Mavzu: Obraz poetikasi


Personajning so‘zi bilan chizilgan tashqi qiyofasi – portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portret – personajning o‘quvchi ko‘z oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga ko‘m



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə17/21
tarix15.01.2022
ölçüsü93,5 Kb.
#82882
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
6-ma\'ruza.Obraz poetikasi

Personajning so‘zi bilan chizilgan tashqi qiyofasi – portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portret – personajning o‘quvchi ko‘z oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga ko‘maklashadi.

Portret – vosita, demak, uning qanday bo‘lishi ko‘proq muallif niyati, yozuvchining o‘ziga xos tasvir uslubi, personajning asarda tutgan mavqeyi bilan bog‘liq. Deylik, A. Qodiriy o‘quvchisini qutidor xonadoniga qo‘lidan tutib olib kiradi-da, ko‘rsatib tanishtiradi go‘yo: “... Ichidan atlas ko‘ylak, ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu xotin qutidorning rafiqasi – Oftob oyim...” e’tibor berilsa, bunda portret chizgilari umumiy tarzda (“go‘zal”, “xushbichim”, kiyim-bosh, yosh) berilgan holda siyrat chizgilari (“yuzida muloyimlik”, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an) bo‘rtiqroq ifodalangan. Siyrat chizgilari bilan suratni to‘ldirib olish vazifasi esa o‘quvchi zimmasida qoldiriladi. Zer, Oftob oyim tabiatdagi muslim, mushfiqa, munisa ayollarga xos xususiyat aynan “yuzdan yog‘iladigan nur”dirki, shu nurning o‘zi beshak go‘zallik o‘laroq qabul qilinadi.


Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə