Mavzu. Moliyaviy barqarorlik tahlili



Yüklə 136,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.02.2023
ölçüsü136,66 Kb.
#100581
  1   2
Mavzu. Moliyaviy barqarorlik tahlili



Mavzu. Moliyaviy barqarorlik tahlili 
Moliyaviy holat barqarorligini tahlili orqali ma’lum davr mobaynida 
moliyaviy resurslarni korxona qanday boshqarganligiga baho beriladi.
Avvalo, moliyaviy resurslar holati bozor va korxona rivojlanishining talablariga mos 
kelishi kerak, chunki moliyaviy barqarorlikni talab darajasidan past bo‘lishi 
korxonani to‘lovga qobilligini zaiflashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun 
mablag‘lar yetishmasligiga olib keladi. Buning aksi bo‘lgan holatlarda esa 
moliyaviy resurslarni ortiqchaligi ishlab chiqarishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, 
ishlab chiqarish zaxiralari va rezervlarini me’yordan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, 
demak, moliyaviy resurslarni samarali shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan 
foydalanishi moliyaviy barqarorlik mohiyatini ifodalaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida moliyaviy mustahkamlikka (barqarorlikka) 
va balans likvidligiga bir xil ta’rif berishadi va aniqlanayotgan ko‘rsatkichni 
moliyaviy mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan 
qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi. Moliyaviy 
mustahkamlik va balans likvidligi –
bu o‘z mazmuniga ega bo‘lgan ikki xil moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, korxonalar 
moliyaviy faoliyatini har xil nuqtayi nazardan ifodalaydi . Bu haqda 
respublikamizning eng yirik iqtisodchi olimlaridan biri hurmatli ustozimiz 
E.Akromovning «Korxonalarning moliyaviy holatini tahlili» deb nomlangan o‘quv 
qo‘llanmasida shunday deyiladi:
Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi
ko‘rsatkich bo‘lib, u:
• Korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni saqlanib 
qolish imkoniyatini;
• Korxona mablag‘laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;
• Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;
• Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
• Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;
• Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining talablariga 
javob berishligini;


• Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplovchi manbalar 
borligi darajasini ko‘rsatadi.
Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanishi va 
ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga 
korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatining hamma yo‘nalishlari 
ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.
Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• korxonada ishlab chiqarishning barqarorligi;
• ishlab chiqarishni tashkil qilish;
• ishlab chiqarishni boshqarish;
• korxona ustav jamg‘armasining hajmi;
• korxona xarajatlari va daromadlarining nisbati;
• o‘zlik mablag‘larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati;
• korxona aylanma mablag‘lari tarkibi.
Korxonalar o‘z faoliyati davomida boshqa xo‘jalik subyektlari bilan iqtisodiy 
aloqalarda bo‘lar ekan, korxonalar moliyaviy barqarorligiga
tashqi omillar ham ta’sir etadi.. bunday omillar tarkibiga quyidagilar- 
ni kiritish mumkin:
• korxonaning tovarlar bozoridagi holati;
• korxonaning eksport va import aloqalari;
• korxonaning boshqa korxonalar bilan ishga doir aloqalarda aktivligi;
• bank organlari, debitor va kreditor korxonalar bilan aloqalar;
• respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narx-navo va moliya, 
bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.
Moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan tashqaridagi vaziyat, omillar, 
shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi, bundan ko‘rinadiki, moliyaviy mustahkamlikning 
darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusidagi faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib talabalar oldiga shunday muammoli 
savolni qo‘yish mumkin. Korxonaning moliyaviy mustahkamlik (barqarorlik)


ko‘rsatkichlarining darajasiga binoan, korxonadagi qanday muam- 
molarni yechish mumkin bo‘ladi? Bu savolga talabalarning munosabat qanday? 
Moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining yakuni 
bo‘lib, u o‘z navbatida, korxona faoliyatining ko‘p tomonlariga ta’sirini ko‘rsatadi. 
Moliyaviy mustahkamlik tahlilini boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish 
lozim. Bu moliyaviy mustahkamlik atamasining mazmuni haqidagi muammodir.
Ushbu muammoli savolni yechish maqsadida quyida iqtisodchi olimlarning fikrlari 
bilan tanishish lozim. Moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, 
moliyaviy 
mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan 
ko‘rsatkichlar tizimini chegaralab olish lozim. Bunga ko‘ra, V.G.Artemenko, 
M.V.Bellendirlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik korxona moliyaviy 
resurslarini shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligini ifodalaydi.
Ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsimlanish va 
foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati bo‘lsa, moliyaviy 
mustahkamligi korxonalar faoliyatini faqat bir shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi.
A.D.Sheremet, R.S.Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga 
qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik moliyaviy mustahkamlikning 
tashqari ko‘rinishini ifodalaydi deb ta’kidlanadi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar ham 
xuddi shu fikrga ega. Ular o‘z maqolalarida moliyaviy mustahkamlik 
koeffitsiyentining tahlili to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga qodirlik ko‘rsatkichini tahlil 
etganlar. Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil 
mazmunga ega bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda aniqlanadi. Undan 
tashqari A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni moliyaviy 
barqarorlik deb qabul qilishgan. Bu ham bizning fikrimizcha notug‘ri. Moliyaviy 
barqarorlik bu – korxonalarning moliyaviy holatini zaruriy bir xil darajada turishini, 
pasaymasligini ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida gap borar ekan, yana 
ikkita narsaga e’tibor berish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlikning kriteriyasi va 
moliyaviy mustahkamlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. A.N.Li va 
S.I.Shevchenkolarning fikricha, moliyaviy mustahkamlikning kriteriyasi aniqlanishi 
lozim va bu kriteriya sifatida korxonalarning bankrot bo‘lishi ehtimolligining past 
darajasi tavsiya etiladi. Bizningcha esa, avvalambor, moliyaviy mustahkamlikning 
darajasiga binoan korxonalarning bankrot bo‘lish ehtimolligi aniqlanil-maydi. 
Moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shu jumladan, moliyaviy mustahkamlik bo‘yicha ham 
kriteriyalar emas, optimal yoki me’yoriy darajalari tasdiqlanishi kerak. Iqtisodiy 
adabiyotlarda moliyaviy mustahkamlik darajasini o‘lchash uchun har xil ko‘rsatkich 
tizimlari tavsiya etiladi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni 
aniqlash uchun korxona kapitalining tarkibiy ko‘rsatkichlari, V.G.Artemenko va 
M.V.Bellendirlar esa moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda nisbiy ko‘rsatkichlar 
bilan birga absolut ko‘rsatkichlardan ham foydalanishgan.


Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar hamda 
ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi lozim. Zaxira va xarajatlar bilan 
ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi absolut farq esa – moliyaviy mustahkamlikni 
ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun axborot 
bazasi sifatida foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy 
mustahkamlikni tahlil qilishdagi eng asosiy muammo, uning iqtisodiy mazmuni 
bo‘yicha iqtisodchi olimlar o‘rtasida kelishuvchanlik hali mavjud emas ekan. 
Moliyaviy barqarorlik keng qamrovli ko‘rsatkich bo‘lib, korxona faoliyatining 
barcha tomonlari natijasi unda aks etadi. Moliyaviy barqarorlikka erishgan 
korxonalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
- bozor munosabatlarini har xil sharoitlarida ham faoliyat yurita olishi;
- korxona pul mablag‘larini erkin harakat qilishi;
- moliyaviy resurslarni bozor talablariga mos kelishi;
- moliyaviy resurslar holati ishlab chiqarishni rivojlantirish va to‘lov qobiliyati, 
kreditga layoqatligini ta’minlay olishi;
- ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlarini manbalar bilan qoplanishi.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda moliyaviy barqarorlikka taalluqli ko‘rsatkichlar, 
ularni hisoblash yo‘llari va tahlili yetarlicha yoritilmagan. Moliyaviy barqarorlik 
mazmun jihatidan turlicha ta’riflanadi. To‘lov qobiliyati, balans likvidligi, 
korxonani bozor faolligi ko‘rsatkichlari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari 
sifatida ko‘rilishi mutlaqo noto‘g‘ri. Tahlil davomida moliyaviy barqarorlikka ta’sir 
etuvchi ichki va tashqi omillarga e’tiborni qaratmoq lozim.
Ichki omillarga quyidagilarni kiritish mumkin.
- korxona faoliyatini tarmoq xususiyatiga mos kelishi;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmat tuzilishi (strukturasi);
- ustav kapitaliga to‘langan miqdor hajmi;
- xarajatlar miqdori, ularni daromadlarga nisbati dinamikasi;
- mol-mulk va moliyaviy resurslar holati, shu jumladan, zaxira va rezervlar, ular 
tarkibi va tuzilishi.
Tashqi omillarga xo‘jalikni yuritishning iqtisodiy shartlari, to‘lovga qodirlik, 
xaridorlarning daromadlik darajasi, davlatning soliq va kredit bo‘yicha siyosati, 
tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar kiradi. Umumiy barqarorlik chegarasini 
yuqori yoki past bo‘lishi turli xil sabablarga bog‘liq (-chizmaga qarang).


- «Barqarorlik zaxirasi» - bir necha yillar davomida shakllangan moliyaviy zaxiralar 
miqdori tasodifiy va keskin tashqi kutilmagan o‘zgarishlarni oldini olishga 
qaratilgan.
- texnik – iqtisodiy barqarorlik – investitsiya loyihalari samaradorligi, texnika bilan 
qurollanish darajasi, ishlab chiqarish, mehnat, boshqaruvni tashkillashtirish; pul 
oqimlarini harakati tufayli foydaga erishishni ifodalaydi.
- moliyaviy barqarorlik – daromadni xarajatlarga nisbatan va resurslar holatini 
yuqori bo‘lishi, pul mablag‘larining erkin harakatini ta’minlaydi, mablag‘lardan 
samarali foydalanish ishlab chiqarish uzluksizligi, uni kengaytirish va yangilanishi 
uchun zamin yaratadi.
Moliyaviy barqarorlik o‘z va chetdan jalb etilgan kapitallar nisbati, joriy, 
investitsiya va moliyaviy faoliyat tufayli o‘z kapitali 331 
jamg‘armasini o‘sish darajasi, harakatchan va immobilizatsiya qilingan resurslar 
nisbati, zaxiralarni o‘z mablag‘lari manbayi bilan ta’minlanishini ifodalaydi. 
Demak, moliyaviy barqarorlik moliyaviy resurslar holati birinchidan, bozor talabiga 
mos kelishi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlashi lozim.
- joriy – konkret (aniq) davr mobaynidagi moliyaviy barqarorlik;
- imkon – tashqi sharoit o‘zgarishini hisobga olgan holdagi moliyaviy barqarorlik;
- yuzaki – davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, chetdan beriladigan yordam 
tufayli moliyaviy barqarorlik;
- real – raqobat sharoitida kengaygan takror ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga 
olgan holdagi moliyaviy barqarorlik.
Professional so‘z boyligida «moliyaviy barqarorlik» terminini ishlatilishi bir xil 
ma’noni anglatmaydi.
Chet el iqtisodiy adabiyotlari va jahon amaliyotida «moliyaviy barqarorlik» so‘zini 
ifodalanishidagi farqlanish korxona balansi tahliliga ikki xildagi yondoshish, ya’ni 
balans likvidligini an’anaviy va zamonaviy funksional usullarini qo‘llash orqali 
yuzaga keladi.
Moliyaviy barqarorlikni balans likvidligi tahlilining an’anaviy usuli orqali aniqlash 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- minimal moliyaviy tenglik qoidasi – ijobiy likvidlikka asoslangan bo‘lib, bunda 
joriy aktivlar likvidligining o‘sishi majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi shart;


- maksimal qarzdorlik qoidasi – an’anaviy me’yorlarga muvofiq korxona qarzini o‘z 
mablag‘lari bilan qoplanish chegarasi: uzoq va o‘rta muddatli qarzlar doimiy 
kapitalning yarmidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
- maksimal moliyalashtirish qoidasi – oldingi qoidaga rioya qilin-332 
gan holda qarz kapitali barcha qo‘yilmalar uchun to‘lanadigan foiz summalaridan 
ortib ketmasligi lozim.
- Funksional balans likvidligini tahlili orqali moliyaviy barqarorlik quyidagi 
shartlarga rioya qilgan holda aniqlanadi:
- moliyaviy muvozanatni saqlanishi uchun stabil resurslar – doimiy kapital va unga 
tenglashtirilgan mablag‘lar stabil joylashtirilgan aktivlarni 100 % qoplashi lozim. 
Nisbatni 100 % dan past bo‘lishi stabil joylashgan mablag‘lar stabilga ega 
bo‘lmagan resurslar bilan, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlar shaklida 
moliyalashtirilganligini ifodalaydi. Oborot aktivlariga bo‘lgan talab qisqa muddatli 
moliyalashtirish tufayli hisobot davri mobaynida o‘zgarib turadi va bu o‘zgarishlar 
quyidagilarga olib keladi:
- oborot aktivlarini ortiqcha ta’minlanishiga, buning natijasida vaqtinchalik erkin 
harakatdagi oborot mablag‘lari vujudga keladi;
- oborot aktivlari bilan yetarli darajada ta’min etilmasligiga, buning natijasida 
chetdan qarz mablag‘larini jalb etilishiga;
- umumiy qarzdorlikni baholash – chetdan jalb etilgan qarz mablag‘lari o‘z 
mablag‘lariga nisbat ko‘rinishidagi ifodasidir.
Amaldagi iqtisodiy fan o‘z tasarrufida moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etishning 
ko‘plab usullari va uslublarini jamlagan.
Ular bozor munosabatlari sharoitida tahlil oldiga qo‘yilgan yangi talablar tufayli 
o‘zgarib boradi. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etishning usullari chizmada 
keltirilgan.
Korxona faoliyati murakkab tizim va tizilmalardan iborat bo‘lib, shu tufayli uning 
barqarorligini baholash kompleks tarzda yondoshgan holda moliyaviy barqarorlik 
ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish kerak.
Ko‘rsatkichlar ikki guruhga bo‘linadi: mutlaq, nisbiy.
Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlar ishtirokida aniqlash uchun ishlab 
chiqarish zaxiralarini uni tashkil etuvchi manbalari, ya’ni o‘z aylanma mablag‘lari, 
bankdan olingan uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit va qarzlar summalari bilan 


taqqoslanadi. Nisbiy ko‘rsatkichlar foiz, koeffitsiyent, indekslar ko‘rinishida 
ifodalanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida moliyaviy barqarorlik va to‘lovga 
qobiliyatlilik korxonaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Moliyaviy 
barqarorlik balansdagi ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Undagi ko‘rsatkichlarni bir-
biri bilan taqqoslab, mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat va o‘zaro bog‘lanish aniqlanadi. 
Korxonaning moliyaviy barqarorligini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlar 
quyidagilardan iboratdir:
1. Jami mablag‘dagi korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘ ulushini qanchaligini 
hisoblashdir yoki bu quyidagi tartibda topiladi:
a) korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘ jami mablag‘ (balans jami) 
Bunda o‘ziga qarashli mablag‘ qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik moliyaviy 
barqarorlik yuqori bo‘ladi.
2. Korxonadagi o‘ziga qarashli mablag‘ bilan qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi 
nisbat yoki bu quyidagi tartibda topiladi: b) qarzga olingan mablag‘
o‘ziga qarashli mablag‘ 
O‘ziga qarashli mablag‘ ulushi ortgan sari moliyaviy barqarorlik kuchayib boradi.
3. Uzoq muddatli qarzlardan foydalanish koeffitsiyenti, ya’ni uzoq muddatli qarz 
mablag‘larini korxonaning o‘ziga qarashli va qarz
mablag‘lar summasining yig‘indisiga bo‘linadi yoki bu quyidagi tartibda aniqlanadi 
:
d) uzoq muddatga olingan qarz mablag‘ korxonaning o‘ziga uzoq muddatga olingan
qarashli mablag‘ qarz mablag‘ 
4. Korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘larning chaqqon harakatchanlik 
koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:
e) o‘ziga qarashli aylanma mablag‘ o‘ziga qarashli jami mablag‘ 
5. Eskirishning jamlanish koeffitsiyenti yoki bu quyidagicha topiladi:
f) asosiy vositalarning eskirish summasi asosiy vositalar + nomaterial aktiv 
Bu ko‘rsatkich balans ma’lumotlari bo‘yicha topiladi:


6. Korxona mulki tarkibidagi asosiy vositalarning aniq qiymati koeffitsiyenti, bu 
ko‘rsatkich balans ma’lumotlari asosida hisoblanadi va quyidagicha topiladi:
j) asosiy vositalar (qoldiq bahoda) jami sof mulk 
7. Korxonadagi jami mulkning harakatchanligi (chaqqonlik) koeffitsiyenti, buni 
hisoblash quyidagicha bo‘ladi:
k) aylanma mablag‘lar (zaxira va pul mablag‘lari) jami mulk (balans jami) 
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish korxonaning moliyaviy 
barqarorligini aniqlash va uning ahvolini baholashga yordam beradi. 



Yüklə 136,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə