Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi reja



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə7/8
tarix04.01.2023
ölçüsü44,54 Kb.
#98172
1   2   3   4   5   6   7   8
. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi

MA’NAVIY QADRIYATLAR. Mustaqillikdan so’ng, birinchi masala milliy madaniyatni tiklash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada qoralpoq dostonlari va ertaklari to’planib hozirda uning 100 jildli turkum variantlari kitobxonlar qo’liga tegdi. “Edigey” dostonining 16, “Qoblan”ning 9, “Maspatsha”ning 4,”Ersho’ra”ning ham variantlari, Bundan tashqari “Guliston,” ”Omonboy botir,” ”Bo’z yigit,” ”Bozarman,” ”Qurbonbek botir,” ”Izzat qiz,” ”Ilimxon,” “Hotamtoy,” “Salimxon,” “Ramuz shoh,” “Aydosbiy,” “YUsup mergan,” ”O’tash botir,” ”Qorabek” kabi avval nashr etilmagan dostonlar ham ushbu turkumga kiritildi.
1991 - 1996 yillarda Nukus shahrining 60 yilligi, 2003 yil 12 sentyabrda Prezident Islom Karimov «Jayhun sohilidagi gavhar» deb nomlangan mavzuda Nukus shahrining 70 yilligida nutq so’zladi. 1993 yili To’rtko’l shahrining 120 yilligi, 1995 yil 31 martda Ajiniyoz Qasiboy o’g’lining 170 yilligi keng nishonlandi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida arxeologik yodgorliklar o’lkaning qadimiy madaniyatidan darak beradi. Arxeologik topilmalar orasida Qo’yqirilgan qal’a ibodatxona – observatoriyasi (Mil. avv. IV asr va mil. IV asr), Tuproqqal’a ibodatxona majmuasi (mil. II - III asr), Xo’jayli shahri yaqinidagi Mizdakxon xarobasi (XIII - XIV asrlar), Qavatqal’a (mil. avv. IV asr), O’rinboy qal’a, Beruniy tumanidagi Gavr qal’a (mil. IV asr) ayniqsa mashhurdir.
Madaniyat. Qoraqalpoq zaminidan yetishib chiqqan iste’dodlar O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Suluvxon Mambetova (1933 yil 1 yanvarda tug’ilgan), Muyassar Razzoqova, Eleonora Qutlipo’latova, Anifa Ortiqova, Ziyoda SHaripova, Jenisbek Piyazov (O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan artist) lardir. Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marotaba 1996 yilda «Oyjamol» nomli qorakalpok baleti saxnalashtirildi. 1996 yil «O’zbekiston - Vatanim manim» qo’shiq tanlovida Roza Kutekeeva «Mustaqillik gullari» qo’shig’i bilan 2-chi o’rinni oldi. A.Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun tanlovida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashdi. 2011 yilga kelib Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqa teatri, Sapar Xo’janiyozov nomidagi yosh tomoshabinlar teatri, Respublika qo’g’irchoq teatri, “Ayqulash yulduzlari”, “Amu to’lqini” singari ijodiy jamoalar qoraqalpoq xalqining manaviyatini boyitishga xizmat qilib kelmoqda.
Xalq ertakchilari (jirovlari) va qo’shiqchi sozchilari (baxshilar)ning an’anaviy musiqa san’ati hozirgi kunda ham har tomonlama rivojlanmoqda. Esemurot Jirov, Amet Tariqov va boshqa shu kabi xalq ertakchilari o’z san’atlarini zo’r mahorat bilan namoyish qilishmoqda. SHu bilan bir qatorda SH. SHomuradov, A.Xalimov, A.Sultanov, K.Turduqulov, A.Xayriddinov, Muhammeddinov, K. Abdullayev, J.Jismuradov, A.Saparov, T.Omonniyozov, S.Polvonov va boshqa bir necha zamonaviy kompozitorlar va musiqachilar yetishib chiqdi. Ular musiqali dramaga musiqa yozib bermoqdalar. Qo’shiqlar, xorlar, kantatalar, simfonik poemalar, syujetlar, rabsadiyalar, uvertyuralar va shu kabilarni yaratmoqdalar. Qardosh respublikalarning kompozitorlari G. Komanets, V.SHafrennikov, A.Petrosyan, M.Burxonov, A. Kozlovskiy va shu kabilar Qoraqalpoq musiqasini rivojlantirishga katta yordam berdilar. I.Sovetskiy, K. Soyipov, K.Berdimurodov, A.Erimbetov, R.Motivasyan, F.Matgazin, J.Bekanov kabi rassomlarJ.Qutlimurodov, E.Matkarimov, D.Turaniyozov kabi haykaltaroshlar va suratkashlarning asarlarini ko’pchilik taniydilar. Ularning san’ati tobora rivojlanmoqda (masalan, Saidnazar va Bekturxon va boshqalarning mohir qo’li bilan yaratilgan dutorlar juda mashhur).
Qorakalpog’iston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og’ir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshkalar bo’yicha mamlakat musobakalarida faol ishtirok etib kelmokdalar. Qorakalpog’istonda 14 ta stadion, 467 ta sport zali, 3159 ta sport maydonchasi, 3 ta suzish havzasi, tennis kortlari va boshka sport inshootlari ishlab turibdi (2005 y. ma’l).
Birinchi og’ir atletika bo’yicha jahon kubogi sovrindori Bavurmon Kozdayev, Muaytay - boks bo’yicha besh marta jahon chempioni YOrkin Kugiboyev, milliy kurash buyicha jahon chempioni Bahrom yermatov, Osiyo chempioni Baxtiyor Nurillayev, Olimpiada o’yinlari bo’yicha kumush medali sovrindori Sergey Sirtsov, 12 - Osiyo o’yinlarida boks bo’yicha Alisher Avazboyev, futbol bo’yicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish bo’yicha Baxtiyor Davletyarovlar faxrli o’rinlarni egallab kelmokdalar.
Respublikada “Vesti Karakalpakstana” (1919 yil iyunidan), «Erkin Qaraqalpaqstan» (1924 yildan), “Karakalpakstan jaslarы” (1931 yildan), “Amudaryo (1932 yil), “Vestnik” (1960 yil), “Aral kыzlari” (1991 yil), “Ilim xem jemiyet” (1991 yil), 1992 yil 25 iyuldan chikadigan “Amu tongi” (gazeta), Qoraqalpog’iston xabarlari», “Bilim xem ondiris”, “Jipek jolы” (1999 yil), “Karakalpakstan” (2002 yil), ”Saniyat” (2003 yil),”Ekogomika xem bank” (2003 yil), Qoraqalpog’iston YOzuvchilar uyushmasining yangi nashri - “Karakalpak adabiyatы”(2011 yil yanvaridan boshlab) gazetalari, «Amudaryo» jurnali va boshqalar nashr etilib turibdi.2019 yili Qonliko’l tumanida “YOshlar markazi” foydalanishga topshirildi
Qoraqalpog’iston televideniyesi dastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida ko’rsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilar edi. Xozirgi kunda esa ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari teleko’rsatuvlar olib borilmoqda. 2019 yili Nukus shahrida zamonaviy kino - kontsert zali foydalanishga topshirildi.
Orol fojiasi.O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov 1993-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 1995-yil oktabrdagi 50-sessiyalarida so’zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini Markaziy Osiyo mintaqasidagi yekologik halokat bo’lgan Orol va Orolbo’yini qutqarishda ko’mak berishga chaqirdi. Mazkur global muammoni BMT shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko’magisiz amalga oshirish mumkin yemasligiga BMTning ye’tiborini qaratdi. 1993-yilda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ta’sisligida Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi (OQXJ) tashkil yetildi. 2010-yil «O’rta Osiyoning transchegaraviy yekologik muammolari: ularni hal yetishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo’llash» mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiyada birinchi prezidentimiz Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda adolat tamoyiliga rioya yetish zarurligi, aks holda mintaqaning yeko olamiga ulkan fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma’lum qildi. 2013-yilda Orolbo’yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini tashkil yetish, sho’rsizlantiradigan qurilmaga yega suv chiqarish inshootlarini qurish, himoya o’rmonini tashkil yetish kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga mablag’lar ajratish rejasi tasdiqlangan. 2013-yilda O’zbekiston Respublikasi va OQXJ-ning o’sha paytdagi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida «Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo’yi yekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi» ilgari surildi. Global miqyosda va mintaqamizda yekologik vaziyatning tobora yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Ma’lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining umumiy boyligi va hayot manbayi bo’lib kelgan. Aynan ushbu daryolarning quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv bilan ta’minlagan.
Hukumatning Orolbo’yi muammolari to’g’risidagi tashabbuslari mintaqadagi qo’shni mamlakatlardagi xalqlar tomonidan ham qo’llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo’yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammosini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o’z samarasini berishiga qat’iy ishonch bildirmoqdalar. Hududda aholining turmush farovonligini yuksaltirishga alohida etibor qaratilayotganligi bois, O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2009 yil 3 avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy - joy qurilishi ko’lamini kengaytirishga oid qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga ko’ra bugungi kunda Orolbo’yida 400 dan oshiq xonadonlarda yangi zamonaviy uy - joylar qurib berilib hovli to’ylari o’tkazildi 2011 yilgi ma’lumot).
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning «2017 – 2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida» 2017 yil 18 yanvardagi PQ–2731-sonli qarorini bajarish yuzasidan hamda Orolbo’yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yo’naltirilgan loyihalar, tadbir va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori bilan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi va unga 200 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi. Ana shu mablag’lar hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda.2019 yili Nukusda “Orol bo’yi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” mavzusidagi xalqaro anjuman o’tkazildi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi taraqqiyoli
XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini O'zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibi-dagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi-iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi o'rtasida do'stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o'zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini bosib o'tishdi.
i Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi-qiy og'a-inichilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgi-laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o'zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel-di. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil-lat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Madaniy va ma'naviy ravnaq, san'at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo'jaligi va sanoat ish-lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o'zbek xalqining beg'araz yordami, og'alarcha ko'magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo'shnichilik singari yuksak insoniy fa-zilatlar asrlar sinovidan o'tib, og'ir kunlarda eng ishonchli qurol bo'lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma'muriy-buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug' og'a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlib» bu makon xalqlarining muno-sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir necha o'n yilliklar mobaynida to'planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o'z an'analaridan unum-li foydalanish yo'lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib tur-ganligini ochiq-oydin ko'rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo-siy o'zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do'stlik va.qardoshlik munosabatlari bunga asos bo'ldi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug' og'a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, itti-foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog'istondan bo'lmagan, uning xalqi hayoli bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
Qoraqalpog'iston jamoatchiligining O'zbekiston tarkibida dav-lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo'lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi o'zining IV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suve-reniteti to'g'risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara-tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda o'zining huquqiy maqomiga ega bo'ldi. Unda Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlit-ligi va mustaqilligi to'la e'tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito-monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko'rsatib berildi. Har ikki respublika o'rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi-yasida (70-75-moddalar) o'z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat'iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo'ldi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O'zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o'z taraqqiyoli tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo'ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari-ga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i, 1993-yil 9-aprelda bo'lib o'tgan XII sessiyasida Davlat tamg'asi, 1993-yil 4-dekabrda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan ibo-rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parla-ment Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataladi. Jo'qarg'i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo'qarg'i Kenges Ra-isi, uning o'rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo'mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo'mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi rasmiyatchilik va to'rachilik illatlariga barham berish alohida ta'kidlandi. Jo'qarg'i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o'tmish sarqiti hisoblan-gan sho'rolar davridagi «O1iy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko'rsatib o'tildi.
Jo'qarg'i Kenges qo'mitalari faoliyati o'z maqomiga va o'z ol-diga qo'ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalarning aksariyati ishlab chiqarishga doir muam-molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug'ullanish, har bir qo'mita o'z sohasi bo'yicha qonunlar tizimini yaratish lozim.
Qonunchilik hokimiyati-Jo'qarg'i Kenges o'z vazifasi, Ijro hokimiyati-Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o'z maqomi doirasida ish olib bormog'i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog'iston davlat-chiligi shakllanish davri bo'ldi. Ayni paytda bu o'lkada hozirgi zamon davlatchiligi ilg'or tajribalari asosida, O'zbekiston davlatining ko'magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har to-monlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chuqurlashmoqda.
2. Mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.
O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amal-ga oshirishda ko'p millatli Qoraqalpog'iston xalqining, ana shu mo'tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.
Shu bois mamlakat hukumati bu masalada Qoraqalpog'iston Respublikasini har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqdaki, 1996-yili ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so'm mablag' ajratildi. Bu Qoraqalpog'iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qilardi. Bundan tashqari, Qoraqalpog'istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdo-ri 1994-yilga nisbatan 18 barobar ko'paydi.
2006-yilga kelib O'zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog'istonga berilayotgan subvensiya, ya'ni moliyaviy yordam miqdo-ri yana ham ko'paydi yoki butun Qoraqalpog'iston budjeti xarajatla-rining 75 foizini tashkil etmoqda. O'zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoyi mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog'istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo'lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo'la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. 2006-yilga kelib sanoat, qishloq xo'jaligi va savdoda bu ko'rsatkich 90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo'nalishlarida ham modernizatsiyalash jarayoni tobora chuqurlashmoqda.
Qoraqalpog'istonda 1996-yili 51 ta ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta ulgurji savdo do'konlari va omborlar, 17 ta ko'tara savdo bozor hamda O'zbekiston tovar xomashyo birja-si Qoraqalpog'iston bo'limi 19 ta supermarket do'konlari faoliyat ko'rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo'lgan ma'lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag'laming umumiy hajmi 330 million so'mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mulkini xususiy-lashtirish qo'mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so'm kredit ajratdi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda respublika fond birjalari filiallarida 191,6 million so'mlik aksi-yalar sotildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxo-nalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o'z samaralarini bera boshladi.
Qoraqalpog'istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qa-torida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosa-batlariga o'tish ro'y berdi. Qishloq xo'jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiy otining yetakchi tarmog'i bo'lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga ko'ra respublikada 263 ta qishloq xo'jalik korxonasi faoliyat ko'rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sab-zavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog'dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go'sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako'l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o'zgardi. Agar 1991-yilda g'alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug'doy 1,9) tashkil etgan bo'lsa, 1996-yilning oxirida bu 35,8 foizga u etdi (bug'doy maydonlari 8,3 foiz). Shu davr mobay-nida bug'doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya'ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko'paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo'jaliklarning hissasi tobora ko'paydi.
Tashqi savdo oborotida importning salmog'i 1996-yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995-yildagiga nisbatan 3,4 marta ko'paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste'mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi.
Uzoq g'arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo'lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug'doy, mashina va jihozlar, agre-gatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi. Xususan, 2006-yilda Qoraqalpog'istonning yalpi hududiy mahsuloti avvalgi yildagiga nisbatan 106,3 foiz o'sdi.
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlani-shiga e'tibor kuchaydi. 1991-1996-yillarda Qoraqalpog'iston Res-publikasida ma'lum demografik o'zgarishlar ro'y berdi. Tug'ilish (ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug'ilishning kamayishi o'z o'rnida respublika aholisining o'sish darajasiga ta'sir etdi. Jumladan, O'zbekistonning viloyatlar ichida aholi o'sishi eng past bo'lgan Toshkent viloyati (23,4) pasa-yib ketdi (18,6). Demografik o'zgarishning asosiy sabablaridan biri tug'ilishning kamayishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog'liqdir. 1991-1996-yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko'chib ketgan. 1997-yil 1-yanvar holati bo'yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini, shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996-yilda aholining o'rtacha yillik o'sishi 1,36 foizga teng bo'ldi.
Ishsizlar soni har yili o'zgarib turibdi, 1996-yil oxirida ular 4,2 ming kishiga yetdi. 1996-yilda 16 ming ishchi o'rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 ming’ia. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash imkonini berdi.
1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so'mni, xarajatlar esa 6300 so'mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko'paydi.
Daromadlarning ko'payishi iste'mol bozoridagi vaziyatni jon-lantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlar-da 5 ming 36 so'mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga o'sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga ko'payib jon boshiga 679 va 108 so'mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat ko'rsatish hajmi O'zbekiston Respublikasi ko'rsatkichidan 2,2 marta kam bo'ldi.
1996-yilda aholiga 7,2 milliard so'mlik iste'mol mollari so-tilgan. Bu amaldagi narxlarda 1995-yildagiga nisbatan 2,1 marta ko'p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 million so'mlikka ko'paydi. Tovar oborot hajmida davlat sekto-rining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o'sib bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste'mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi.
Ishchi va xizmatchilarning o'rtacha ish haqi izchil o'sib bordi. 1996-yilda u 1409 so'mdan 2761,1 so'mga yetdi yoki 1,96 marta ko'paydi.
Qoraqalpog'iston xalqi I.Karimovning BMT minbaridan tu-rib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig'ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo'yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda I.Karimov tashabbusi bilan Nukusda o'tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo'ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan bin-Nu-kus Deklaratsiyasi boiib, unda butun dunyo jamoatchiligi e'tibori Orol muammosiga qaratildi.
Aholini ish bilan ta'minlash, ularning foydali mehnat bilan shug'ullanishi borasida qator chora-tadbirlar majmui amalga oshi-rildi. Natijada quyidagi yutuqlarga erishildi: 2002-yilda 22000 ta, 2003-yilda 21000 ta, 2004-yilda ham 21000 ta, 2005-yilda 23000 taga yaqin, 2006-yilda 22000 ta, jami 109000 ta ish joyi tashkil etildi. Shulardan 79000 taga yaqini qishloq joylarida faoliyat ko'rsatmoqda. Ishlab chiqarishning kasanachilik usuliga ham katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, ayni paytda o'lkada 650 ta xonadonda aholi kasanachilik bilan shug'ullanmoqda.
Respublika aholisining o'rtacha oylik ish haqi 2002-yildagi 17,5 ming so'mdan 2006-yilga kelib 96 ming 300 so'mga yetdi. O'qituvchilar maoshi ham keskin oshdi. Bu sohada 2008-yil yakunlariga ko'ra ko'rsatkich qariyb 2 baravarga yetdi.
3. Xalq ta’limi fan va madaniyat.
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari, udum va an'analari olamga mashhurdir.
Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko'p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Ernazar Olako'z, Ollayor Do'stnazarov singari xalq qahramonlarining-jasoratli, o't yurakli Qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.
Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to'la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug'lanishiga yo'l ochib berdi.
Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To'lepbergen Qaipbergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi qoraqalpoq yozuvchi va shoirlari-ning asarlari xalqlarimiz ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi.
Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O'zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo'shdilar.
Bugungi kunda respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg'onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o'ynamoqda.
Respublikada yangi tipdagi o'rta umumta'lim muassasalari-litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o'qitiladigan maktablar tez rivojlanmoqda. 1996-yil oxirida respublikada 743 ta umumta'lim maktabi faoliyat ko'rsatdi, shu jumladan, ayrim fanlarni chuqurlashtirilgan holda o'qitiladigan maktablar 1991-yilda 31 ta bo'lgan bo'lsa, 1996-yilda 169 taga yetdi, litsey va gimnaziyalar 19 taga yetdi. O'tgan yilning o'zida o'quvchilar soni 1743 nafarga ko'paydi.
Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida traktorchi-mashinistlar tayyorlash chegaralanib, o'rniga turli mintaqalar uchun zarur bo'lgan kadrlar tayyorlashga e'tibor kuchaytirildi. Milliy hu-narmandchilikni rivojlantirishga, gilam to'qish, keramik buyumlar tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi.
Respublikadagi 22 ta o'rta maxsus o'quv yurtlarida, shu jumladan, kunduzgi bo'limda 11,8 ming o'quvchi ta'lim olmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limlarida 9 ming nafar talaba o'qimoqda. Universitetda qishloq xo'jaligi va tibbiyot ixtisosligi bo'yicha fakultetlar ham mavjud.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri qiyinchiliklariga qaramay respublika hukumati xalq ta'limi moddiy-texnika bazasini mustah-kamlash chora-tadbirlarini ko'rmoqda. Keyingi 6 yilda 42 ming 778 o'rinli maktab, 6 ming 660 o'rinli bog'cha, 6 ming 840 o'rinli kasb-hunar kollejlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Birgina 1996-yilning o'zida esa 3126 o'rinli maktab qurib ishga tushirildi.
1991-1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya-sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo'limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo'lgan bo'lsa, yana ik-kita institut qo'shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio-ekologiya institutlari ham shu bo'lim tarkibiga kirdi. Botanika bog'i bo'linmasiga esa bo'lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka-demiyasi tarkibiga O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlar-ga tabiiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo'jaligi va madaniyatni yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiri-tishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda to'rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug'ati»ni yaratishdagi xiz-matlari uchun fanlar akademiyasi bo'limining 4 nafar ilmiy xodimla-ri (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, A.To'raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda O'zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichi-lik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda SANIIRIning bo'limi faoliyat ko'rsatmoqda. Respublika oliy o'quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko'magida katta miqdor-dagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikadagi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 30 foizi O'zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. Ilgari fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylangan Ch.A. Abdi-rov, S.K. Kamolov, A.B. Baxiyevlar qatoriga 1994-2000-yillarda T. Yeshanov, A. Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Qutti-muratov) O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akade-mikligiga saylandilar.
Respublikada yuqori malakali kadrlar o'sishida ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komis-siyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo'yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qi-luvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi bioekologiya instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo'yi ekologiyasi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. 1995-yilda Mo'ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stan-siyasi ochildi.
Mustaqil O'zbekiston va Qoraqalpog'istonning dolzarb masa-lalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o'rin egallay-di. O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi To'lepbergan Qa-ipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo'shildi. Saginbay Ibro-himov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O'zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir.
Xalq ta'limi, fan, madaniyat ravnaqini ta'minlash Qoraqalpog'iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim vazifalar-dan hisoblanadi. 2007-yildagi ma'lumotlarga ko'ra, o'lkada 761 ta umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatmoqda. Eng zamonaviy o'quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-hunar kollejlari, 7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan shug'ullanmoqda.
San'at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e'tibor bilan qaralmoqda. Ayni paytda Respublikada 3 ta teatr, 4 ta konsert muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Muzeylar ekspo-natlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda.
Ular soni 2002-yilda 78 ming’ia bo'lgan bo'lsa, 2006-yilga kelib 82 ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyot milliy madaniyatining mu-him bo'g'ini sifatida rivojlanmoqda.
2002-2007-yillar mobaynida ikki atoqli qoraqalpoq adiblari-To'lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupovlarga milliy mada-niyatning rivojlanishidagi g'oyatda katta xizmatlari uchun davlati-mizning oliy mukofoti-«O`zbekiston qahramoni» unvoni berildi. Bir qator san'atkorlarga «O`zbekiston xalq artisti», «O`zbekiston xalq rassomi», «O`zbekiston san'at arbobi» unvonlari berildi.
Ayni paytda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi o'lkada fan taraqqiyotining asosiy tayanchi vazi-fasini bajarmoqda. 2002-yilda 3 ta oliy o'quv yurti ishlagan bo'lsa, 2007-yilga kelib ular soni yana ikkitaga ko'payib, jami 5 taga yetdi. Ularda zamonaviy kadrlar tayyorlash, o'quv-pedagogik ishlar bilan birga fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan keng miqyosli ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.
1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog'iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog'istonda Toshkent madaniyati kunlari o'tkazildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodimlari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli qoraqalpoq baleti (N.Muhammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalash-tirildi. 1996-yilda O'zbekiston Mustaqilligining 5 yilligi oldidan o'tkazilgan «O`zbekiston-Vatanim manim» qo'shiq-tanlovida yosh qo'shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo'shig'i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun konkursida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o'rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog'iston san'atkorlari Mustaqillik yillari-da erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi.

Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə