Mavzu: Obraz poetikasi


Ko‘rinadiki, shu tariqa badiiy obrazda bir paytning o‘zida bir-biriga zid jihat (individuallik va umumiylik) uyg‘un tajassumini topadi



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə9/21
tarix15.01.2022
ölçüsü93,5 Kb.
#82882
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
6-ma\'ruza.Obraz poetikasi
1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi , СЧЕТ

Ko‘rinadiki, shu tariqa badiiy obrazda bir paytning o‘zida bir-biriga zid jihat (individuallik va umumiylik) uyg‘un tajassumini topadi.

Badiiy obraz o‘zida aql va hisni uyg‘un birlashtiradiki, bu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, u – dunyoni bilish vositasi, uning yordamida ijodkor o‘zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Masalan, Cho‘lponni Turkistonning tarixiy taraqqiyoti masalasi, ertasi haqidagi o‘ylar tashvishlantirgani, o‘ylatgani sabab “Kecha” romanidagi qator obrazlar vositasida badiiy tadqiq etadi, asardagi obrazlar vositasida o‘zining bu muammo yuzasidan fikrini shakllantiradi va ayni shu obrazlar orqali o‘zi anglagan haqiqatni badiiy konsepsiya tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asarda yaratilgan obrazlarda adibning hissiy munosabati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Obrazlar tizimidagi har biri konkret obrazning hissiy tonalligi turlicha bo‘lib, bu narsa birinchi galda muallifning ijodiy niyatiga bog‘liq. “Kecha” romanida qahramonlarga boshqacha munosabatda bo‘ladi. Asar boshlanishida Zebiga nisbatan shaydolik mehri susayib, Razzoq so‘figa yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli nafrati qisman achinishga aylanib boradi (adib ularning taqdiridagi fojelikni kashf etadi).


Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə