Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi reja



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə5/8
tarix04.01.2023
ölçüsü44,54 Kb.
#98172
1   2   3   4   5   6   7   8
. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi

Tibbiyot tizimi.Respublika aholisiga 44 ta shifoxona muassasalari, 242 ta ambulotoriya -poliklinika muassasalari, shu jumladan 184 ta qishloq vrachlik punktlari, 16 ta SHTB, TTB lari, 17 ta DSNM va boshqa muassasalar tomonidan tibbiy - profilaktika yordami ko’rsatilib, ushbu muassasalar tarkibida 3620 ta vrach, 15944 ta o’rta tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.(2018 y)
Ushbu muassasalarda doimiy davolash o’rinlar soni 8790 tani tashkil etib, 2009 yilga nisbatan (8790 o’rin) o’zgarish ro’y bermadi. Aholining doimiy davolash o’rinlari bilan 10 ming aholiga ta’minoti 53,3 ni tashkil etadi (2009 yilda 53,8). 2010 yil davomida shifoxonalar doimiy davolash o’rinlarida 269412 ta bemor davolanib, ularning salomatligi tiklandi. Bu ko’rsatkich 2009 yilga nisbatan shifoxona muassasalari doimiy davolash o’rinlarining samara bilan ishlashi natijasida davolangan bemorlar soni 3,8% ga ko’paydi (10037 taga). Statsionar muassasalarni 2011 yilda optimallashtirish rejasi bo’yicha shu jumladan, silga qarshi muassasalar sonini 16 tadan 7 taga, binolar sonini 136 tadan 66 taga, o’rinlar sonini 1425 tadan 1075 taga kamaytirishga va 4 ta hududda Respublika tumanlararo silga qarshi shifoxonalar tashkil qilish taklif qilinmoqda.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi onalar o’limi soni kamaydi. 1996 yilda onalar o’limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 martaga, chaqaloqlar o’limi esa 1.8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug’ishgacha bo’lgan davolanishdan o’tkazildi. Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi. Tibbiy xizmat tarmog’ini moliyalashtirishda davlat mablag’lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xo’jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika» va «Tib ta’minoti» dorixona muassasalari to’la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi.
2010 yil 14 ta tumanlardagi 841237 ta qishloq aholisiga birlamchi tibbiy sanitariya yordam (BTSYO) ko’rsatuvchi 184 ta qishloq vrachlik punktlariga o’rtacha 13817 (10011) so’mdan, jami 11 mlrd. 623 mln. 545 ming so’m (2009 yilda 8 mlrd. 195 mln. 546 ming 300 so’m) mablag’ sarflandi
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Boysun-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Parkent -farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo’nalishida 2018-2019 yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirildi.



Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə