Mavzu: Moliyaviy qo'yilmalar hisobi reja kirish Asosiy qism Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo'yilmalarning ahamiyati



Yüklə 23,45 Kb.
tarix26.06.2022
ölçüsü23,45 Kb.
#90132
Buxgalteriya kurs ishi reja tayyor


Mavzu: Moliyaviy qo'yilmalar hisobi


R E J A

Kirish
Asosiy qism
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo'yilmalarning ahamiyati
2. Uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalar qo'yilmalar, ularni sotib olish va saqlab turishdan ko'riladigan natijalar hisobi
3. Uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalardan olingan daromadlar hisobi
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar ro`yhati
Moliyaviy qo’yilma - bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan

xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning

asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish, shuningdek, boshqa korxona va

tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.

Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga

qo’yilgan) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan) bo’ladi. Bundan tashqari

moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish

maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida

sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan aktsiya yoki obligatsiyalar qisqa

muddatli qo’yilmalarga kiradi.

Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan

aktsiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga

berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi

sub’ektning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari

olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar

sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini

tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.

Ular buxgalteriya hisobida 5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar" balans

hisobvarag’ining oborot mablag’lar sifatida quyidagi tarzda aks ettiriladi:

• obligatsiyalar, davlat va mahalliy qarz (zayom)lar, turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va

tadbirkorlarning shunga o’xshash qimmatli qog’ozlarini olishga oid qisqa muddatli

xarajatlar harakati va qoldiqlar;

• bankning depozit schyotlariga yoki o’zga xil ayni o’xshash qo’yilmalarga jalb qilingan pul

mablag’larining harakati va qoldiqlari;

• jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli pul va o’zga xil qarz(zaem)larning

harakati.

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan

ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid qo’yilmalar (investitsiyalar)dir. Ular buxgalteriya

hisobida 0600 - "uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar" balans hisobvarag’ida uzoq

muddatli aktivlar sifatida, quyidagilarni hisobga olgan holda aks ettiriladi:


• boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalariga va boshqa subektlarning, shu jumladan,

sho’ba subektlarning ustav kapitallariga oid uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi

va harakati;

• davlat va mahalliy qarz (zayom)lar obligatsiyalar, sertifikat va tijorat banklari, xo’jalik

yurituvchi subektlar va tadbirkorlik tuzilmalarining shunga o’xshash qimmatli

qog’ozlariga oid uzoq muddatli investitsiyalar;

• subektlarga, o’zga xil tadbirkorlik tuzilmalariga berilgan uzoq muddatli va boshqa qarz

(zayom)larga oid qarzlar harakati va qoldiqlari.


O’zbekiston Respublikasida bozor elementlarining rivojlanishi asosiy yo’nalishlar

bo’yicha belgilab olingan hamda shu yo’l bilan og’ishmay amalga oshirib borilmoqda.

Hozirgi kunda iqtisodiyotda foydalanilmayotgan aylanma mablag’larini aylanishga jalb

etish hamda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish davr talabi bo’lib hisoblanadi.

Bizning respublikamizda qimmatli qog’ozlarning rivojlanishi Vazirlar Mahkamasi

tomonidan chiqarilgan qarorlar va yo’riqnomalar hamda Markaziy bank tomonidan

chiqarilgan nizomlarda o’z aksini topgan. Qimmatli qog’ozlarni rivojlantirish uchun fond

birajalari tashkil topgan.

O’zbekistonda qimmatli qogozlar bozorining muhim bo’g’ini davlat qisqa muddatli

obligatsiyalari bozori hisoblanadi. uning yuzaga kelishini Vazirlar Mahkamasining 1996 yil

26 martdagi "O’zbekiston Respublikasida qisqa muddatli davlat obligatsiyalarini chiqarish

to’g’risida"gi qarori chiqishi bilan bog’liq deb hisoblash mumkin, shundan keyin uch oylik

zayom - qisqa muddatli obligatsiyalar muomalaga chiqarilgan edi.

Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari yuzaga kelishi bilan tijorat banklari uchun

mablag’larni qo’yish va daromad olishning qo’shimcha usuli, hukumat organlari uchun esa

davlat byudjeti kamomadini moliyalashning noinflyatsiyaviy usuli paydo bo’ldi.

Ta’kidlash lozimki, banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalariga ma’lum

cheklanishlar, masalan, bankning moliyaviy institutlardan tashqari xo’jalik yurituvchi

sub’ektlar ustav kapitalining 20 foizidan ortig’iga ega bo’lmaslik; bankning oldi-sotdi uchun

nodavlat qimmatli qog’ozlarga qo’yilmasi hajmi birinchi darajali bank regulyativ

kapitalining 25 foizidan oshmaslik shartlari qo’yilgan. Ushbu cheklanishlar banklarning

tavakkalchiligini kamaytirishga, bank aktivlarini diversifikatsiyalashga, moliyaviy va

likvidlik holati belgilangan me’yorlar doirasidan chiqib ketmasligiga, Yakuniy natijada esa

bank omonatchilari va kreditorlarining mol-mulkini himoya qilishga qaratilgan.

Hozirgi vaqtda banklar davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorining eng faol va eng

yirik qatnashchilaridir. Qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirish maqsadida tijorat banklari jalb qilgan mablag’larning 60 foizga yaqini davlat qisqa muddatli obligatsiyalariga,

qolgan qismi - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar aktsiyalari va obligatsiyalariga to’g’ri keladi.

Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq faoliyati tahlili shuni ko’rsatadiki,

amaldagi qonunchilikning ba’zi nomutanosibliklari mazkur bozor ishtirokchilarining

faolligini oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Masalan, "Toshkent" Respublika fond

birjasida "aktsiyalar kotirovkasi" etarli darajada shakllanmagan ayni vaqtda aktsiyalar

muomalaga nominal qiymati bo’yicha kiritilib, aktsiyalarga haq to’lash yilning turli

davrlarida amalga oshirilsada, dividendlar bir xil to’lanishi aktsiyalar uchun dastlabki

davrda haq to’lagan aktsiyadorlarning huquqlariga zid kelish muammosini yuzaga

chiqarmoqda. Aktsiyalar muomalaga kiritilish vaqtida yillik dividend to’lashning taxminiy

hisobidan kelib chiqqan holda, emitent tomonidan aktsiya nominal qiymatiga "qo’shimcha

qiymat" bilan hisoblangan narxda sotilishi "o’z aktsiyalari narxini kotirovkalash" deb

hisoblanadi. Qonunchilik talablariga muvofiq narxlarni emitentlarning o’zlari

kotirovkalashiga yo’l qo’yilmaydi.

Hukumatimiz tomonidan qimmatli qog’ozlar egalariga doir qo’yilayotgan imtiyozlar

investorlarning ushbu bozorga bo’lgan qiziqishini oshirmoqda. Xususan, 2001 yilning 22

iyunida qabul qilingan "Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining

mas’uliyatini oshirishga doyr qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Qarorga muvofiq

aholining omonat (depozit) sertifikatlardan olingan daromadlari soliqdan ozod etilishi faqat

banklar tomonidan emissiya qilinadigan qimmatli qog’oz- depozit sertifikatlarning

muomalada ko’payishiga ijobiy ta’sir etdi.

2001 yilda tijorat banklarining 2,5 mlrd. so’mlik omonat (depozit) sertifikatlari davlat

ro’yxatiga olindi. Omonat (depozit) sertifikatlari bo’yicha daromadlilik darajasi muomalada

mu’dati va sotib olinadigan qiymatidan kelib chiqib, yillik 84 foizgacha belgilangan.

Omonat kassa sertifikatlari - bu qimmatli qog’ozning shunday bir turiki, u egasiga

omonat kassaga saqlash yoki foydalanish uchun vaqtincha pul qo’yish huquqini beradi.

Belgilangan muddat o’tgandan keyin qog’oz egasi pulni hamda puldan foydalanganligi

uchun ma’lum miqdorda foiz oladi.

Qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladi va muomalaga

qo’yiladi. Muomalaga qo’yilishda iqtisodiyotning to’lov qobiliyati hamda ularning faoliyati

bo’yicha o’rganilib naqd shakldagi qimmatli qog’ozlarga va naqdsiz shakldagi qimmatli

qog’ozlarga bo’linadi. Hozirgi kunda bizda asosan naqdsiz shakldagi qimmatli qog’ozlar

rivojlanmoqda.

Qimmatli qog’ozlar bozoriga oid atamalar lug’atida sertifikatlarga quyidagicha ta’rif

berilgan:

Depozit sertifikatlari - bu pul mablag’lari omonatga qo’yilganligi to’g’risidagi,

omonatchi yoki uning huquqiy vorisining belgilangan muddat tugaganidan keyin omonat summasini va unga tegishli foizlarni olishga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi bank-emitent

guvohnomasidir.

Sertifikatlarning ikki turi mavjud: 1) xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun; 2) aholi uchun.

Jamg’arma banki aholi o’rtasida sotish uchun sertifikatlar chiqaradi; maxsus va tijorat

banklari esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun sertifikatlar chiqarish huquqiga ega.

Tijorat banklari veksellar bozori, depozit bozori va jamg’arma sertifikatlarini

shakllantirish 1994 yil oxiri 1995 yil boshida ularni chiqarish va muomalada bo’lishini

tartibga solishga doyr hujjatlar tuplami qabul qilinishi bilan amalga oshirila boshladi.

1995-1996 yillarda tijorat banklari va yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida

veksel shov-shuvi ko’zatildi. Respublikada veksel muomalasini tartibga soluvchi me’yoriy

va qonuniy hujjatlar tuplami qabul qilingan edi.

Muntazam noto’lovlar sharoitida xo’jalik sub’ektlari ularga o’tish davrida ko’pgina

qiyinchiliklardan ko’tilishi vositasi sifatida qaradilar. Lekin veksel muomalasi shov-shuv

bosqichidan o’tib, asta-sekin so’na boshladi. Bu birmuncha darajada veksel kreditlarining

qaytarilmaganligi, ularning aniq belgilangan maqsadsiz ishlatilishi va boshqa

suiste’molliklar bilan bog’liq bo’ldi. Veksel muomalasini davlat tomonidan tartibga solish

jarayoni, me’yoriy-huquqiy bazada moslashuvchan o’zgarishlar qilish vositasiga binoan

kechmoqda.

O’tish davri iqtisodiyoti sharoitida bir qancha holatlarga ko’ra, qimmatli qog’ozlarning

ko’pgina istiqbolli imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mumkin. Xususan, O’zbekiston

Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda tasdiqlangan ""Veksellar

chiqarish va ularning muomalada bo’lishi qoidalari" ga o’zgarishlar va qo’shimchalar"da

veksellardan xo’jalik oborotida foydalanish cheklanadi. Shunday qilib tijorat banklari

tomonidan veksel kreditlari berilishi vaqtincha to’xtatilgan, veksellarni trast boshqaruviga

berish ham ta’qiqlab qo’yilgan. Katta ishonchlilik va kafotlanish maqsadida har qanday

xo’jalik yurituvchi sub’ektning vekseli bank tomonidan kafolatlangan bo’lishi, ya’ni

avallashtirilishi lozim. Avalni majburiy tarzda rasmiylashtirish O’zbekiston Respublikasi

Markaziy bankining "Tijorat banklari tomonidan veksel kafolatnomasini rasmiylashtirish

tartibi" to’g’risida 1997 yil 29 martdagi xati bilan amalga kiritilgan. Tijorat banklari uchun

bu qo’shimcha tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Veksellar 12 ta tijorat banklari tomonidan

chiqarilgan, biroq yuqorida ko’rsatilgan sabablarga ko’ra, veksellarni chiqarish to’xtatilgan.

Aktsiya - aktsionerlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan

hissa qo’shganidan guvohlik beruvchi, aktsiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi

ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va qoida tariqasida ushbu jamiyatni

boshqarishda qatnashishi huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli

qog’ozdir.
Aktsiya aktsionerlik jamiyatlari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilotlar, tijorat

banklari va kooperativlar tomonidan muomalaga chiqariladi. Aktsiya o’z egasiga xo’jalik

yurituvchi sub’ekt oladigan foydaning bir qismini dividend tariqasida olish huquqini beradi.

Aktsiyalarning quyidagi turlari chiqariladi:

• mehnat jamoalarining aktsiyalari;

• aktsiyador jamiyatlarning aktsiyalari;

• korxona aktsiyalari.

Mehnat jamoalarining aktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt, birlashma, kooperativlar,

ijara asosida ishlaydigan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlar tomonidan

chiqarilib, shu mehnat jamoalari a’zolarigagina sotiladi.

Aktsionerlik jamiyatlarning aktsiyalari shu jamiyat a’zolari o’rtasida tarqatiladi. Bu

aktsiya egalarining boshqa aktsiya egalaridan farqi shundaki, aktsionerlik jamiyati tarqatib

yuboriladigan bo’lsa, uning mol-mulki jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlanadi. Aktsionerlik

jamiyatida aktsiyalar chiqarish uning ustav fondi miqdorida amalga oshiriladi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot,

kooperativlardan tashqari, tijorat banklari, xo’jalik jamiyatlari va ittifoqlari, xo’jalik

assotsiyatsiyalari tomonidan chiqariladi. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsiyalari boshqa

xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlar, ixtiyoriy tarzda to’zilgan jamiyatlar, banklar

hamda kooperativlarga tarqatiladi.

Aktsiyani uning egasi meros qilib hohlagan odamiga qoldirishi yoki taqdim etishi

mumkin. Aktsiya shaxsiy mulk hisoblanadi. Aktsiyani garov vositasi sifatida ishlatish

mumkin. Aktsiyani hohlagan paytda o’z qiymati yoki o’z qiymatidan yuqori narxda sotish

mumkin. Aktsiyaning bu xususiyatlarini yaxshi bilgan rivojlangan xorijiy mamlakatlar

aholisining ko’pchiligi undan unumli foydalanmoqdalar va qo’shimcha daromad

olmoqdalar. Ular qo’llariga naqd pul tushsa, qo’shimcha daromad manbai bo’lgan qimmatli

qog’ozlarni sotib oladilar.

O’zbekiston Respublikasida aktsiyani turi bo’yicha chiqarish to’zilmasida oddiy

aktsiyalar ko’pchilik qismini tashkil etadi. Imtiyozli aktsiyalarni chiqarish soni ham, hajmi

ham kam. Biroq ular barqaror daromad olinishini ta’minlagani tufayli, jismoniy shaxslar

e’tiborini ko’proq jalb etadi. Imtiyozli aktsiyalarni chiqarishdagi qiyinchiliklar ham

obligatsiyalarni chiqarishga bog’liq sabablarga o’xshashdir.

Qimmatli qog’ozlar bozori bizning iqtisodiyotimizda kundan-kunga rivojlanib

bormoqda. U qarzdor yoki qarz beruvchining majburiyatlari sifatida ifodalanadigan, ularga

berilgan muayyan shakldagi - qimmatli qog’ozlar deb ataladigan hujjatlar bilan

tasdiqlanadigan mulkiy munosabatlarni nazarda tutadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi bozorida 4 xildagi qimmatli qog’ozlar

mavjud:

Davlatning 12 foizli ichki zayomi (1992-1994 yillarda emissiya qilingan) yoki

davlatning xazina majburiyatlari.

Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari.

Tijorat banklarining depozit sertifikatlari.

Aktsiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan xususiylashtirilgan Davlat korxonalarining

aktsiyalari.

Davlatning xazina majburiyati - bu qimmatli qog’ozlarning shunday bir turiki, u ushbu

qog’oz egasiga ma’lum summadagi pul mablag’ini byudjetga topshirish va buning evaziga

ma’lum summada daromad olishni ta’minlaydi. Davlat xazina majburiyatlari 3 xil bo’ladi:

• uzoq muddatli xazina majburiyatlari;

• o’rta muddatli xazina majburiyatlari;

• qisqa muddatli xazina majburiyatlari.

Uzoq muddatli xazina majburiyatlari davlat tomonidan 5 yildan 25 yilgacha muddatga

chiqariladi. uzoq muddatli xazina majburiyatlarini sotish qiymatini belgilash tartibi Moliya

vazirligi tomonidan belgilanadi.

Xazina majburiyati bo’yicha daromad to’lash qog’oz sotib olingandan keyin bir yil

o’tgandan so’ng amalga oshira boshlanadi, bunda majburiyatni qaytarish ma’lum miqdorda

foiz to’lash bilan amalga oshiriladi.

O’rta muddatli xazina majburiyatlari 1 yildan 5 yilgacha muddatda, qisqa muddatli

xazina majburiyatlari esa 3, 6, 12 oy muddatga chiqariladi. Bu qimmatli qog’ozlarning kesib

olinadigan bo’lagi (auktsion) bo’lmaydi.

Obligatsiya - bu qimmatli qog’ozlarning bir turi bo’lib, o’z egasiga belgilangan ma’lum

muddatda uning qiymatini qaytarib olish huquqini beradi. Qiymati qaytarilishi bilan birga

belgilangan miqdorda foiz ham to’lanadi. Obligatsiyaning hamma turlari xo’jalik yurituvchi

sub’ekt va aholi o’rtasida ixtiyoriy ravishda tarqatiladi.

Qimmatli qog’ozlar bozoriga oid atamalar lug’atida obligatsiyaga quyidagicha ta’rif

berilgan:

Obligatsiya - uning egasi pul mablag’lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli

qog’ozlarning belgilangan qiymatini ularda ko’rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz

to’langan holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o’zgacha qoidalar nazarda

to’tilmagan bo’lsa, doblat majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Obligatsiyaning quyidagi turlari chiqariladi:

• ichki davlat zayom obligatsiyalari;

• xo’jalik yurituvchi sub’ekt obligatsiyalari.

Obligatsiyalarning hamma turlari pul ko’rinishida to’lanadi, ayrim hollardagina chet el

valyutasi ko’rinishida to’lanishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar obligatsiyalarni

xo’jalik yurituvchi sub’ekt mablag’i, jismoniy shaxslar (fuqarolar) esa o’z shaxsiy

mablag’lari hisobidan sotib oladilar. Davlat zayom obligatsiyalarini sotishdan olingan

mablag’ respublika byudjetiga hamda mahalliy byudjetlarga o’tkaziladi.

Zayom obligatsiyalar banklar tomonidan tarqatiladi. Obligatsiyalar bo’yicha daromad

auktsion, ya’ni qimmatli qog’ozlarning kesib olinadigan bo’lagi yoki zayom qiymati

qaytarilayotgan vaqtda qiymatiga nisbatan ma’lum miqdorda foiz hisoblash yo’li bilan

to’lanadi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular

faoliyatini tartibga solish departamentining ma’lumotlariga qaraganda, ko’pgina tijorat

banklari bugungi kunda aktsiyadorlik banklaridir. Bank aktsiyadori iqtisodiyotning u yoki

bu sohasidagi bozor talabi va taklifi tebranishlaridan ma’lum darajada kafolatlangan bo’ladi.

Chunki, bank o’zi mablag’ qo’yayotgan tarmoqlarning ahvolini ko’zatib boradi va imkoni

boricha o’z portfelini diversifikatsiya qiladi. Uzoq muddatli maqsadlarni amalga oshirish

uchun investitsiyalarni yirik va o’rta tijorat banklari aktsiyalariga qo’yish ko’proq samara

beradi.O’zbekistonda bugungi kunda Paxtabank va Sanoatqurilishbank kabi yirik

banklarning aktsiyalari eng ko’p ommalashgandir. Hozirgi vaqtda ular ishining

samaradorligi birmuncha yuqoridir. Davlat muassasalaridan to’zilgan banklarning

ko’pchiligi ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlar hisoblanadi. Bu hol ularga bo’lgan

ishonch darajasini oshiradi, ularga o’z mablag’i va jalb etilgan mablag’lari hajmini doimiy

ravishda oshirib borishga, faol kredit siyosatini amalga oshirishga imkon beradi.

Qimmatli qog’ozlar muomalasi deganda ularni sotish yoki xarid qilish, shuningdek,

qonunchilikda nazarda to’tilgan qimmatli qog’ozlar egasining almashuviga olib keluvchi

boshqa harakatlar tushuniladi.

Qimmatli qog’ozlar dastlabki va ikkilamchi bozorlarda muomalada bo’ladi.

Dastlabki bozor - bu qimmatli qog’ozlarni birinchi va qayta emissiyalari bozori bo’lib,

unda sarmoyadorlar o’rtasida qimmatli qog’ozlarni dastlabki joylashtirilishi amalga

oshiriladi.

Dastlabki bozorning eng muhim vazifasi sarmoyadorlarga pul mablag’larini xarajatlash

uchun qimmatli qog’ozning turini asosli ravishda tanlashga imkoniyat yaratuvchi

axborotlarni to’liq ravishda ochib berishdan iboratdir.
Ikkilamchi bozor deganda, ilgari dastlabki bozorda joylashtirilgan qimmatli qog’ozlarni

muomalada bo’lishi tushuniladi.

Ikkilamchi bozorning asosiy vazifasi qimmatli qog’ozlarning sotuvchilarini va

xaridorlarini bir-biri bilan uchrashtirish hamda kapitalni samarali faoliyat doirasiga erkin va

tez qo’yilishini ta’minlashdan iboratdir.

Qimmatli qog’ozlar birja va nobirja (ko’cha) bozorlarida muomalada bo’ladilar.

Birja bozori fond birjasi tushunchasini o’z ichiga oladi. Fond birjasi - bu maxsus

uyushgan bozor bo’lib, unda eng sifatli qimmatli qog’ozlar muomalada bo’ladi va qimmatli

qog’ozlar bilan amallarni mazkur birjada qimmatli qog’ozlar bozorning professional

qatnashchilari amalga oshiradi.

Nobirja bozori esa fond birjasidan tashqarida yuzaga keladigan qimmatli qog’ozlar

bilan amallar qilishni o’z ichiga oladi.

Bozorning rivojlanishi xozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zlarida

aktsiyalarni chiqarishi va aktsiya bozorining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shishdan

iboratdir. Aktsiya chiqarish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalidagi

mablag’larning holati bo’yicha aktsiya chiqarish huquqiga egadir. Aktsiyalarni sotishda

xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlar fond birjalariga murojaat qilishsa maqsadga

muvofiq bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil qilishda asosiy rolni banklar orqali nazorat qilish

maqsadga muvofiqdir. Bunday nazorat turining rivojlanishi natijasida rivojlangan

mamlakatlar tajribalarida ijobiy natijalarga erishilgan. Hozirgi kompyuterlashtiriligan

davrda internet tizimi orqali jahonning rivojlangan mamlakatlarida qimmatli qog’ozlarning

rivojlanib borishi asosiy ko’zga tashlanib turibdi.

Qimmatli qog’ozlarni bizning respublikamizda muomalaga chiqarish hozirgi kunda

Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Amaliyot o’tash jarayoni shuni ko’rsatdiki,

hozirgi paytda respublikamizda ayrim yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitob

muammolari vujudga kelmoqda. Buni oldini olishda bizning fikrimizcha Markaziy bank

bilan Moliya vazirligi kelishilgan holda moliyaviy jixatdan barqaror bo’lgan xo’jalik

yurituvchi sub’ektlarga mustaqil ravishda muomalaga to’lov vositasi sifatida qimmatli

qog’ozlarni chiqarish zarur.

Moliyaviy investitsiyalarning tahliliy (tafsiliy) hisobi qimmatli qog’ozlar turlari va

investitsiya ob’ektlari (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, xo’jalik

yurituvchi sub’ekt ishtirokchisi bo’lgan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, qarz oluvchi

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va hokazo) bo’yicha yuritiladi. Moliyaviy investitsiyalarga oid

xarajatlarni 0600 - "Uzoq muddatli investitsiyalar", 5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar"

schyotlari debeti bo’yicha pul mablag’lari va investitsiyalar sifatida berilgan boshqa molmulklarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada aks ettirish lozim.


Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni sotib olish va saqlab turishdan

ko’rilgan moliyaviy natijalar (daromadlar va xarajatlar) hisobi

Moliyaviy natijalar tarkibiga quyidagilar ko’rinishidagi moliyaviy investitsiyalarga oid

daromad/xarajat kiritiladi:

• uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo’yicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara

to’lovlari;

• joriy moliyaviy investitsiyalarning sotilishidan olingan daromad va ko’rilgan zararlar;

• qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning xarid qiymati va bozor yuzasidan eng kami

bo’yicha aks ettirilishi uchun zarur bo’lgan bozor qiymatigacha pasaytirilishi va qaytadan

qiymatning o’zgartirilishi;

• balans qiymatining pasaytirilishi, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining

vaqtinchalik pasaytirilishi va bu kabi pasaytirishlar qaytadan o’zgartirilishi hollari bundan

mustasno;
Moliyaviy hisobotlarda quyidagilar ochib berilishi kerak:

• moliyaviy investitsiyalarning balans qiymatini aniqlashlar uchun;

• bozor bahosi bo’yicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar

bozor bahosidagi o’zgarishlar talqini uchun;

• qayta baholangan moliyaviy investitsiyalarning sotilishi chog’ida (daromadning) qayta

baholash qiymatidan ortib ketishlar talqini uchun;

• quyidagilar bo’yicha daromad tarkibiga kiritilgan kattagina summalar;

• uzoq muddatli va qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarga oid foizlar, royalti,

dividendlar va ijara to’lovlari;

• qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotish chog’ida mavjud daromadlar va zararlar;

• bu kabi moliyaviy investitsiyalar qiymatiga oid o’zgarishlar bo’yicha;

• sotilayotgan investitsiyalarning bozor bahosi, agar ular bozor bahosi bo’yicha to’lanmagan

bo’lsa;

• ko’chmas mulkka oid moliyaviy investitsiyalarning joriy qiymati, agar ular uzoq muddatli

investitsiyalar sifatida hisobga olingan va joriy qiymat bo’yicha hisobga olinmagan bo’lsa;

• moliyaviy investitsiyalarni sotishga yoki ularning sotilishi yuzasidan daromad olinishiga

oid kattagina cheklashlar;

• qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymat asosida aks ettirilgan uzoq muddatli

investitsiyalar bo’yicha;

• qayta baholashlarning o’tkazilishi davriyligi;

• so’nggi qayta baholashlar sanasi;

• qayta baholash asosi;

• qayta baholashdan (narxning kamaytirilishi yoki qo’shimcha baholashlar) olingan natija;

• asosiy faoliyati bo’lib moliyaviy investitsiyalarga egalik qilish hisoblangan subektlar



investitsiya portfelining tahlili.
Yüklə 23,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə