Mavzu: Oilada axloqiy va estetik tarbiya



Yüklə 28,31 Kb.
səhifə1/2
tarix28.12.2022
ölçüsü28,31 Kb.
#98013
  1   2
Mavzu Oilada axloqiy va estetik tarbiya-fayllar.org (1)


Mavzu: Oilada axloqiy va estetik tarbiya



Toshkent Axborot Texnalogiyalar Universiteti Farg‘ona Filiali Telekomunikatsiya texnalogiyalari fakulteti Dasturiy injiniringi yo‘nalishi 652-18 guruh talabasi Ashurmuhammad Ashirmatovning Pedagogika va Psixalogiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi













Mavzu: Oilada axloqiy va estetik tarbiya



Reja:



1. Oilada bolani axloqiy tarbiyalash

2. Oilada bolani estetik tarbiyalash

























Oilada bolani axloqiy tarbiyalash





«Kimda kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta bo‘lgach, baxtli bo‘la olmaydi. Xo‘l novdani istagancha bukish mumkin. Quruq novdani esa faqat olovda toblab to‘g‘rilash mumkin»

Sa’diy Sheroziy


Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishimiz kerak, sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘likni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar kamol topgan insonni tushunamiz»1, va yana «Albatta, farzandga mehr qo‘yish ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga etibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushushini ham ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin»2 -deb bildirgan fikrlari oilada bola axloqiy tarbiyasining asosini tashkil etadi. Chunki milliy axloq tarbiyasi bilan umumbashariy axloq o‘zaro uyg‘unlikda farzandlar hayotida o‘zaro amalga oshirilganda, oila tarbiyasi mustahkamlanadi va bolalarni komil inson etib tarbiyalashga zamin yaratadi.
Oila va ijtimoiy tarbiyada axloq tarbiyasining inson kamolotidagi tutgan o‘rni haqida Yusuf Xos Xojib «Kimning odobi va axloqi to‘g‘ri bo‘lsa, u kishi o‘z maqsadiga yetadi va baxt unga kulib boqadi, zero, yaxshi axloq-jamiyat, yaxshiliklarning zaminidir»3 va yana «Halol, haqgo‘y, axloq-odobli kishi, har qanday qimmatbaho narsadan ham qimmatli»3,-deb bildirgan fikrlari oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashga asos bo‘ladi.
Haqiqatan ham inson oiladami yoki ijtimoiy hayotdami o‘zining odobi, axloqi bilan qadr, hurmat topadi, maqsadiga yetadi va baxtli bo‘ladi. Insonning axloqli bo‘lishi shu nsonning oilada, maktabda, mehnat jamoasida, ijtimoiy hayotda hurmatini, obro‘sini, mavqyeini oshiradi. Aksincha axloqsiz bo‘lsa, u insonning hurmati, qadri, mavqyei bo‘lmaydi. Hatto axloq faqat bir insongagina emas, balki jamiyat a’zolarini, yaxshiliklarni, ezguliklarni yuzaga keltiruvchi tarbiya vositasidir. Shuningdek, insonni qadrli qilishga zamin, asos yaratadi va inson o‘z axloqi bilan qadrli bo‘lib qolaveradi. Xususan oila va jamiyat insonlarni axloqiy tarbiyalashdan moddiy-ma’naviy manfaat ko‘radi. Bu o‘z navbatida davlatning, jamiyatning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlaydi.
Hozir mutaxassislarning, ota-onalarning farzandlarga axloqiy tarbiya berishdagi vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 73-moddasida: «Ota - onalar o‘z bolalarining sog‘ligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart»1,- deb belgilangan. Shundan kelib chiqib, oilada mutaxassislarning, ota- onalarning bolalarni axloqiy tarbiyalashdagi asosiy vazifasi belgilangan. Ana shu mas’uliyatni his qilish va uni bolalar hayotiga tadbiq qilish ota-onalarga yuklatiladi. Ayniqsa farzandlarni milliy tarbiyasini tashkil qilishda muammolar anchagina. Masalan, bolalar orasida hozirgi paytda sharqona, o‘zbekona axloq qoidalarini bilmaydiganlarini topiladi. Buning uchun avvalo mutaxassislar, ota- onalar oilada axloq tarbiyasining maqsad va vazifalarini o‘zlari ilmiy jihatdan bilishlari lozim.
Oilada axloq tarbiyasining maqsadi bakalavrlar, ota-onalar va ayniqsa bolaga axloqning mohiyati, mazmunini anglatish orqali axloqiy bilim, ma’lumotni, ongni shakllantirishdir.
Axloq tarbiyasining vazifasi esa ana shu bilimlarga tayanib bolalarda kerakli hayotiy-axloqiy ko‘nikma, odatlarni tarkib toptirish asosida komil bo‘lishga poydevor yaratishdan iborat.
Bu vazifalarni amalga oshirishni oilada farzandlarning bolalik davridan boshlash yaxshi natija beradi. Bu xususda mashhur chex pedagogi Ya.A. Komenskiyning «Inson tabiatiga bolalikda singdirilgan fazilatlargina mustahkam va ishonchli bo‘ladi»,-deb bildirgan fikri qimmatli.
Sa’diy Sheroziy «Guliston» asarida «Kimda kim yoshlikdan tarbiya olmasa, kata bo‘lgach, baxtli bo‘la olmaydi. Xo‘l novdani istagancha bukish mumkin. Quruq novdani esa faqat olovda toblab to‘g‘rilash mumkin»,-deb o‘rinli ta’kidlagan. Shuning uchun ota- onalar o‘z farzandlariga axloqiy tarbiya berishni bolaligidanoq ya’ni ular ulg‘ayayotgan davrdan boshlamog‘i maqsadga muvofiq.
Shvesariya pedagogi I.G.Pestalossi axloqiy tarbiyaning eng asosiy masalasi insonga muhabbatdir, bu muhabbat oiladan boshlanadi. «Ota-onanig uyi axloq maktabidir»,-deb axloq tarbiyasining makoniga to‘g‘ri baho bergan va ularga katta mas’uliyat yuklagan. Haqiqatan ham bola axloqi insonga muhabbatdan boshlanadi va u dastlab oilada va keyinchalik uzluksiz ta’lim tizimida singdiriladi.
Bu muhabbat bolaning axloqiy tushunchasini, ya’ni ongni tarbiyalashda ota-onaga, keksalarga, kata-kichiklarga hurmati, e’tibori keyinchalik mahallasi, millati, xalqi umuman, mamlakatiga, uning tabiatiga, o‘zgalarga, Vataniga bo‘lgan munosabatlarida o‘z ifodasini topadi. Farzandlarda axloqiy munosabatni shakllantirish uchun har qaysi narsalarning inson hayotidagi o‘rni haqida ilmiy axloqiy ma’lumot berish kerak. Aytaylik ona zamin, o‘simlik, hayvonot olami, odamlar, oila va boshqalar haqida to‘g‘ri bilimga ega bo‘lishi darkor. Bolada shu bilimlar asosida axloqiy munosabat shakllanadi.
Oilada farzandlarni axloqiy tarbiyalashda mashhur o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy axloq haqidagi bilimni farzandlar ongiga singdirish amaliy ahamiyatga ega. «Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobni axloq deyilur»1. Ota-onalar bolalarda yaxshi bilan yomonning farqini tushuntirish, ularda axloq haqida bilim, ko‘nikma, xulq-atvorni tarbiyalashning asosi hisoblanadi. Bolalarni axloqiy tarbiyalashda axloq haqida ma’lumot berishning o‘rni beqiyos. Bola jamiyat tomonidan o‘rnatilgan talablarga, yani yaxshi va yomon, nima mumkin-u, nima mumkin emas, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri singari qoidalarga amal qilish uchun eng avvalo shu qoidalarning mohiyatini, mazmunini bilishi lozim. Oilada ota-onani, keksalarni, aka-ukalarni va o‘zgalarni hurmat qilish, halqni sevish, vatanparvar, oilaparvar bo‘lish kabi sifatlar ham oilada tarkib topadi.
Farzandlarni axloqiy shakllantirishda mashhur tatar pedagogi Rizouddin ibn Faxriddinning «Maktab muallimlari bolani o‘qish va yozishga o‘rgatsalarda, tabiatu xulq to‘g‘risida onalar o‘rgatadigan narsalarni o‘rgata olmaydilar. Shuning uchun bola tarbiyasi yuzasidan bo‘lgan xizmatlarning eng ulug‘i onalar zimmasiga tushadi»2 va yana «Bolalarga go‘zal tarbiya etish uchun tarbiya etuvchi ota-onalarning yoki valishlarning o‘zlari tarbiyali bo‘lmoqlari shartdir. Agarda ular beradigan tarbiyalari bilan o‘zlari odobli bo‘lmasalar, umrbod tarbiya etsalar ham bir foydasi ko‘rilmas tarbiya bera bilmagan va xusni-axloq o‘rgata olmagan xotindan foyda o‘rniga ulug‘ bolalariga zararlar ko‘rilur. Zero bundan xotunlar xalq orasida vabo mikroblaridan zararli bo‘lgan insonlan yetishtirurlar»1,-deb bildirgan fikrlari hayotiydir. Haqiqatan ham oilada ota-onalarning axloqiy jihatdan namuna bo‘lishi bolalarni axloqiy tarbiyalashda yo‘naltiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Albatta ota-onalarning o‘zaro hamkorligi amalda ta’minlansa, bolalar axloqiy tarbiyasi yanada samarali tashkil etiladi.
Ammo ona farzandlar axloqini tarkib toptirishda ular bilan ko‘proq muomala va munosabatga kirishadi hamda ko‘p vaqtni oilada o‘tkazadi. Shuning uchun onaning bolaga axloqiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati katta. Ota-onalar bolalarga axloqiy tarbiya berishda ularda axloqiy burchni his qilishga o‘rgatishi juda muhim. Chunki, axloqiy burchni his qilgan bola keyinchalik o‘qish va mehnat faoliyatida qolaversa, ijtimoiy hayotda ham faol bo‘ladi. Bu farzandlarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlarini topishda asosiy rol o‘ynaydi. Ota- onalar oilada o‘z farzandlari ongiga ota-onani, oila a’zolarini, keksalarni, o‘zgalarni albatta hurmatlash, qadrlash shartligini va bu ularning burchi, vazifasiligini anglatib borishi juda muhim. Qolaversa ularni hurmat qilmay, qadrlamay, o‘zlari ham ular tomonidan hurmat qilinmasligini uqtirishi shart.
Oilada bolani axloqiy tarbiyalash jarayoni ota-onalar tamonidan quydagi ko‘rinish va yo‘nalishda tashkil etilganda uning samaradorligi ta’minlanadi.
Oilada ota-onalar farzandlarini axloqiy tarbiyalashda ularning o‘qigan badiiy kitoblardagi qahramonlar, ko‘rgan multfil’m, kinofilm, teatr obrazlari yoki mahalladagi voqyealarning axloqiy jihatlarini muhokama qilib borishni yo‘lga qo‘yish ularning axloqiy shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yana ota-onalar axloq to‘g‘risida maqol, rivoyat, hikmat, hadis materiallaridan bolalarning yosh, individual xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajasini hisobga olib, tahlil qilib borishlari, ularning axloqiy tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi va o‘z samarasini beradi.
Umuman, ota-onalar bolalarni axloqiy tarbiyalashda uch yo‘nalishda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatsalar, axloq tarbiyasi samarali amalga oshadi. Birinchi yo‘nalishda ota-onalar farzandlarda axloq haqida ilmiy bilim, ma’lumotni tarkib toptirishi, ya’ni ongini shakllantirishi. Ikkinchi yo‘nalishda farzandlarni olgan bilimi, ma’lumoti asosida axloqiy ko‘nikma, malaka va odatlarni mustaqil bajarishga o‘rgatmog‘i ya’ni tajribani shakllantirmog‘i darkor. Uchinchi yo‘nalishda esa axloq to‘g‘risidagi bilim, ma’lumot tarkib topgan axloqiy ko‘nikmalarni oila va ijtimoiy hayotda qo‘llashga o‘rgata olishi darkor. Shunday qilib oilada ota-onalar bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularni oila va ijtimoiy hayotga tayyorlash orqali barkamol insonni shakllantirgan bo‘ladi.

Yüklə 28,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə