Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi reja



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə3/8
tarix04.01.2023
ölçüsü44,54 Kb.
#98172
1   2   3   4   5   6   7   8
. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi

IQTISODIY HAYOT. Respublika iqtisodiyotining boshqa sohalarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. 1996 yili 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 17ta ko’tara savdo bozori hamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog’iston bo’limiga qarashli, 19ta supermarket do’konlari, faoliyat ko’rsatdi. 1997 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda, xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 330 mln. so’mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga, 50 foizi esa tadbirkorlarni qo’llab - quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi.
2019 yili Nukus shahrida “Nukus siti” majmuasi uchun yer maydoni ajratildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi, “Do’stlik” kanalining qirg’og’idagi “Nukus Siti” da hozirgi kunda 16 - 20 qavatli uylarni ko’rish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o’z samaralarini bera boshladi.Respublikada 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi. Jumladan, 1993 yil «Nukus kabel’» korxonasi ishga tushirilishi bilan kabel’ sanoati vujudga keldi.1993 yilda Qo’ng’irot un zavodi, 1995 yilda Xo’jayli shahrida shisha idishlari zavodi, 1996 yilda Qo’ng’irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasi, 1997 yilda «To’rtko’l don» un kombinati, «Nukusun» zavodida spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» to’qimachilik, 1995 yilda Ellikqala tumanida «Elteks» to’qimachilik korxonalari foydalanishga topshirildi. Nukus va Qo’ng’irot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 mln shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqala tumanida esa shunday quvvatga ega bo’lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kaltsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurila boshlandi va ishga tushirildi. 2003 yili Xo’jayli shahrida soatiga 1150 dona shisha yog’ ishlab chiqaradigan qo’shma korxona sexi, 2017 yil avgustda Nukus shahrida “Nukuselektroapparat”qo’shma korxonasi foydalanishga topshirildi. 60 ta ish o’rniga ega bo’lgan “Nukuselektroapparat” qo’shma korxonasida 8-10 kVt quvvatiga ega bo’lgan transformator podstantsiyalari ishlab chiqarilmoqda. Bunday podstantsiyalar yurtimiz shahar va qishloqlari uchun suv va havodek zarur. 2018 yil 19 dekabrda Qorauzak tumanida qiymati 37-38 mln. AQSH dollariga teng, 200.000 tonna sement ishlab chiqaradigan “Titan sement” zavodi qurilib ishga tushirildi.
2011 yilga qadar kredit sarmoyasi asosida 48 ta qo’shma korxona ro’yxatdan o’tdi. Respublikada 2006 yilda 17402 ta, 2011 yilda 20.000 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko’rsatdi. Agar 2008 yilda kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun 37,7 mlrd so’m kredit mablag’lari ajratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2010 yilda 106 mlrd so’mga yetdi.
1992 - 1996 yillarda Tuyamo’yin suv omboridan aholi punktlariga 2 ming 885 km suv quvuri tarmog’i olib kelindi. Respublika aholisini elektr energiyasi bilan 100 foiz, gaz bilan ta’minlash - 95 foizni, markazlashgan ichimlik suvi bilan taminlash 70,9 foizni (2017 yil) tashkil qildi.
Jahon andozalari darajasida bunyod etilayotgan O’zbekiston milliy avtomagistrali - “G’uzor – Buxoro – Nukus - Beyneu” yo’lining Qoraqalpog’iston Respublikasidan o’tuvchi 132 kmlik qismida bugungi kunda rekonstruktsiya ishlari olib borilib, 2011 yilda avtomagistral qurilishida 193 mlrd. so’mlik ishlar bajarildi. Bunday yirik avtotrassaning bunyod etilishi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining yanada yuksalishiga eksport va import imkoniyatlarining ortishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
2019 yili “Miskin – Nukus - Beynau” poyezdining qatnovi yo’lga qo’yildi.

Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə