Mavzu: Obraz poetikasi


“muallif xarakteristikasi”



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə16/21
tarix15.01.2022
ölçüsü93,5 Kb.
#82882
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
6-ma\'ruza.Obraz poetikasi

Obrazga bevosita yozuvchi tomonidan berilgan ta’rif “muallif xarakteristikasi” deb yuritiladi. Muallif xarakteristikasida obrazning fe’l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar umumiy tarzda ayon qilinadi. Odatda, muallif xarakteristikasi asarning boshlanishida yoxud konkret obraz asar voqeligiga kirib kelgan o‘rinlarda beriladi. Muallif xarakteristikasi o‘quvchida personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib, uning keyingi xatti-harakatlari, gap-so‘zlarini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, “Kecha ” romanida yayrab-o‘ynab turgan qizchalar ustiga Razzoq so‘fi kirib keladi-da, dag‘daga soladi: “Nima bu qiyomat!” Muallif syujeti harakatini shu joyda to‘xtalib, Razzoq so‘figa ta’rifga o‘tadi. Ta’rif anchagina uzun va tafsilli bo‘lganidan, muallif urg‘u bergan bitta nuqtasini ko‘rib o‘tish bilan kifoyalanamiz: “Yoz faslida ko‘proq kunduzi uxlaydi, kechalari tong otguncha o‘zi yolg‘iz baland ovoz bilan “Oblohu” aytib o‘z oilasi va qo‘ni-qo‘shnini uxlatmaydi. Uyda bo‘lsa uni xonaqo singari salqin qildirib, undan keyin cho‘ziladi va peshindan keyin uyquga ketgan bo‘lsa, shomga borib zo‘rg‘a turadi: shunda ham Qurbonbibining qichqirishlari bilan... Namozgar aksari uyquga qurbon bo‘ladi...” Ko‘ryapmizki, birinchidan, so‘fida riyo bor, ya’ni uning ibtidosi xolis Alloh uchun emas, - xo‘jako‘rsinga. Ikkinchidan, u – nafsining quli, huzur-halovati yo‘lida asr namozidan kechib qo‘yaveradi. Xullas, oti so‘fi bo‘lgani bilan e’tiqodida juda sust, sobit ham emas. Bundan ko‘rinadiki, muallif xarakteristikasi umumiy tarzda zikr qilingan xususiyat asar davomida personaj xatti-harakati, gap-so‘zlari orqali konkretlashtirilar ekan.


Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə