Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida musiqiy-ritimik harakatlarda tovush kayfiyati haqidagi tassurotlarni shakllantirish



Yüklə 36,91 Kb.
səhifə1/5
tarix11.10.2023
ölçüsü36,91 Kb.
#127048
  1   2   3   4   5
musiqiy-ritimik harakatlarda tovush kayfiyati haqidagi tassurotlarni shakllantirish


Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida musiqiy-ritimik harakatlarda tovush kayfiyati haqidagi tassurotlarni shakllantirish

  1. Musiqiy-ritimik faoliyatlariga ta’rif.

  2. Musiqiy-ritimik faoliyatlarini vazifasi.

  3. Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish metodikasi.

  4. Musiqiy-ritimik faoliyatlarida musiqiy qobiliyatni o‘rni.

O‘quvchilarning har tomonlama musiqiy rivojida musiqiy-ritmik harakatlar boshqa faoliyat turlari kabi muhim ahamiyatga ega. Ularda musiqiylik, ijodiylik qobiliyatlari rivojlanadi, jamoa bo‘lib harakat qilish malakalari shakllanadi. Musiqaga mos harakat bajarishning tarbiyaviy ahamiyati – ritm hissi faollashadi, musiqiy qo‘llanmaning o‘zlashtirishi chuqurlashadi. Harakatlar bajarish musiqiy ko‘rinish rivojini kuzatishga yordam beradi. Musiqani diqqat bilan tinglab o‘z hissiyotlarini harakatlarda ifodalash imkoniyati o‘quvchining o‘z harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ham ta’sir etadi.


Musiqiy-ritmik harakatlar jamoaviy faoliyatlardan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yurish, yugurish va sakrashda harakat koordinatsiyalari juda yaxshi. Musiqa sadolari ostida o‘zlari maroq bilan qarsak chaladilar, oyoqlari bilan to‘pillatadilar, turli buyumlar bilan, xususan, koptok, tayoqchalar, lentalar, sun’iy gullar, oddiy musiqa asboblari bilan ifodali harakatlar bajaradilar. Musiqa va harakat birligini xis qilish ularga xosdir. Bu sifat esa - bolalar musiqiy-ritmik harakat faoliyatida musiqiy ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy hisoblanadi. Vaqtning chegaralanganligi va maxsus xonaning yo‘qligi sababli musiqa darslarida harakatlarni bajarish o‘rinsizdir, balki ular ayrim raqs qismlarini o‘tirgan yoki turgan holda bajaradilar. Musiqiy-ritmik harakatlar ham boshqa faoliyat turlari kabi o‘quvchilarda har tomonlama musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, jumladan musiqani xis qilish qobiliyatini, ijodiy qobiliyatlarni va jamoa bo‘lib harakat bajarish malakalari shakllandi.
Musiqa ostida harakatlar bajarish bolalarda ritm xissini faollashtiradi. Bu esa darsning musiqiy qo‘llanmaini yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yordam berishi tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Harakatlar yordamida o‘quvchilar asarning mazmun xususiyatlarini ko‘rsata oladilar. Musiqiy-ritmik harakat - faoliyat asosida musiqiy qo‘llanmani moterplastik qayta ishlashdir. U musiqaning emotsional ta’sirini kuchaytiradi. Bularning hammasini musiqa, uning mazmuni, qayfiyati bilan harakatning uyg‘unlashtiruvchi ko‘nikma va malakalarni singdirilishi oqibatida yuz beradi va maqsadga erishiladi. Ritmik harakatlar yordamida musiqa shakllari, musiqiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi taassurotlar mutahkamlanadi. Harakat mazmuni va yo‘nalishini o‘zgartirish orqaligina erishish mumkin.
Musiqiy pesalar, qo‘shiqlarni sahnalashtirish ifodali harakatlar orqali nafaqat musiqiy-eshituv taassurotlari rivojlanadi, balki ijrochilik qobiliyatlari, badiiy didlari shakllandi. Agarda ularga mustaqil harakat uylab topish vazifasi yuklatilsa, ular musiqaning ko‘rinishiga, mazmuniga mos o‘zlari harakat o‘ylab topadilar va bajaradilar. Odatda, sahnalashtiruvchi raqslarga dasturli musiqa tanlab olinadi, Chunki, uning mazmuni va harakatlarning ketma-ketligi ayon bo‘ladi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda mos harakatlarni topadilar. Bajarish vaqtida o‘qituvchi bolalarga yordam beradi, yangi harakatlarni to‘g‘ri va ifodali bajarish kerakligini tushuntiradi, ko‘rsatib beradi. Harakatlarni o‘rgatish jarayonida kirish so‘zi, tushuntirish, she’riy matndan foydalaniladi. Harakatlarning yorqin taqqoslanishi o‘quvchilarni ushbu harakatlarni to‘g‘ri va ifodali bajarishlariga yordam beradi. Musiqa ostida harakatlarni takomillashtirish paytida texnik vositalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Bu esa o‘quvchilarni o‘ziga tanish bo‘lgan kuylarni yangicha yangrashi bilan tanishishlari, o‘qituvchiga esa harakatlarni aniq bajarishini ta’minlash imkonini beradi.
Musiqa va harakat uyg‘o‘nligi insonning ma’naviy va jismoniy rivojini o‘zaro bog‘laydi, barkamollikka yo‘naltiradi deb aytish mumkin. Musiqa va harakatning o‘zaro bog‘likligi masalalari ko‘p marotaba psixologiya, pedagogika, fiziologiya, musiqashunoslikda ko‘rib chiqilgan. Organizmning umumiy funksional faoliyatiga musiqaning ijobiy ta’sirini I.Sechenov, B.Teplovlar isbotlab berishgan. Musiqiy-ritmik tarbiya tizimini rivojlantirish masalalari bilan N.Aleksandrova, M.Rumer, Ye.Konorova, N.Vetlugina, M.Palavandishvili kabilar shug‘ullanib kelganlar. Shu o‘rinda XX asrning boshlarida ko‘p mamlakatlarda shveysariyalik musiqachi, pedagog E.Dalkroz tomonidan asos solingan ritmik tarbiya tizimining keng tarqalganini aytish joiz. E.Jak Dalkroz metodi - maxsus tanlab olingan mashqlar asosida bolalarda musiqiy eshituv, xotira, diqqat, ritm tuyg‘usi, plastik ifodali harakatlarni rivojlantirishga asoslangan. Musiqiy-ritmik harakat faoliyati o‘zaro bog‘langan uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi. Musiqiy rivojlantirishni ta’minlaydi, ya’ni musiqiy
eshituvni o‘stirish, harakatni musiqaga moslash ko‘nikmalarini shakllantirish, musiqiy bilimlarning o‘zlashtirishi, musiqa eshituvning rivojlantirishni ta’minlaydi, harakatni musiqaga buysundira olish malakasini shakllantiradi, musiqiy bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Ikkinchi yo‘nalish to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarini hosil qiladi: yurish marshona, shaxdam, tetik, xotirjam, sportcha, tantanavor, keskin prujina yurish; qadam tashlash, ya’ni baland, oyoq uchida, keng, yumshoq, prujinali, xorovodli; sakrashlar, ya’ni yengil, harakatchan; aylanishlar, qo‘l harakatlari, ya’ni mayin, ohista, harakatchan; chapaklar, ya’ni sekin, qattiq, past, baland, qo‘l siltab, bir-biriga yaqin ushlab turib, sirg‘aluvchi «likopchalar», kaftlarni yaqin tutgan holda sirpanma harakatlar; raqs qismlari, ya’ni o‘zbek xalq raqslaridan «oyna», «arkon», «elka uchirish», «koptokni yuqoriga ot», chapak va yon tomonga qo‘l harakati, ball, polka, golop, valsga o‘xshash raqs qismlari; oyoq uchida aylanish, prujinali qadam bilan sakrashning uyg‘unligi; qo‘l harakatlari, ya’ni mayin, keskin; turli holatlarda turish va o‘zgartirish; buyumlar bilan harakat bajarish, ya’ni koptok, lentalar, bayroqchalar bilan harakatni o‘z ichiga oladi.
Uchinchi yo‘nalish o‘quvchilarda tana harakatlarini boshqarish ko‘nik- malarini shakllantirishga qaratilgan, bular aniq va tez to‘xtash, harakatni o‘zgartirish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarni e’tiborga olgan holda o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rayotganida tanlayotgan asari mavzu jihatdan, harakatlanish malakasi dars mavzusiga mos bo‘lishi, aniq musiqiy-eshituv taassurotlarni, musiqiy bilimlarni chuqurlashtiradigan va mutahkamlaydigan, ijrochilik malakalarini rivojlantiruvchi bo‘lishi zarur. Dars boshida va o‘rta qismida qanday harakatlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lishi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar tomonidan harakatning sifatli va aniq bajarilishi musiqiy ko‘rinishning tushunishlari hamda o‘qituvchining asarni ifodali ijrosiga bog‘liqdir. O‘qituvchi o‘quv qo‘llanmani yoddan bilishi kerak. Harakat paytida u o‘quvchilarni kuzatishi, ko‘rishi va xatolarini to‘zatishi zarur. O‘quvchi barcha harakatlarni avval o‘zi ko‘rsatib berishi zarur, ayniqsa 1-2 sinflarga. Chunki, birgina tushuntirish bilangina kerakli natijaga erishib bo‘lmaydi. Harakatlarni ko‘rsatish musiqaga bo‘lgan emotsional javob qaytarishni kuchaytiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘qituvchi musiqiy qo‘llanmani dars mavzusiga mos holda tanlaydi. Mavzu, harakat ko‘nikmalari aniq musiqiy eshitish vositasidagi tasavvurini masalan, tembr yoki registr misolida, musiqiy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. O‘quvchilar tomonidan bajariladigan harakatlar sifati tinglangan musiqiy asarning idroki darajasi hamda o‘qituvchining ifodali ijrosiga bog‘liq Ijro qilinayotgan asarni o‘qituvchi yoddan chalishi kerak, Chunki, harakatlar bajarilishi vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarni kuzatib turishi, xatolarini tuzatishi lozim. Hamma harakatlarni, avval, o‘qituvchi ko‘rsatib beradi, ayniqsa, 1-2 sinflarda. Faqatgina og‘zaki tushuntirish bilan ijobiy natijalarga erishish qiyin. Harakatlarni ko‘rsatib berish o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan xissiy munosabatni faolashtiradi.
O‘qituvchi barcha harakatlarni o‘rgatish jarayonida ifodali so‘z, tushun-tirish, she’riy matndan foydalanish maqsadga muvofiq. Harakatlarni tushuntirishda yorqin taqqoslashlar o‘quvchilarga harakatlarni to‘g‘ri va ifodali bajarishga yordam beradi. Masalan, "Mening jajji toychog‘im" so‘zlari bolalarga tez, yengil, harakatchan, baland qadam tashlash va sakrama harakatlarining ifodaviyligini anglashda yordam beradi. Bu esa M.Otajonovning «Toychoq» pesasi mazmunini, o‘ndagi musiqiy ko‘rinishning rivojlanishi xususiyatlari, asarning shaklini xis etish va ongli tushunish imkonini beradi. Musiqaga harakatlar bajarishda o‘qituvning texnik vositalaridan keng foydalanish lozim. Bu o‘quvchilarni ularga tanish bo‘lgan asarni yangi talqinda, jaranglashda ko‘rsatib berish, o‘qituvchiga o‘quvchilar bajarayotgan harakatlarning sifatini kuzatish, lozim bo‘lgan joylarda o‘zgartirishlar kiritishga imkon yaratadi.

Yüklə 36,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə