib, Termiz, Kesh va Xuzorni osongina zabt etadi. So’ngra Samarqandga qarab yo’l oladi. 1449-yil oktabrida Damashq qishlog`i yaqinida qattiq jang bo’ladi va bu jangda Ulug`bek yengiladi. Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib Ulug`bekni ichkariga kirishga qo’ymaydi. U Shohruhiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga taslim bo’lishga majbur bo’ladi. Shahar qozisi Shamsuddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o’ldirilishini uyushtiradi. Zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulug`bek 1449-yil 27-oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda shahid bo’ldi.Shunday qilib, Ulug`bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davorn etganligiga qaramay bobosi Amir Temurdan farqli o’laroq, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirib, qo’shni mamlakatlarni fath etishga intilmadi. Aksincha, u o’z davlatini mustahkamlashga, mamlakat birtigini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko’tarishga, rivojlantirishga harakat qildi, bu yo’lda o’zi bosh bo’ldi.Хilosa qilib aytganda Mirzo Ulug`bek hokimiyatni boshqarishda omadi kelmaydi.

Xulosa

Men bu kurs ishini yozish davomida shunga amin bo’ldimki bobolarimiz qoldirib ketgan buyuk merosni har vaqt, har qachon o’rganishimiz zarur va bu merosni oldin qanday bo’lsa shu holicha kelajak avlodga yetkazishimiz zarur deb xisoblayman va biz yoshlar Mirzo Ulug`bekdek inson bo’lishga mustaqil O’zbekistonimiz taraqqiyotiga hissa qo’shishga, Vatanimiz taraqqiyotining rivojlanishiga jahon hamjamiyatida o’z o’rniga egan bo’lishda har doim tayyor bo’lishimiz kerak deb hisoblaymiz.



Mirzo Ulug`bek ilmiy kuzatishlar olib borish va madrasada falakkiyot ilmidan va’z aytish bilan birga madaniy-maishiy ishlarga ham jiddiy e’tibor bergan. O’nlab madrasa, xonaqoh, masjid, karvonsaroylar qurdirgan. Oldinroq boshlangan Bibixonim masjidi, Go’ri amir maqbarasi, Shohi zinda ansamblining qurilishini nihoyasiga yetkazgan. Ulug`bek haqida yuzlab asarlar mavjudki, ularda u donishmand faylasuf, adolatli sulton, ijodkor ustoz sifatida madh etiladi. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida «Ulug`bek madhiyasi» degan maxsus bob mavjud.



Yüklə 62,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə