Mavzu Mtda o’qitish texnologiyasi va loyihalashtirish o’quv fani sifatida Reja



Yüklə 24,05 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü24,05 Kb.
#131043
  1   2
2-loyiha amaliy


  1. Mavzu Mtda o’qitish texnologiyasi va loyihalashtirish o’quv fani sifatida

Reja:
1. Oʻzbekistonda pedagogik jarayonning kelib chiqish tarixi
2. MTT larda pedagogik jarayonni loyihalashning bola shaxsini rivojlantirish hamda ta'lim tarbiyada tutgan o'rni.
3. MTTlarda pedagogik jarayonni loyihalashda amalga oshiriladigan ishlar mazmuni
O’zbekistonda talim tizimini rivojlantirish istiqbolini belgilab beruvchi “Talim to’g’risida”gi qonunda uzluksiz taʼlim tizimi oldiga umumiy hamda mutaxassislik madaniyatini yuksak, ijodiy va ijtimoiy jihatdan faol, jamiyat hayotida sodir bo’layotgan voqealarni tahlil eta oladigan, istiqbolli masalalarni hal etish qobiliyatiga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash vazifalarini qo’yadi.Mamlakatimizda innovtsiyalarni hayotga tadbiq etish jarayonida o’qituvchining yosh avlodga talim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Bizga malumki, barcha davrlarda ham o’qitish mazmuni, talim tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan o’zaro muvofiqlikda rivojlanib kelgan. Ro’y bergan ijtimoiy o’zgarishlarning barchasi muayyan darajada talim mazmunida o’z aksini topadi. Buni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida ro’y bergan o’zgarishlarning o’qitish jarayoniga tatbiqi misolida ham ko’rish mumkin Bugungi kunda talim tashkilotlarida asrlar davomida insoniyat tomonidan asoslangan ilmiy bilimlardan yosh avlodni xabardor etish maqsadida tizimli, izchil, uzluksiz va, albatta, maqsadga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib boriladi. XX asrda texnika va texnologiya sohalarining jadal rivojlanishi esa ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy o’zgarishlar, ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlarini talim mazmuniga singdirishda peshqadamlikka erishildi. Agarda pedagogik jarayonida o’tgan asrning 30-yillarida pedagogik texnika sifatida usul va vositalar qo’llanilgan bo’lsa, 50-yillarda pedagogik jarayonini texnik vositalar yordamida tashkil etish, 60-yillarda esa o’qitish ishlarini dasturlash ananasi shakllandi.Jamiyatda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi bilan bog’liq ravishda ishlab chiqarish jarayonida faoliyat yuritayotgan, shuningdek, oliy talim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarda nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita, samarali tatbiq eta olish qobiliyatini rivojlantirishga bo’lgan ehtiyoj shakllandi.
Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs – komil insonlar vujudga keladi.Maktabgacha taʼlim sohasini yanada rivojlantrishdan ko’zlagan maqsadlarga erishishi talim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, tarbiyachiga ham bog’liqdir. O’z davrining rolini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash tarbiyachilarning bosh vazifasidir. Tarbiyachiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kuzatishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subektiv tayyorligi muayyan tarbiyachining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz zarur. Tarbiyachining bosh vazifasi: bolalarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim talimiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.
Aynan talim tizimi uchun o’quv dasturiy hujjatlashtirishning yangicha mazmunini yangicha samarali pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zlashtirgan, chuqur bilimlarga ega bo’lgan va har tomonlama rivojlangan pedagogik kadrlar zarurdir.
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir.
Pedagogik jarayonni loyihalashda:
pedagogik jarayon mazmunini tahlil qilish;
natijalarni oldindan ko‘ra bilish;
rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi
Bu bosqichda tarbiyachining mustaqil, shu bilan birga tahsil oluvchi bilan hamkorlikda o‘quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati etakchi o‘rin tutadi. Demak, Pedagogik jarayonni loyihalash-loyiha mazmun faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir.
Loyihalar predmet va uning yo‘nalishiga ko‘ra bir­biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma­ket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo‘yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko‘ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo‘ladi. Tashxis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi.
Loyiha-(lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g’oya, ma’lumotning maʼnosini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo‘llarini belgilab beruvchi fikrlar majmuyi hisoblanadi. Loyiha (design - dizayn ) – ba’zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo’yicha hujjatlar yig’indisi.

Yüklə 24,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə